Kirish yo‘riqnomasi. Barcha ishga yangi kiruvchilar, boshqa korxonalardan xizmat safariga junatilganlar (ish malakasi va stajidan kat’iy nazar), xamda praKTika utayotganlar va shog‘irdlar Kirish yo‘riqnomasi utadilar.
Kirish yo‘riqnomasini korxonaning mehnat muxofazasi buyicha mas’ul xodimi yoki shu vazifa yuklatilgan boshqa raxbar xodimi utkazadi. Agar ishga kabul qilish bevosita sexlarda bulsa, Kirish yo‘riqnomasini shu sexning boshlig‘i o‘tkazishi kerak.
SHikastlanganlarga dastlabki yordam ko‘rsatish, yongin xavfsizligi va boshqa maxsus masalalar buyicha yo‘riqnomalarni tegishli mutaxassislar utkazadilar.
Kirish yo‘riqnomasi maxsus adabiyot, kurgazmali kurollar bilan jixozlangan, mehnat muxofazasi xonasida, zamonaviy texnik vositalardan foydalangan xolda utkaziladi.
Kirish yo‘riqnomasi gurux bilan va yakka tartibda utkazilishi mumkin. Gurux bilan utkazilganda eshituvchilar soni 10 kishidan oshmasligi kerak.
Kirish yo‘riqnomasi utkazilganligi xaqida maxsus jurnalga va ishchi kuliga topshiriladigan ishga Kirish varakasiga yozib qo‘yiladi.
Kirish yo‘riqnomasining dasturi
1. Korxona to‘g‘risida umumiy ma’lumot.
2. Mehnat muxofazasi:
Xavfsizlik standartlari sistemalari xaqida umumiy ma’lumot. Ish vaqti va dam olish vaqti. Ayollar va balogat yoshiga etmaganlar mehnatini muxofaza qilish. Davlat, tarmok va jamoat nazorati. Korxonada baxtsiz xodisalarni taftish qilish.Ichki mehnat tartibi qoidalari.
3. Xavfsizlik texnikasi:
Xavfli va zararli ishlab chiqarish omillari va ulardan ximoyalanish. Ishlab chiqarishda baxtsiz xodisalarning va kasbiy kasalliklarning asosiy sabablari. Xavfsizlik standartlar sistemalarida ishlab chiqarish jarayonlariga va uskunalarga qo‘yiladigan talablar. Uskunalarning asosiy xavfsizlik qoidalari. Ogoxlantiruvchi, tusuvchi va signal beruvchi vositalar. Xavfsizlik ranglari va belgilari.
Elektr tokining kishi organizmiga ta’siri. SHikastlanish turlari. Elektr toki bilan jaroxatlanish xavfini oshiruvchi sharoitlar. Jaroxatlarning oldini olish tartiblari.
Ish joyini xavfsiz tashkil qilish va saqlashga qo‘yiladigan talablar. YUk ko‘tarish va tashish mexanizmlari, ichki transport vositalaridan xavfsiz foydalanish qoidalari.
4. Ishlab chiqarish sanitariyasi:
Ishlab chiqarish muxitining asosiy sanitariya-gigienik omillari.
Mehnat sharoitini yaxshilash buyicha asosiy tadbirlar (texnik va tashkiliy, sanitariya-gigienik, davolash-profilaktik). Ish joylari havosini almashtirishning zarurati va tuzilishi. YOruglikni to‘g‘ri tashkil qilish. SHovqinga qarshi tadbirlar.
5. SHaxsiy ximoya vositalari, ulardan foydalanish me’yor va qoidalari. Ximoya vositalariga qo‘yiladigan talablar. Korjomalar, maxsus poyafzallar. Kulni, boshni, betni, kuzni, nafas a’zolarini, quloqni ximoya qilish. Ogoxlantiruvchi moslamalar.
6.SHaxsiy gigiena qoidalari.Sanitariya kiyimlariga, poyafzallariga va vositalariga qo‘yiladigan talablar.
7. Korxonada yongin xavfsizigiga qo‘yiladigan asosiy talablar.
8. Mexanik jaroxat olganda, kuyganda, kislota va ishqorlar bilan kuyganda, zaxarlanishda, elektr va kuz jaroxatlari olgandagi dastlabki yordam.
9. Xavfsizlik texnikasi yo‘riqnomalari buzilganda qullanadigan javobgarlik.
Do'stlaringiz bilan baham: |