Amaliy audit


 Ustav kapitali (fondi) auditi



Download 6,55 Mb.
Pdf ko'rish
bet267/398
Sana31.12.2021
Hajmi6,55 Mb.
#259040
1   ...   263   264   265   266   267   268   269   270   ...   398
Bog'liq
Amaliy audit umk

 

3. Ustav kapitali (fondi) auditi 

Ustav kapitali shakllanishining tekshiruvi vaqtida Ustav kapitali o`z vaqtida, 

ya'ni  uning  belgilangan  muddatlarda  shakllanganligi,  e'lon  qilingan  kirim  ulushi 

to`liq 


kiritilganligi 

va 


shakllanish 

manbalari 

(ta'sischilarning 

yoki 


ishtirokchilarning  xususiy  mablag`lari  hisobiga,  uchinchi  shaxslar  ulushlari 

hisobiga) aniqlanadi. 

Ustav  kapitali  -  bu  xojalik  yurituvchi  subyektning  Nizomida  ro`yxatga 

olingan kapitalning eng kam miqdoridir. 

Boshqacha qilib aytganda, Nizom kapitali (jamg`armasi) bu korxona tashkil 

etilishida,  uning  ta'sis  hujjatlari  bilan  belgilangan  miqdorda  faoliyatini  amalga 

oshirish  uchun  ishtirokchilar  (mulk  egalari)  tomonidan  mol-mulkka  kiritilgan 

ulushlarining yig`indisi hisoblanadi. 

21-son  BHMS

1

  ga  binoan,  Korxona  ustav  kapitalining  holati  va  harakati 



to`g`risidagi axborotlarni umumlashtirish quyidagi schyotlarda amalga oshiriladi: 

8310 - «Oddiy Aksiyalar»; 

8320 - «Imtiyozli aksiyalar»; 

8330 - «Pay va ulushlar». 

Bozor  sharoitida  Nizom  kapitali,  bir  tomondan,  korxona  mol-mulki 

qiymatini,  ikkinchi  tomondan  esa  -  ta'sischilar,  investorlar  oldida  korxona 

                                                 

1

 21-son “Xo’jalik yurituvchi sub’ektlarning moliyaviy-xo’jalik faoliyati buxgalteriya  hisobi schyotlar rejasi va uni 



qo’llash  to’g’risida  yo’riqnoma”  O’zbekitson  Respublikasi  Buxgalteriya  hisobi  milliy  standarti  (BHMS),    O’z  R.  

AV 2002-yil 23-oktabrda 1181-son bilan ro’yxatga olingan . 




406 

 

majburiyatlari  bo`yicha  summalarni  ifoda  etadi.  Nizom  kapitali  bo`yicha 



moliyaviy-xojalik  operatsiyalarni  aks  etish  tartibi  bo`yicha  o`zgarishlar 

respublikada  hosil  bo`lgan  zamonaviy  bozor  iqtisodiyoti  talablaridan  kelib 

chiqqan. Nizom  kapitalining  shakllanishi  amaldagi qonunchilik  va  ta'sis  hujjatlari 

bilan  tartibga  solinadi.  Nizom  kapitalining  shakllanishi  xojalik  subyektining 

mulkka  egalik  qilish  shaklidan  kelib  chiqqan  holda:  aksiyadorlik  jamiyatlarida  - 

aksiyadorlar aksiyalarga yozilganligi hisobiga, mas'uliyati cheklangan jamiyatlarda 

-  har  bir  ishtirokchining  bergan  ulushi  hisobiga,  davlat  korxonalarida-mazkur 

iqtisodiy subyektga biriktirilgan davlat mulki hisobiga amalga oshiriladi. 

Nizom  kapitalining  tekshiruvida  auditor  uning  summasi  haqiqiy  ekanligiga 

ishonch hosil qilishi kerak. U buxgalteriya balansi va xususiy kapital to`g`risidagi 

hisobotda  aks  ettiriladi.  «Nizom  kapitali  hisobi  bo`yicha  schyotlar»ga  oid  qoldiq 

korxonaning  ta'sis  hujjatlarida  aks  ettirilgan  Nizom  kapitali  miqdoriga  muvofiq 

bo`lishi lozim. 

Auditor  xojalik  subyekti  davlat  ro`yxatiga  olingandan  keyin  ushbu 

korxonaning  buxgalteriyasida  Nizom  kapitali  ta'sischilarning  Nizom  kapitaliga 

ulushlarini  kiritish  bo`yicha  qarzlarini  hisobga  olish  schyotlarining  debetlash  va 

Nizom  kapitalini  hisobga  olish  bo`yicha  schyotlarining  kreditlashini  hisobga 

olishlari kerakligini nazarda tutishi lozim. 

Agar, tekshirish vaqtida ushbu schyotlar bo`yicha balansdagi qoldiqlar teng 

bo`lsa, 


bu 

ta'sischilar 

tomonidan 

Nizom 


kapitaliga 

o`z 


ulushlarini 

kiritilmaganligini  ifodalaydi.  Bunday  korxonalar  ta'sis  etilmagan  (tashkil 

topmagan) deb hisoblanadi va tugatilishi lozim. 

Korxonaning Nizom kapitaliga ulush sifatida binolar, inshootlar, jihozlar va 

boshqa  moddiy  qiymatliklar,  nomoddiy  aktivlar,  qo`shma  korxona  ishtirokchilari 

davlatlarining  pul    mablag`lari  ko`rinishidagi  valutalar  va  erkin  konvertatsiya 

qilinadigan valuta sifatida kiritilishi mumkin. 

Auditor  ta'sischilar  tomonidan  kiritilgan  ulushlarni  dastlabki  hujjatlar 

asosida va asosiy vositalar va pul  mablag`lari, nomoddiy aktivlar, ishlab chiqarish 

zaxiralari 

va 

boshqalarni 



hisobga 

olish 


schyotlarining 

debeti 


bilan 

korrespondentlangan  Nizom  kapitali  ulushlar  bo`yicha  ta'sischilarning  qarzi 

schyotning kreditidagi yozuvlari asosida tekshiradi. 

Masalan, kirim kassa orderlari, asoslovchi hujjatlar ilova qilingan bankning 

hisob-kitob  va  valuta  schyotlaridan  ko`chirmalar  asosida  ta'sischilar  ulushi  hisob-

kitob va valuta schyotlariga to`liq va o`z vaqtida kirim qilinganligi tekshiriladi. 

Ta'sis  hujjatlarida  qayd  etilgan  va  Nizom  kapitaliga  ulush  sifatida  kirim 

qilingan  moddiy  qiymatliklar,  nomoddiy  aktivlar  ta'sischilar  kelishuvi  bo`yicha 

aniqlanadi  va  baholanadi.  Valutalar  va  valuta  qiymatliklari  jamiyat  ro`yxatdan 

o`tkazilgan kuniga amalda bo`lgan O`zbekiston Respublikasi Markaziy Bankining 

kursi  bo`yicha  baholanadi.  Nizom  kapitaliga  ulush  sifatida  kiritilgan  qimmatli 

qog`ozlar  va  boshqa  moliyaviy  aktivlar  ta'sischilarning  kelishuviga  asosan 

baholanadi. 

Nizom kapitaliga yoki aksiyalarni to`lash uchun haqiqatda kiritilgan moddiy 

qiymatliklar, nomoddiy aktivlar jamiyat aktiviga o`tkazish davrida amalda bo`lgan 

bozor  narxlari  bilan  baholanadi.  Bozor  narxlariga  ega  bo`lmagan  nomoddiy 




407 

 

aktivlar  ta'sis  hujjatlarida  qayd  etilgan  yoki  tomonlar  kelishuvi  bilan  belgilangan 



narxlar  bilan  baholanadi.  Ushbu  obyektlarni  baholash,  odatda,  yuqori  malakali 

mutaxassislarga topshiriladi. 

Nizom  kapitaliga  ulush  sifatida  amalda  kiritilgan  valuta  va  valuta 

qiymatliklari,  jamiyatga  kirim  qilinishi  vaqtida  amalda  bo`lgan  rasmiy  kurs 

bo`yicha baholanadi. Qimmatli qog`ozlar oxirgi birja kursi bo`yicha baholanadi. 

Moliyaviy aktivlar va birjada kotirovkaga ega bo`lmagan qimmatli qog`ozlar 

tomonlar  kelishuviga  asosan  baholanadi.  Murakkab  sharoitlarda  hamda  amaldagi 

qonunchilik  talab qilganda, Nizom  kapitaliga  ulush sifatida kiritilgan  aktivlarning 

to`g`ri baholanishi mustaqil auditor xulosasi bilan tasdiqlanadi. 

Ulush  sifatida  Nizom  kapitaliga  amalda  kiritilgan  moddiy  va  valuta 

qiymatliklari,  nomoddiy  va  moliyaviy  aktivlarning  baholanishi  ularni  ta'sis 

hujjatlari va dastlabki kelishuvlardagi baholanishidan farq qilishi mumkin. 

Asosiy  vositalarni  qabul  qilish-topshirish  dalolatnomalari,  ma'lumotlar, 

nomoddiy  aktivlar  kelib  tushishini  tasdiqlovchi  hujjatlar  va  asosiy  vositalar  va 

nomoddiy  aktivlarni  hisobga  olish  schyotlarining  debet  aylanmalariga  asosida 

o`tkazilgan  uskunalar,  binolar,  inshootlar,  ma'naviy  mol-mulkka  egalik 

huquqlarining qiymati aniqlanadi. Materiallarni qabul qilish dalolatnomalari, tovar-

transport yuk xatlari, ishlab chiqarish zaxiralarini hisobga olish bo`yicha schyotlari 

ma'lumotlariga ko`ra kelib tushgan moddiy qiymatliklar qiymati aniqlanadi. 

Har  bir  qo`yilma,  Nizom  kapitalini  shakllantirish  tartibiga  izoh  qilingan 

hujjatlar  bilan  tasdiqlanishi  lozim.  Bundan  tashqari,  Nizom  kapitaliga  ulush 

sifatida  kiritilayotgan    mablag`larning  alohida  turlari  ta'sischilar  -  jismoniy 

shaxslarning  shaxsiy  mulk  egaligini  tasdiqlovchi  hujjatlarga  ega  bo`lishi  lozim. 

Bularga,  masalan,  xususiylashtirilgan  xonadon,  ma'naviy  molk-mulk,  transport 

vositalari va boshqalar kiradi. Shunday qilib, auditor ta'sischilar kiritgan ulushlarga 

oid  ularning  har  biri  bo`yicha  yuritiladigan  varaqalar  yoki  qaydnomalarda  aks 

etirilgan ulushlar bo`yicha  qarzlar, to`lash  muddatlari, kiritilgan  aktivlar  summasi 

va qarzlarni qoplanishi bo`yicha tahliliy hisobni tekshiradi. 

Ishtirokchilarning  Nizom  kapitaliga  kirim  qilingan  ulushlari  hisobda  va 

balansda  ular  amalda  kelib  tushishi  bo`yicha  aks  ettiriladi.  Korxonaning  Nizom 

kapitaliga ulushning amalda kelib tushish vaqti bo`lib quyidagilar hisoblanadi: 

-  pul    mablag`lari  uchun  -  pullar  hisob-kitob  (valuta)  schyotiga  kirim 

qilingan sanasi; 

-  moddiy  va  nomoddiy  aktivlar  uchun  -  moddiy  va  nomoddiy  aktivlarni 

qabul  qilish-topshirish  dalolatnomalari  va  ushbu  obyektlar  kelib  tushganligini 

tasdiqlovchi boshqa hujjatlar rasmiylashtirilgan sanasi. 

Korxona  Nizom  kapitaliga  ta'sischilar  tomonidan  kiritilgan  ulushlarning 

to`liqligi  uning  ta'sis  hujjatlarida  qayd  etilgan  va  Nizom  kapitali  hisobining 

schyotlaridagi  aks  etilgan  miqdorini  Nizom  kapitali  ulushlar  bo`yicha  ta'sischilar 

qarzi schyotidagi miqdori bilan solishtirish yo`li bilan aniqlanadi. 

Nizom  kapitalini  tekshirish  vaqtida  buxgalteriya  hisobida  to`g`ri 

rasmiylashtirilganligi  va  13-sonli  jurnal-orderda  Nizom  kapitali  hisobi  bo`yicha 

schyotda qonuniy  va  to`g`ri  aks  etilganligi, ular  amaldagi  qonunchilikka  muvofiq 

ekanligi aniqlanishi lozim. 




408 

 


Download 6,55 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   263   264   265   266   267   268   269   270   ...   398




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish