Ма’ruza № 6 Маvzu: Mashinasozlikda chet el innovatsiyalarni qo’llash - Reja: 1. Mashinasozlikda chet el innovatsiyalarni qo’llash omillari.
- 2. Mashinasozlikda chet el innovatsiyalarni tenologiyalarni taqoslash va saralash.
- 3.Maxsulot sifatni oshrish va tannarxini tushurishda innovatsiyalardan foydalanish.
Raqamli dastur bilan boshqariladigan dastgohlar. Sanoatda programma yordamida boshqariladigan dastgohlar tobora keng ishlatilmoqda. Alfabit raqamli kodda berilgan va aniq bir tilda yozilgan hamda dastgoh ish organlarini belgilangan ishni bajarishni ta’minlovchi komandalar izchilligi ko’rinishida berilgan programma bo’yicha boshqarish, metal kesish, jihozini programma yordamida boshqarish deyiladi. Programma chizma haqida analog raqam ko’rinishida, ya’ni sonlar, shartli grafik tasvirlar, turli so’z va ko’rsatmalar, sharli belgilar va boshqa simvollar ko’rinishida yozilgan ma’lumotlardan iborat. Sonli programma yordamida boshqarish qurilmasi va ma’lumotlarni dastgohlarning ijrochi mexanizmlari uchun boshqarish komandalariga o’zgartirib beriladi hamda ularning bajarilishini tekshiradi. Umumiy holda boshqarish komandasini tayyorlash deganda berilgan detal ishlanilishini boshqarish uchun zarur bo’lgan komandalarni tayyorlash, hisoblash va yozish tushuniladi. Sonli programma yordamida boshqarish sistemasi bu komandalarni avtomatik tarzda o’qiydi va bajaradi. Programmalarni yozish uchun ishlatiladigan kodlarning asosi 2lik va 10li sanoq sistemalaridan iborat. - 1. Mashinasozlikda chet el innovatsiyalarni qo’llash omillari.
- Bir detalning ishlashidan boshqa detalga o’tishi uchun perfolenta, perfokatta, magnit lentaga yozilgan programmalar almashtiriladi.
- Raqamli yoki sonli programmalar yordamida boshqariladigan dastgohlarning avzalliklari quyidagilardan iborat: odam dastgohda ishlashdan ozod bo’ladi; mehnat unumdorligi ortadi, jihozlar ish bilan ko’proq ta’minlanadi. Jihozlarning samaradorligi yuqori, programma yordamida boshqariladigan bitta dastgoh 8 tagacha dastgohning o’rnini bosadi; sonli programma yordamida boshqariladigan dastgohlar avtomat liniyalar tuzish oson; programma yordamida boshqarishni joriy etish sanoat tarmog’i uchun texnologik programmani tayyorlashni markazlashtirishga, uning malakali programmachi kadrlar tayyorlashga imkoniyat beradi, sifat ortadi, brak miqdori kamayadi
- Programma yordamida boshqariladigan dastgohlardan tuzilgan avtomatik liniyalarni EXMga ulash oson. EXM oldidan tuzilgan programma bo’yicha butun liniyani ishini tashkil etadi. Qayta sozlash zarur bo’lgan taqdirda yangi buyum kodi kiritiladi va EXM jihozining ishini o’zgartradi. Programma yordamida boshqarish sistemasi murakkab shakliy detallar tayyorlashda ayniqsa samarali ishlaydi.
- Ayni vaqtda sonli programmalar yordamida boshqariladigan dastgohlarni joriy etishda programmachilar tayyorlash zarurligi, jihozlar remontining murakkablashuvi va buyumlarni tipiklashtrish lozimligini e’tiborga olish zarur.
- Programmalashtirishning 2 ta usuli bor. Birinchi usulda detal chizmasi olinadi va jadval yoki analitik ko’rinishdagi tenglama ko’rinishida kodlanadi. Bunda dastgoh asbobi va ish organlari harakatining treaktoriyasi elementar uchastkalarsha bo’lib chiqiladi. Har bir uchastkaning koordinatalri x, u, z o’qlariga ortirma ko’rinishida tushuntiriladi.
- Programma eritgich hajmi kichikroq bo’lishi uchun magnitli lentaga yozishga mo’ljallangan bir necha yo’lcha bor. (6 ta yoki 8 ta)
Do'stlaringiz bilan baham: |