Amaliy audit amaliy mashg’ulot



Download 16,43 Kb.
Sana16.01.2022
Hajmi16,43 Kb.
#374146
Bog'liq
Amaliy audit amaliy mashg


Amaliy audit amaliy mashg’ulot

Masala. Majburiy auditorlik tekshiruvida ikkita tomoni munosabatlariga bog’liq quyidagi vaziyat o’rganilmoqda. Aktsiyadorlik jamiyatida hisobot yili boshiga asosiy vositalarning qayta baholanishi amalga oshirildi. 4000 ming AQSh dollari bo’lgan asosiy vositani 1,6 koeffitsientga oshirgan, qayta baholash paytida asosiy vositaning eskirish 20%ni tashkil etgan. Qayta baholash natijasida shakllangan summani ustav kapitalga qo’shimcha aktsiyalarni chiqarish yo’li bilan yo’naltirildi. Aktsiyalarni nominal qiymati 1000 AQSh dollarini tashkil etgan. Qo’shimcha chiqarilgan aktsiyaning barchasi 10% aktsiyaga egalik qiluvchi aktsiyadorga berildi. Tekshirish davrida aktsiyador aktsiyadorlar rozilgiga binona o’ziga tegishli bo’lgan aktsiyalarni 1100 AQSh dollaridan boshqa yuridik shaxsga sotdi.

Talab etiladi:

1. Mohiyati bo’yicha auditorlik dalillarini to’plash amallarini shakllantiring.

2. Ushbu operatsiya bo’yicha buxgalteriya provodkasini amlaga oshirish bo’yicha taklif bering.

Yechim:


qayta baholash

DT 0100

KT 8530 2400$

eskiriwni qayta baholaw

DT 8530

KT 0200 480$

eskirishi 4000*20%=800$

4000x1,6=6400

Dt Kt S 4000x20%=800

0100 8510 2400 800x1.6=1280

8510 0200 480

8510 8310 1920



Auditorlik dalillar hujjatlarni tekshirish jarayonida; xo’jalik yurituvchi subekt xodimlari va uchinchi shaxslardan yozma va og’zaki so’rov o’tkazish yo’li bilan; hisob jarayonlarining bajarilishi va xo’jalik faoliyati ustidan auditorning bevosita kuzatishi chog’ida olinishi mumkin.
Auditorlar auditorlik amallarini bajarish chog’ida dalillovchi ma’lumotlarni to’playdilar. Auditorlik amali bu muayyan audit uchastkasida dalillarni olish uchun auditor tomonidan amalga oshiriladigan ishlarning ma’lum tartibi va ketma-ketligi. Dalillarni to’plash uchun qanday auditorlik amallari zarurligi va ularni qachon bajarishni auditor auditorlik tekshirishlar dasturini tuzish chog’ida mustaqil hal qiladi. O’zbekiston Respublikasining auditorlik faoliyati milliy standartlariga muvofiq auditor quyidagilarga asosan yetarli dalillarni to’plashi lozim: ichki nazorat vositalarini tekshirish; schyotlar bo’yicha qoldiqlar va oborotlarni buxgalteriya hisobida aks ettirishning to’g’riligini tekshirish; tahliliy amallar.
Ichki nazorat vositalarini muvofiqlik uchun tekshirish auditorlarga ichki nazorat tizimida ko’zda tutilgan tadbirlar va amallarning samaradorligi (samarasizligi) to’g’risida dalillar to’plashiga imkon beradi.

Schyotlar bo’yicha qoldiqlar va oborotlarning buxgalteriya hisobida to’g’ri aks ettirilishini batafsil tekshirish muayyan muomalalarning mazmunini va xatolarini aniqlash uchun o’rganishni nazarda tutadi. Batafsil tekshirish odatda auditor tomonidan tekshiruv maqsadini, tanlashning rejalashtirilgan ko’lamini va uning ob’ektlarini saralab olishni hisobga olgan holda tanlov to’plamini shakllantirish yo’li bilan amalga oshiriladi. Тahliliy amallar mijoz korxonaning muhim moliyaviy va iqtisodiy ko’rsatkichlarini, kutilmagan va buxgalteriya hisobida noto’g’ri aks ettirilgan xo’jalik muomalalarini aniqlash, shuningdek bunday xatolar va chalkashliklarning sabablarini aniqlashni ko’zda tutadi. Тo’plangan auditorlik dalillari buxgalteriya hisobining yo’lga qo’yilishini va ichki nazorat tizimini o’rganish hamda baholash to’g’risidagi yozuvlar, bayonnomalar, jadvallar va blankalar shaklida auditorning ishchi hujjatlarida aks ettirilishi lozim. Ishchi hujjatlarda auditorlik amallarining rejalashtirilishi va bajarilish natijalarini ham aks ettirish zarur.
Download 16,43 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish