Амалий тадқиқотнинг моддий ишлаб чиқариш билан алоқадорлиги ва фарқи



Download 329,84 Kb.
Sana26.08.2021
Hajmi329,84 Kb.
#155947
Bog'liq
Ilmiy tadqiqot metodologiyasi prezentatsiya

Амалий тадқиқотнинг моддий ишлаб чиқариш билан алоқадорлиги ва фарқи.


ИЛМИЙ ТАДҚИҚОТ МЕТОДОЛОГИЯСИ

ИБ – 1К гурухи талабаси:

Ш.Рамазонов

Har qanday iqtisodiy tizim iqtisodiy tashkil etishning umumiy muammolari, ya’ni nima, qanday qilib va kim uchun ishlab chiqarishni hal etishga yo’naltirilgan. Biroq har bir iqtisodiy tizim bu muammolarni o’z holicha, mazkur tizimning amal qilishi uchun xos bo’lgan usul va tamoyillardan kelib chiqqan holda hal etadi.



Tadqiqotning muhimlilik darajasi

Bozor tizimi uchun talab va taklif, narxning tashkil topishi, erkin raqobat mexanizmlari vositasida amalga oshiriladigan iqtisodiy jarayonlarning o’zini-o’zi tashkil etishi va o’zini-o’zi tartiblashi xosdir. Bu mexanizmlar bozor iqtisodiyotining asosini tashkil etuvchi tamoyil va institutlar bilan bevosita bog’liqdir. Ularga quyidagilarni kiritish mumkin:


  • xususiy mulkchilik;
  • tadbirkorlik va tanlov erkinligi;
  • xulq-atvorning bosh motivi sifatidagi xususiy manfaat;
  • raqobat;
  • narx tashkil topishining bozor tizimi;
  • davlat rolining cheklanishi.

Iqtisodiy fanda iqtisodiy tizimning quyidagi darajalari farqlanadi:
  • Mikroiqtisodiyot
  • Makroiqtisodiyot, global iqtisodiyot
  • Muvofiq ravishda iqtisodiy tahlil usullari ham farqlanadi.

Makroiqtisodiy tahlil tarkib topgan makroproporstiyalar asosida yaxlit milliy iqtisodiyotning amal qilishini tadqiq etish bilan shug’ullanadi. Bu tahlilning ob’ekti bo’lib milliy mahsulot, narxlarning umumiy darajasi, inflyastiya, bandlik hisoblanadi.

Mikroiqtisodiy tahlil firmalar amal qilishining ichki jarayonlarini, alohida iqtisodiy sub’ektlarning xulq-atvorini tadqiq etishga qaratilgandir. Mazkur tahlilning diqqat markazida alohida tovarlarning narxlari, sarf-xarajatlar, kapital, narx va mehnat motivastiyasining vujudga kelishi shakl va mexanizmlari yotadi.

IQTISODIY FANNING TURLI YO’NALISHLARI TOMONIDAN HAL ETILUVCHI VAZIFALARNING XUSUSIYATLARIDAN KELIB CHIQQAN HOLDA TADQIQOT PREDMETINING XUSUSIYATI BELGILANADI:

a) siyosiy iqtisodning predmeti bo’lib moddiy ne’matlarni ishlab chiqarish, taqsimot, ayirboshlash va iste’mol jarayonida kishilar o’rtasidagi munosabatlar hisoblanadi;

b) ekonomiksning predmeti bo’lib ishlab chiqarishni bozor jihatidan tashkil etish asosida resurslarni samarali taqsimlash maydonga tushadi;

c) umumiy iqtisodiy nazariyaning predmeti bo’lib resurslarning cheklanganligi sharoitida inson va jamiyat ehtiyojlarini qondirish uchun moddiy ne’matlarni ishlab chiqarishning rastional va samarali shakllarini tadqiq etish hisoblanadi, ya’ni har qanday «tizim»lardan xoli bo’lgan jamiyatdagi dolzarb muammolarni hal etadi.

a) siyosiy iqtisod – ishlab chiqarish munosabatlari tizimini;

b) ekonomiks – ijtimoiy ishlab chiqarishni tashkil etishning bozor tizimini;

c) umumiy iqtisodiy nazariya iqtisodiy tizimni «tabiat – jamiyat» oqimi ko’rinishida tadqiq etadi. Uning «kirish» tomonidan tabiiy va mehnat resurslari kelib tushadi, «chiqish» tomonidan esa ijtimoiy ehtiyojlarga muvofiq keluvchi mahsulotlar chiqadi. Shuning uchun iqtisodiyot, bir tomondan, unda tabiiy jarayonlarning maqsadga muvofiq joylashtirilishi ro’y bergani sababli tabiat tizimining bir qismi hisoblansa, boshqa tomondan u ijtimoiy tizining bir qismi hisoblanadi.


Iqtisodiy fan ham iqtisodiy tizimning turli jihatlarini o’rganadi:
  • mulkchilik munosabatlarini;
  • ijtimoiy ishlab chiqarish va ayirboshlashni boshqaruvchi qonunlarni;
  • jamiyat iqtisodiy rivojlanishi qonunlarini tadqiq etish orqaliochib beradi.

Siyosiy iqtisod ishlab chiqarish munosabatlarini:

Umumiy iqtisodiy nazariya o’z predmeti tadqiqot elementlari:

  • a) cheklangan resurslardan samarali foydalanish muammolarini;
  • b) moddiy ne’matlarni ishlab chiqarish, taqsimlash va iste’mol qilish jarayonida kishilarning iqtisodiy xulq-atvorini;
  • c) iqtisodiy o’sishning qonuniyatlari va omillarini tadqiq etish orqali o’rganadi.
  • Iqtisodiy nazariyaning umumiy vazifalari, predmet iva mazmuni doirasida har bir aniq iqtisodiy fan o’zining ma’lum vazifalarini hal etadi.


Ekonomiks:
  • tovarning bozor narxini belgilab beruvchi qonuniyatlar, sabab va omillarni;
  • narx tashkil topishining bozor mexanizmini;
  • c) o’zini o’zi tartibga soluvchi tizim sifatidagi bozorni tadqiq etish orqali asosiy masalani hal etadi, uni tashkil etishning asosiy prinstiplarini ishlab chiqadi.

Bu nazariyaga ko’ra, har qanday moddiy ne’matning qadri tovarda gavdalangan ijtimoiy-zaruriy mehnatning ifodasi sifatidagi qiymat bilan emas, balki ijtimoiy-iqtisodiy munosabatlar tavsifidan qat’iy nazar bu ne’mat keltiradigan naf orqali aniqlanadi.

So’nggi qo’shilgan miqdor usuli.

«So’ngi qo’shilgan naflilik» nazariyasi tovarlar qiymatini ularning foydali xossalari, ya’ni iste’mol qiymatlari bilan ayniylashtiradi. Biroq naflilik (shu jumladan so’ngi qo’shilgan naflilik ham) qiymatning asosi bo’la olmaydi, chunki tovarlarning iste’mol qiymatlari sifat jihatidan turlicha hisoblanadi va taqqoslab bo’lmaydi.


Download 329,84 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish