1Bu asosan spiralsimon parmaning parametrlari; boshqa turdagi parmalarning parametrlari (parrakli va b.q.) ancha murakkabroq bo’lishi mumkin. 2Konstruktsiya elementlari va parma geometriyasidan tashqari, parmalash usuli aylanish vaqti va parmalash davrida uzatilishning kuchaytirilishiga, shuningdek, teshik qirg’oqlari atrofida yorilib ketishlar darajasi, erib ketish yoki qisilib qolishlarning paydo bo’lishi, sirtning notekisligi va teshikning aniqligi, hosil qilinayotgan qirindi turiga ham ta’sir ko’rsatadi. 3Uzatish doimiy tezlik yoki uzatishning kuchaytirilishi paydo bo’lishi yoxud bo’lmasligiga bog’liq.uzatish parmaning bitta kesuvchi qirrasiga o’tuvchi material qirqilayotgan qatlamining qalinligini aniqlaydi. 4Parmalash usullari teshik turlari (yupqa yoki qalinligi)ga bog’liq bo’ladi. Parmalash jarayonidagi asosiy ko’rinishlar. Yaxlit materialda teshiklar odatda ikkita kesuvchi qirrali parma bilan parmalanadi.Teshik devori va tashqi yuza o’rtasida parma ishqalanishni yuzaga keltiradi. Parma va teshiksirti orasidagi zich bog’lanish tufayliteshikdan qirindilarning chiqishi qiyinlashib borgani sari teshik chuqurroq bo’lib boradi.Issiqlik o’tkazishning kichikligi, termik kengayish koeffitsientining kattaligi, yumshatish haroratining pastligi va plastmassa egiluvchan tiklanish qiymatlarining yuqoriligi oqibatidateshik devorlari va parma orasidagi ishqalanishlarni kattalashtiruvchi parmalash jarayonida teshiklar sirtlarikirishib ketishga moyil bo’lib qoladi.Bu hodisalar teshikning tashqi ko’rinishiga, o’q bo’ylab yo’nalgan kuchga, aylanish vaqtiga va hosil bo’luvchi qirindilarga ta’sir etadi.Teshikning tashqi ko’rinishiga, shuningdek, parmaning shakli ham ta’sir etadi 14.2-rasmda bir necha spiralsimon parmalar yordamida quyma poliefirda vintli ariqchaning turli qiyalik burchaklari bilan ma’lum bir parmalash usulida parmalangan teshik devorlarining tashqi ko’rinishi ko’rsatilgan. Parma diametri 8,1 mm, yuqori burchagi 100°, orqa burchagi 15°, n=2000 ayl/daq, s=0,05 mm/ayl.Tasvirning yuqori yarim bo’lagida teshikning parmaning materialga kirgandagi,pastki qismida esa chiqqandagi qirrasi tasvirlangan.Teshik qirralari atrofidagi yoriqlar burchak o’sishi bilan kattalashadi, o’z-o’zidan bunda parmaning old burchagi ham kattalashadi. Parmani vintli ariqchaningkichik qiyalik burchagi bilan qo’llashda teshik ichki sirtining erib ketishi ayniqsa, shiddatliroq kechadi. Vintli ariqchaning og’ish burchagi. 14.2-rasm. Quyma poliefir taxtalarida parmalangan teshiklarning tashqi ko’rinishiga parmaning vintli ariqchalari og’ish burchagi ta’siri Teshik qirralari atrofida yoriqlarning vujudga kelish jarayoniga parmaning 2φ yuqori burchagi ham ta’sir ko’rsatadi. Yoriqlar o’lchami uzatilish va parmaning yuqori burchagiga bog’liq ravishda o’zgaradi. Yuqori burchakning kattalashishi bilan yoriqlar kattalashadi, o’z-o’zidan qirindilarning qalinligi ham ortadi. (14.3 rasm.)
Do'stlaringiz bilan baham: |