Programma universal yoki maxsus hisoblao’ mashinasiga kiritiladi. Programma tuzishning 2-usuli boshqaruvchi mashinani o’qitishdan iborat. Bu usulda chizmada asbob yoki detalning harakat treaktoriyasi jadvali yoki tenglamasini tuzish shart emas. Bu holda dastgohga zagotovka o’rnatiladi va programma qurilmasi ulanadi. Ishchi dastgohni qo’lda bajarib, chizma bo’yicha birinchi detalni tayyorlaydi va ishlov berishga doir ma’lumotlar dastgohning magnit lentasiga avtomatik tarzda yoziladi. Programmani o’qish qurilmalari. Avtomatning ishini yozib olishga mo’ljallangan eltkichlar turli materiallardan tayyorlanadi. Perfolatsiyalangan qog’oz lenta va magnit lenta keng tarqalgan. Magnitli lentaga yozuvlar ko’ndalang magnit shtrixlar ko’rinishida yoziladi. lenta uzluksiz harakatlanadi. Programma magnitli lentadan quyidagicha o’qiladi: magnit yozuvli lenta1 magnit golovka2 yonidan o’tadi va golovkada EYuK hosil bo’ladi.kuchaytirgich olingan signallarni ijrochi mexanizmlarga uzatadi. Lentaning magnit golovkasi yonidan o’tayotgan lentaning tezligi yozilayotgan payda tezlikka teng bo’ladi. - 2. Mashinasozlikda chet el innovatsiyalarni tenologiyalarni taqoslash va saralash.
programmalarni magnit lentadan (a) va qobog’ lentadan (b) o’qiydigan qurilma. Perfolatsiyalangan qog’oz lentali programma bir necha yo’lakchada ma’lum tartibda joylashgan teshiklar tarzida yoziladi. Programma polzun(4)ning tok o’tkazuvchi shifti (3) yordamida o’qiladi. Polzun planka ustida u bo’ylab suriladigan lenta bilan birga vertikal holga harakatlanadi. Teshiklar shtift tagidan o’tayotganda shtift zanjirni plankaga tutashtiradi va tegishli komandalarni beradi. Programma kod ko’rinishida yozilishi mumkin. Bu hol programma ishlanadigan yuza koordinata nuqtalarining shifrlangan raqamli qiymatlari yonida beriladi. Programma deshifratorga keladi, o’qiladi va signallar boshqaruvchi signallarni hosil qilish uchun hisoblash qurilmasiga uzatiladi. Boshqarishning 2 tipi: berk va ochiq tiplari mavjud. Ijrochi organlar aniq suriladigan hollarda boshqarishning ochiq itipi qo’llaniladi. Bunda boshqarilayotgan zvenoning surilishi boshqarish programmasining signallariga aniq mos kelishi lozim. Boshqarishning berk tipida teskari aloqa qshllaniladi. Texnologik jarayon buzilganda komandaga tuzatish kiritiladi yoki bitta klmanda tugagach, yangi komanda beriladi. Uch koordinata buyicha programma yordamida boshqaradigan sistema ishlanadigan buyumning berilgan o’lchamlar va shaklda chiqishni ta’minlaydi, shpindelning belgilangan aylanish chastotasini tanlaydi, supportni suradi, tezlashtirilgan siljitishlarni ulaydi,asbobni almashtiradi, sovitish sistemasini ishga tushiradi hamda qirindini yig’ib oladi. Programma kodda sakkiz yo’lli magnitli lentaga yeziladi. - 3.Maxsulot sifatni oshrish va tannarxini tushurishda innovatsiyalardan foydalanish.
Do'stlaringiz bilan baham: |