g‘oyalarni baholash va tako-
millashtirish kompetensiyasi
baholanadi.
2. TAOMLAR FESTIVALI LOGOTIPI
2. TAOMLAR FESTIVALI LOGOTIPI
Mazkur topshiriq xalqaro PISA dasturining kreativ fikrlash yo‘nalishi
-
dagi vizual ifodalash sohasiga oiddir. Topshiriqlar guruhi ikkita topshiriq-
dan iborat bo‘lib, ularning har biri kompetentlik modeliga binoan kreativ
fikrlashning uchta jihatidan ikkitasi, ya’ni “turli xil g‘oyalarni ilgari surish”
hamda “g‘oyalarni baholash va takomillashtirish” haqida ma’lumot berish-
ga yo‘naltirilgandir.
Ushbu topshiriqda berilgan virtual chizish vositalari, o‘quvchilarning
raqamli vositalar orqali chizish ko‘nikmalariga bog‘liqligini kamaytirish
maqsadida imkon qadar soddalashtirilgan bo‘lib, o‘quvchilarga o‘zlarining
javoblarini turlicha tasvirlab berishlari uchun yetarlicha imkoniyatlar ya-
ratilgan. Shu bilan birga, topshiriqda o‘quvchilardan “Taom va do‘stlar”
mav zusidagi festival uchun logotip yaratishlari so‘raladi.
124
Do'stlaringiz bilan baham: |