Ijtimoiy pedagogika quyidagi fanlar bilan o’zaro aloqador - Pedagogika — Psixologiya — Sotsiologiya — Tibbiyot — Biologiya — Genekologiya hamda filosofiya — Mantiq — Iqtisod — Tarix — Etnografiya
- ijtimoiy pedagogikaning obekti jamiyatdagi barcha shaxslar emas, balki ijtimoiy hayotda adashgan, odob-axloq, me’yorlaridan og’ishgan, ijtimoiy pedagogik yordamga muhtoj shaxslar, shuningdek, jamiyat a’zolarining ongini tarbiyalashdan iborat.
- Shaxsning ijtimoiylashuvi — bu ma’lum jamiyatga mos bilimlar, qadriyatlar, me’yorlar, xatti-harakatlar tizimidan iborat ijtimoiy hayotga kirib borish jarayonidir.
- Davlatning ijtimoiy siyosati quyidagilar bilan belgilanadi
- - kuchli ijtimoiy siyosatni respublika taraqqiyotining ustuvor yo‘nalishi sifatida e’lon qilinishi;
- - aholining kam ta’minlangan qatlamlarini himoya qilish yuzasidan bir qator qonun va farmonlarning qabul qilinishi;
- - ijtimoiy himoya muassasalarining moddiy texnik bazasining yaxshilanishi va yangilarining ta’sis etilishi;
- - “Ta’lim to’g’risida”gi Qonunning har tomonlama barkamol shaxsni shakllantirishga qaratilgan ijtimoiy pedagogik choralari majmuasi sifatida joriy qilinishi.
- Ijtimoiy pedagogikaning predmeti — bolaning ijtimoiylashuvi jarayonidir.
- 3. Ijtimoiy pedagogikaning jamiyat taraqqiyotida tutgan o’rni va roli, jamiyatda ijtimoiylashuv jarayonining globallashuvi
- Ijtimoiy pedagogikaning muammolaridan yana biri bu ijtimoiylashuv va mazkur jarayonning globallashuvi hisoblanadi. Mazkur holatni tushuntirish uchun dastlab “globallashuv” hamda “ijtimoiylashuv” tushunchalarining mazmun-mohiyatini bilishimiz lozim.
- Globallashuv (globalizatsiya) - lotincha ― “globe” so’zidan olingan bo’lib, aynan uni ― yerning dumaloqlashuvi, kurralashuvi deb tarjima qilish mumkin.
- Globallashuv tushunchasi lug’aviy ma'nosi nuqtai nazaridan fransuz tilida ― umumiylashuv, lotin tilida esa ―globus - Yer shari ma'nolarini bildiradi. Demak, globalizm tushunchasi ana shu ikki ma'noda ham bevosita insoniyat hayoti va taqdiri bilan bog’liq bo’lgan katta muammolarni, ― sayyoraviy, - dunyoviy muammolarni, global taraqqiyot istiqbollarini o’ziga qamrab oladi.
- Globallashuv atamasi birinchi bor 1960 yil Giddins tomonidan foydalanilgan. Bu atama XX asrning 90-yillarigicha deyarli foydalanilmagan. 1985 yilga kelib amerikalik sotsiolog R. Robertson «globallashuv» atamasiga tushuncha bergan.
- GLOBALLASHUV tushunchasining mazmuni
- Globallashuvga qarshi harakatlar ham mavjud bo’lib, ular globallashuv natijasida yuzaga keladigan va kelayotgan muammolarni oqibati salbiy deb e‘tirof etishadi. Bunday tashkilot, uyushma, harakatlarga Green, Anti Daos kabi bir necha antiglobolistlarni kiritish mumkin.
- GLOBALLASHUV tushunchasining mazmuni
- V.I.Danilov-Danil`yan esa ― Globallashuv ko`proq mantiqdan emas, balki tarixiy paradigmadan kelib chiqqan so`zdir. Globallashuv jihatlarining o`zaro aloqadorligini aniq va ravshan tahlili mavjud emas
- S.Otamuratov ―...globallashuv tushunchasi haqidagi qarashlar turli-tumanligicha davom etib kelmoqda. Bu tabiiy hol. CHunki uning makon va zamonda sodir bo`lish xususiyatlari turlicha bo`lib dunyoning o`zgarishiga o`tkazayotgan ta`sirida ham yangi-yangi imkoniyatlari namoyon bo`lmoqda
- Globallashuv - turli mamlakatlar iqtisodi, madaniyati, ma'naviyati, odamlari o’rtasidagi o’zaro ta'sir va bog`liqlikning kuchayishidir.
- Frantsuz tadqiqotchisi B.Bandi: 1. Globallashuv - muttasil davom etadigan tarixiy jarayon. 2. Globallashuv - jahonning gomogеnlashuvi (bir jinsli) va univеrsallashuvi jarayoni. 3. Globallashuv - milliy chеgaralarning «yuvilib kеtish» jarayoni.
- rus olimi I. Burikova globallashuvni jarayon sifatida qaraydi va olimlar tomonidan unga nisbatan qarashlarni umumlashtirib, uning uchta asosiy jihatini ko’rsatadi:
- Globallashuv jahonda siyosiy hokimiyatning yangi shakli sifatida
- - informatsion globallashuv - informatsiya sohasidagi o’zgarishlar;
- - iqtisodiy globallashuv - iqtisodiy sohadagi o’zgarishlar;
- - mintaqaviy globallashuv - hududlar va chegaralar sohasidagi o’zgarishlar;
- - demografik globallashuv - globallashuvning asosiy instrumenti bo’lib, insondagi barcha asosiy o’zgarishlarni o’ziga qamrab oladi.
- - Bilim jihatlari - globallashuv jarayoni haqida nimalar ma‘lumligi.
- - Emotsional - bu ma‘lumotga qanday yondoshuv zarurligi.
- - Axloqiy - nima qilish kerak ekanligi.
- Dunyoda globallashuv, axborot oqimining tеzlashuvi va intеnsivlashuvi, univеrsal tеxnologiyalar bilan bog`liq umumbashariy jarayonlar jadallashib bormoqda.
- Bu hol bugungi kunda dunyoning mafkuraviy manzarasini bеlgilab bеrish bilan birgalikda shaxsning ijtimoiylashuv jarayonida ham yaqqol ko’zga tashlanmoqda.
- Ijtimoiylashuv kontseptsiyasi. Insonning atrofdagi dunyo bilan o'zaro aloqada rivojlanish jarayoni sotsializatsiya deb ataladi.
- Amerikalik sotsiolog N. Smelser
- "shaxslarning ijtimoiy rollariga mos keladigan ko'nikmalarini va ijtimoiy munosabatlarini shakllantirish jarayoni"
- Polshalik sotsiolog Y. Shepanskiy
- "shaxsni jamoat hayotida qatnashishga tanishtiradigan, unga madaniyatni tushunishga, jamoalardagi o'zini tutishini o'rgatadigan, o'zini o'zi tasdiqlaydigan va turli xil ijtimoiy rollarni bajaradigan atrof-muhitning ta'siri"
- Turli lug'atlarda ijtimoiylashish quyidagicha ta'riflangan:
- 1) "shaxs o'z hayoti davomida o'zi tegishli bo'lgan jamiyatning ijtimoiy me'yorlari va madaniy qadriyatlarini o'zlashtirish jarayoni";
- 2) “assimilyatsiya jarayoni va keyingi rivojlanish ijtimoiy va madaniy tajribaning individualligi»;
- 3) "shaxsni shakllantirish, o'rganish va ma'lum bir jamiyat, ijtimoiy hamjamiyat, guruhga xos bo'lgan qadriyatlarni, me'yorlarni, munosabatlarni, xulq-atvor usullarining shaxs tomonidan o'rganilishi".
- Ijtimoiy moslashuv - individning ijtimoiy muhitga doimiy faol moslashish jarayoni va bu jarayonning natijasi. Ijtimoiy moslashuv uzluksiz xususiyatga ega ekanligiga qaramasdan, uni, odatda, individning oʻz faoliyatini va oʻzini oʻrab turgan ijtimoiy davrasini tubdan oʻzgartirish davrlari bilan bogʻlaydilar.
Do'stlaringiz bilan baham: |