Amaliy №4. Mehnat muxofazasi bo’yicha yo’riqnomalar o’tkazish va rasmiylashtirish tartibi. Reja


Mehnat muxofazasi va xavfsizlik texnikasi buyicha o‘qitish



Download 33,28 Kb.
bet5/5
Sana13.05.2022
Hajmi33,28 Kb.
#602562
1   2   3   4   5
Bog'liq
ХФХ амалий №4 Б ва ИК (2)

Mehnat muxofazasi va xavfsizlik texnikasi buyicha o‘qitish
Mehnat muxofazasi soxasida muxandis-texnik xodimlar, ishchi va xizmatchilarning bilimlarini oshirish, ularni xavfsizlik texnikasi qoidalarining xamma talablarini ongli ravishda bajarish ruxida tarbiyalashning o‘quv-uslubiy markazi bulib, korxonadagi mehnat muxofazasi kabineti xizmat Qiladi. Bu kabinetga mehnat muxofazasi buyicha bosh muxandis bevosita raxbarlik Qiladi. KMK qurilish me’yor va koidlarga muvofik xavfsizlik texnikasi kabineti ishchilarning ruyxatidagi soniga bog‘lik: Ular 1000 ta bo‘lganda maydoni 24 m2; 1001 dan 3000 tagacha – 48 m2; 3000 dan 5000 tagacha bo‘lganda - maydoni 72m2 buladi. Kabinetda o‘quv, spravka uslubiy va kurgazma bo‘limlari jixozlanadi. Kabinetni yaratish va undagi ishlarni yulga quyish, uning ish rejasini tasdiqlash korxona bosh muxandisiga yuklatiladi.
Kabinetda Kirish yo‘riqnomasi utkaziladi, ishchi, xizmatchi va muxandis xodimlar mehnat muxofazasi buyicha uKitiladi. Bunda o‘quv maqsadlari uchun maketlar, kurgazmali kurollar, plakatlar, yo‘riqnomalar, korjoma va maxsus poyabzal xamda ximoya vositalari, ishga yaroqli va yaroqsiz asbob uskunalar namunalari bilan jixozlangan.
Mehnat muxofazasi muxandisi bevosita korxonaning boshlig‘i va bosh muxandisga buysunadi. Uz ishini u kasaba uyushmasi kumitasi mehnat muxofazasi buyicha komissiya, shuningdek, mehnat vazirligi sanoat texnik nozirlari bilan xamkorlikda amalga oshiradi.
Korxonalar ma’muriyati va muxandis-texnik xodimlarning asosiy vazifalari mehnat xaqidagi qonunlar majmuasi xamda xavfsizlik yullari va ishlab chiqarish sanitariyasi qoidalari bilan belgilanadi. Ishlab chiqarishda shikastlanish va kasbiy kasallanishlarni kamaytirish xamda ularning oldini olishga oid mehnat muxofazasi buyicha ishlarni amalga oshirish va tadbirlarni joriy qilish ishiga umumiy raxbarlik xamda bu ishga javobgarlik korxona raxbari va uning urinbosari bosh muxandis zimmasiga yuklatiladi.
Korxona raxbari:
- ishlab chiqarishda shikastlanish va kasbiy kasallanishlarning oldini oluvchi tashkiliy texnik tadbirlarni rejalashtirishga;
- ana shu tadbirlar uchun uz vaqtida mablag ajratishga va ularni o‘tkazishga doir ruyxatlarni tasdiqlashga xamda mehnat sharoitini mustaxkamlash va soglomlashtirish uchun ajratilgan mablagning to‘g‘ri sarflanishini nazorat Kilib borishga;
- mehnat muxofazasiga doir jamoa shartnomalari va bitimlarning bajarilishini ta’minlashga;
- mehnat va dam olish tartibi, ayollar xamda usmirlar mehnatini muxofaza qilish xaqidagi mehnat qonunlariga amal qilishga;
- kasaba uyushmasi texnik nozirlari va jamoatchi nazoratchilar xamda maxalliy kasaba uyushmasi kumitasi komissiyasining mehnat muxofazasiga doir buyruklarini bajarishga;
- ishlar va kasblarning ayrim turlari uchun xavfsizlik yullari buyicha yo‘riqnomalarni tasdiqlashga;
- ishchi-xizmatchilarni uz vaqtida amaldagi me’yorlarga muvofik korjoma, maxsus poyafzal, yakka tartibdagi ximoya vositalari va maxsus ozik-ovkatlar bilan ta’minlashga majbur.
Bosh muxandis:
- xamma sexlar va bulinmalar boshliqlarining muxofazasiga, xavfsizlik yullari xamda ishlab chiqarish sanitariyasiga doir qonun chikaruvchi tashkilotlar tomonidan belgilangan me’yorlar va qoidalarning bajarishlarini muntazam ravishda nazorat kilib borish;
- amaldagi xavfsizlik yullari va ishlab chiqarish sanitariyasi qoidalari xamda mavjud ishlab chiqarish sharoitiga muvofik, kasblar va ishlar turlari buyicha xavfsiz ishlash yullari xamda usullariga doir yo‘riqnomalarni ishlab chiqarishga kullanilishiga raxbarlik qilish;
- xavfsiz ishlash usullari yul-yuriklarini urganish yuzasidan o‘qitish olib borilishini nazorat qilish;
- ishchilarning dastlabki va davriy tibbiy kuriklardan utkazilishini nazorat qilish;
- xavfsiz ishlash usullarining ommaviy targib Kilinishini, xavfsizlik xonalarida leksiyalar, suxbatlar utkazilishini, xavfsizlik yullariga oid plakatlar va ogoxlantiruvchi yozuvlar tayyorlanishi nazorat qilish;
- kasaba uyushmasi tashkiloti bilan birgalikda mehnat muxofazasi, xavfsizlik yullari va ishlab chiqarish sanitariyasiga oid ishlarning axvolini tekshirish xamda mehnat muxofazasi yuzasidan kabul Qilingan karorlarning ishchilar tomonidan bajarilishini nazorat qilish;
- zamonaviy tuzilishdagi tusik texnikasini, sermehnat jarayonlarni avtomatlashtirishni, shamollatish va sanitariya-maishiy uskunalarni joriy etish;
- mehnat muxofazasi, ishlab chiqarish madaniyati va texnik estetika soxasida tajriba almashish ishiga raxbarlik qilish;
- ishchilarga uz vaqtida sifatli korjoma, maxsus poyafzal va yakka tartibdagi ximoya vositalari berilishini nazorat qilish;
- xavfsizlik yullari, ishlab chiqarish sanitariyasiga doir amaldagi qoidalarga, kasaba uyushmasi texnik noziri va jamoatchi nazoratchilarning mehnat muxofazasiga doir buyruklarga amal qilishini nazorat etish;
- ishlab chiqarishda shikastlanish to‘g‘risidagi belgilangan muddatlarda xisobotlar xamda mehnat sharoitini soglomlashtirishga ajratilgan mablaglarning sarflanishi xaqida xisobotlar tuzilishini nazorat qilish.
Bosh mexanik, energetik:
- binolar, inshootlar, energo - sistemalar, turli uskunalarni profilaktik kuzdan kechirishlar va rejali oldini olish sozlashlarining to‘g‘ri tashkil etilishi xamda uz vaqtida utkazilishiga, shuningdek, sozlash ishlarining xavfsiz bajarilishiga javobgarlik;
- kranlar va boshqa turdagi yuk ko‘tarish mexanizmlari xamda dastgoxlari, mexanik uskunalardan bosim ostida ishlaydigan Bug‘ va suv isitish qazonlari, apparatlar, idishlar xamda uskunalarni uz vaqtida texnik kurikdan utkazilishiga javobgarlik;
- elektr jixozlari, kuch va yoritish elektr tarmoklari, elektr taksimlash uskunalari, yashindan ximoyalagichning soz xolatda bulishini muntazam nazorat qilish;
- shamollatish kurilmalari va isitish sistemalarining tegishli xolatda bulishini nazorat qilish;
- nomenklaturadagi tadbirlarga doir bitimga muvofik mehnat muxofazasiga oid tashkiliy-texnik tadbirlarning uz vaqtida amalga oshirilishiga javobgarlik.
Sex boshliqlari, ustalar:
- ishchilarning mehnat muxofazasi, xavfsizlik yullari va ishlab chiqarish sanitariyasiga doir qoida xamda me’yorlarga amal qilishlarini ta’minlashga, xavfli va zararli mehnat sharoiti bilan bog‘lik ishlarni bajarishda barcha extiyotkorlik choralarini bajarilishini nazorat qilishga;
- mehnat muxofazasi, xavfsizlik yullari va ishlab chiqarish sanitariyasiga doir amaldagi qoidalar xamda me’yorlarga muvofik, xavfsiz ishlash yullari va usullari yuzasidan yo‘riqnomalar ishlab chiKishda katnashishga;
- barcha ishchilarga xavfsiz ishlash yullari va usullarini urgatishga, shuningdek uz tasarrufidagi bulinma ishchilariga xavfsizlik yullaridan yul-yuriklar berishga majbur.
Mehnat muxofazasi, xavfsizlik yullari va ishlab chiqarish sanitariyasiga doir ishlarni tashkil qilishga javobgar bo‘lgan korxona mehnat muxofazasi muxandisi zimmasiga quydagi vazifalar yuklatilgan:
- boshlangich yul-yuriklarni berish;
- amaldagi qonunlarning, prezident, vazirliklar va idoralarning karorlari xamda farmoyishlarning, shuningdek, xavfsizlik yullariga doir qoida va me’yorlarning sexlar, bo‘limlar raxbarlari tomonidan bajarilishini nazorat qilish;
- mehnat muxofazasidan yo‘riqnomalar ishlab chiKishda katnashish xamda ularning to‘g‘ri kullanilishini tekshirish;
- xavfsizlik yullariga oid buyruk va farmoyishlar loyixalarini tayyorlash;
- mehnat sharoitini yaxshilashga doir tadbirlar ishlab chiKish, xavfsizlik yullari buyicha tashkiliy-texnik tadbirlar rejalari loyixalarini ishlab chiKish va ularning bajarilishini nazorat qilish;
- mehnat muxofazasi va xavfsizlik yullariga oid mukammalrok tusiklar va saklovchi uskunalarni ishlab chiKishda xamda ularning, shuningdek ilmiy-tekshirish oliygoxlari va ilgor korxonalarning shu soxadagi takliflarini ishlab chiqarishga joriy etishda katnashish;
- korxonani qishki va yozgi sharoitda ishlashga tayyorlash tadbirlarini ishlab chiqarishda katnashishi xamda ularning amalga oshirilishini nazorat qilish;
- jamoa shartnomasida kuzda tutilgan mehnat sharoitlarini soglomlashtirish va engillashtirish tadbirlarining bajarilishini tekshirish;
- binolar, inshootlar, apparatlar, uskunalarni kurikdan o‘tkazish, kapital tuzatish loyixalarini kurikdan utkazuvchi va ularni foydalanishga kabul Kilib oluvchi komissiyalarda katnashish;
- ishchilarga mehnat muxofazasidan yul-yurik berish xamda muxandis-texnik xodimlar va ishchilarning xavfsizlik yullari kursida uKitilishini tashkil etish;
- dastlabki va davriy tibbiy tekshiruvlarning uz vaqtida utkazilishini nazorat qilish;
- ish xonalaridagi kurinadigan joylarga mehnat muxofazasi, xavfsizlik yullari va ishlab chiqarish sanitariyasiga doir amaldagi xamma karorlar, qoida va me’yorlarni osib quyish;
- mehnat muxofazasi xonalarini jixozlash, xavfsizlik yullariga doir stend xamda vitrinalar tashkil etish, plakatlar va ogoxlantiruvchi yozuvlarni osib quyish;
- ishlab chiqarish bilan bog‘lik kungilsiz xodisalarning sharoiti sabablarini tekshirishda katnashish xamda ularni bartaraf etish va oldini olish tadbirlarini ishlab chiKish;
- ishlab chiqarish bilan bog‘lik kungilsiz xodisalarni xisobga olib va kayd Kilib borish, ishlab chiqarishda shikastlanishlarni taxlil qilish;
- mehnat muxofazasi ishlarini yaxshi yul kuygan xodimlarni takdirlash xamda xavfsizlik yullari talablari va qoidalarini buzganlarni qonunda belgilangan tartibda javobgarlikka tortish to‘g‘risida korxona raxbariyatiga takliflar berish.
Mehnat muxofazasi muxandisi ushbu xukuklarga ega:
- mehnat muxofazasi talablari va qoidalarining buzilishlarini bartaraf etish xaqida bulinmalar, xizmatlar, bo‘limlar raxbarlariga kursatmalar berish. Bunday kursatmalar faqat korxona raxbari yoki bosh muxandis (texnik raxbar) tomonidan bekor Kilinishi mumkin;
- ishlovchilarning Hayoti va sogligi uchun yaqqol xavf paydo bo‘lganda bo‘limlar, dastgoxlar va uskunalarda ishlashni taqiqlab quyish yoki tuxtatish xamda bu xakda darxol korxona raxbariyatiga ma’lum qilish;
- xavfsizlikni ta’minlay olmaydigan, talabga javob bermaydigan uskunalar, asboblar, moslamalarni foydalanishdan chikarib tashlash choralarini kurish;
- sexlar, bulinmalar raxbarlaridan ishlab chiqarish bilan bog‘lik bo‘lgan kungilsiz xodisalarni muntazam ravishda xisobga olib borishni va uz vaqtida tekshirishni talab qilish;
- ishlab chiqarish bo‘limining raxbari bilan birgalikda, xavfsizlik yullari talablari va qoidalarini buzganlarni vaqtincha ishdan chetlatish.
Download 33,28 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish