Plastmassaga parma yordamida ishlov berishda yoriqlar miqdori maxsus konstruktsiya vositasida minimumga olib boriladi.1 b rasmda ko’rsatilgan konsruktsiya parmasi ikki pog’onaliyuqori burchakka ega bo’ladi. Bu turdagi parmaning ikkinchi kesuvchi cheti yordamida kesilgan qirindi qalinligi kichiklashadi va shu tufayli teshik qirralarining atrofida yoriqlar hosil bo’lmaydi. 14.1v-rasmda parmaning kesuvchi qirralarini, shuningdek, old burchagini kichiklashtiruvchi charxli turi berilgan; bunday parma bilanyaxshi sifatli yoriqlardan holi ko’rinishdagi teshiklarga ega bo’lish mumkin. 14.4-rasmda oddiy spiralsimon parmadan, yuqori burchagi qo’shaloq charxli parmadan, kesuvchi qirralari charxli parmadanolingan qirindi tasvirlangan. Parma diametri d=8,1 mm, ω=270, α=150, n=2000 ayl/daq, s=0,05 mm/ayl. Oxirgi ikki turdagi parma bilan ishlash mobaynida silliq sirtli uzilmas qirindi olinadi, teshik qirralari atrofida yoriqlar hosil bo’lmaydi. Parmalash jarayonida materialning egiluvchan deformatsiyasi va uning parmalashdan keyingi egiluvchan tiklanishi sezilarli darajada va parma orqa sirtining yeyilib ketishiga va ishqalanish natijasida haroratning yuzaga kelishiga ta’sir etadi. Ishlov berilayotgan materialning egiluvchan deformaiyasi va egiluvchan tiklanishi oqibatida orqa burchak kichiklashib borgani sari o’q bo’ylab yo’nalgan kuch ortib boradi. - 2. Plastmassani parmalash jarayonining parametrlari
800 1000 1200 1400 Parmaning yuqori burchagi - 14.3-rasm. Polimetil metakrilatda parmalangan teshik qirralari bo’ylab yoriqlarning paydo bo’lishiga parma yuqori burchagining ta’siri
- 14.4-rasm. Quyma poliefirni parmalash mobaynida olingan qirindilarning turlari:
- a–1400 yuqori burchakli oddiy parma, b– 1400 va 800 li qo’shaloq charxli parma, v – kesuvchi qirrali charxlarga ega bo’lgan parma.
- Parmalash usullarining ta’sir etishi.
- Parmalangan teshik sirtining tashqi ko’rinishi parmalash usuliga bog’liq ravishda o’zgaradi, ya’ni qirqish tezligining birliklari V= 1 mm/daq va parma bir marta aylanishining uzatilishi s mm/ayl.ga bog’liq bo’ladi. Bitta kesuvchi qirraga uzatilish kichik bo’lsa, qirqish tezligi yuqori bo’lsa, parmalash jarayoninida hosil bo’luvchi issiqlik miqdori juda ham yuqori bo’ladi. Buning natijasida termoplastlardagi teshkilar sirtlari erib ketadi, reaktoplastlardagilari esa qizib ketadi, shaklning kuchli darajada buzilishi ro’y beradi hamda teshikning o’lcham aniqligiga zarar yetadi.
- Bitta kesuvchi qirraga kichik uzatish paytida katta miqdorda issiqlik ajralib chiqadi, teshik shakli buziladi va sirt sifati yomonlashadi (12.5-rasm). Agar uzatish juda katta bo’lsa, u holda tirqish qirralari atrofida ko’p sonli yoriqlar paydo bo’lishi mumkin.
Do'stlaringiz bilan baham: |