Funksiya (lotincha: functio — „bajarish“, „amalga oshirish“) (tilshunoslikda) — muayyan til, til birligi, lisoniy shaklning u yoki bu vazifani bajarish qobiliyati; tilning kishilik jamiyatidagi roli, vazifasi; til tizimining barcha sathlarida uning birliklari oʻrtasidagi bogʻliqlik yoki munosabatlar. Til birligi funksiyasini belgilash uning muayyan til (til tizimi)dagi rolini aniqlashni koʻzda tutadi, mas, gapda kommunikativ (biror narsa, voqea haqida xabar berish) va nominativ (ushbu voqeani atash) funksiyalar ajratilishi mumkin. Har bir til birligi maʼlum maqsad uchun xizmat qiladi, yaʼni muayayn funksiyani (vazifani) bajaradi, shuning uchungina boshqa til birligidan farq kilgan holda mavjud boʻladi. Til birliklarining koʻplab funksiyalari — oʻxshatish, ajratish, farqlash funksiyalari ajratiladi; ana shu funksiyalarga muvofiq ravishda til birliklarining oʻzlari ham farqlanadi, ajratiladi. Mac, fonema turli soʻz va morfemalarni farklash yoki ular orasiga chegara qoʻyish uchun xizmat qiladi.
Funksiyalar nafaqat til birliklarini, balki tilning oʻzini tizim sifatida tavsiflashda ham oʻrganiladi. Tilning asosiy funksiyalari: kommunikativ (muomala, aloqa qilish funksiyasi), bilish, aks ettirish, shakllantirish, aloqa oʻrnatish, nominativ (borlikdagi narsa va hodisalarni nomlash, atash), ekspressiv (ifoda, bayon funksiyasi), apellyativ (murojaat, undash, daʼvat funksiyasi) va boshqa Til funksiyalari qatorida uning sathiy funksiyalari — fonologik, morfologik va boshqa funksiyalari ham koʻrsatiladi. Funksional nuqtai nazardan til tizimi koʻp oʻlchovli tuzilma boʻlib, uning namoyon boʻlish shakllari (ogʻzaki va yozma til), ijtimoiy maqsadvazifasi (adabiy til, ijtimoiy guruxlar tillari, argo va boshqalar), estetik yunalganligi (poetik til) va boshqa jihatlari farklanadi.
Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 6-apreldagi 187- son qarori bilan tasdiqlangan DTS va o’quv fani dasturlariga muvofiq funksiya tushunchasi umumta’lim maktablarining 7-sinfidan boshlanadi. Bu dasturga mos funksiya tushunchasi [1; 12-b.] darslikga mos kiritiladi. Bunda funksiya tushunchasi quyidagicha ta’riflanadi:
Agar biror sonlar to’plamidan olingan x ning bir qiymatiga biror qoida bo’yicha y son mos qoyilgan bo’lsa, u holda shu to’plamda funksiya aniqlangan deyiladi.
Y miqdorning x miqdorga bo’g’liqligini ta’kidlash uchun ko’pincha y(x) deb yoziladi (o’qilishi “igrek iksdan”. Bunda x erkli o’zgaruvchi, y esa erksiz o’zgaruvchi yoki funksiya deyiladi.
10-sinfda funksiya tushunchasini qiritishdan oldin to’plamlar, asosiy sonli to’plamlar tuchunchalari kiritiladi [2].
Dekart koordinatalar tekisligida berilgan nuqtalar to’plami
Do'stlaringiz bilan baham: |