Oldingi tahrirga qarang.
(5-band O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 26-apreldagi PQ-3680-sonli qaroriga asosan o‘z kuchini
yo‘qotgan — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 27.04.2018-y ., 07/18/3680/1110-son)
6. Belgilab qo‘yilsinki:
barcha fermer, dehqon xo‘jaliklari va tomorqa yer egalarining ekin maydonlarida ularning takliflarini
inobatga olgan holda qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini yetishtirish bo‘yicha prognoz hajmlar belgilanadi;
har yili 1-fevralgacha fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari raislari ichki ishlar organlarining
profilaktika inspektorlari bilan birgalikda uyma-uy yurib, hududdagi dehqon xo‘jaliklari va tomorqa yer egalarining
ekin maydonlarini xatlovdan o‘tkazadi, ularda yil davomida ekiladigan ekin turlari va yetishtiriladigan mahsulot
hajmlarini oila ehtiyoji va sotish uchun mo‘ljallangan qismlarga ajratgan holda aniqlaydi, mahsulot yetkazib berish
bo‘yicha shartnomalar tuzilishi, ekinlarning to‘liq va sifatli ekilishi, agrotexnik tadbirlarning o‘z vaqtida amalga
oshirilishi yuzasidan jamoatchilik nazoratini tashkil etadi;
yakka tartibda uy-joy qurish va uy-joyni obodonlashtirish uchun berilgan yer uchastkalarining tomorqa
qismida asossiz ravishda qishloq xo‘jaligi ekinlari ekmagan yoki uni obodonlashtirmagan yer egalariga nisbatan
belgilangan yer solig‘i stavkasining uch barobar oshirilgan miqdori qo‘llaniladi;
dehqon xo‘jaligi yuritish uchun uy-joy qurish huquqisiz berilgan yer uchastkalarida qishloq xo‘jaligi ekinlari
ekmagan yer egalarining yer uchastkasiga bo‘lgan huquqi qonun hujjatlarida belgilangan tartibda bekor qilinadi.
7. Fermer, dehqon xo‘jaliklari va tomorqa yer egalari faoliyatini yanada rivojlantirish, ularning ekin
maydonlaridan samarali foydalanishni tashkil etish bo‘yicha chora-tadbirlar dasturi 7-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
Dasturda nazarda tutilgan tadbirlarning o‘z vaqtida va sifatli bajarilishi yuzasidan vazirlik va idoralar
rahbarlari zimmasiga shaxsiy javobgarlik yuklansin.
8. Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyat va tuman hokimliklari fuqarolarning o‘zini o‘zi
boshqarish organlari bilan birgalikda:
har yili keyingi yil hosili uchun ekin ekishdan bir oy oldin fermer xo‘jaliklari kesimida, konturlar va ekin
turlari bo‘yicha, tuproq, iqlim, suv sharoitidan kelib chiqib, kamida ikki marta hosil olinishini hisobga olgan holda
qishloq xo‘jaligi ekinlari joylashtirilishini ta’minlasin;
har yili 15-fevralgacha barcha dehqon xo‘jaliklari va tomorqa yer uchastkalari kesimida yetishtiriladigan
mahsulotlarning prognoz hajmlarini fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari qarorlari asosida tasdiqlanishini
tashkil etsin.
9. O‘zbekiston Respublikasi Qishloq va suv xo‘jaligi vazirligi, Adliya vazirligi, Yer resurslari, geodeziya,
kartografiya va davlat kadastri davlat qo‘mitasi, Davlat soliq qo‘mitasi Kengash, Qoraqalpog‘iston Respublikasi
Vazirlar Kengashi, viloyat va tuman hokimliklari, fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari bilan birgalikda:
Keyingi tahrirga qarang.
fermer, dehqon xo‘jaliklari va tomorqa yer egalarining ulgurji iste’molchilar, shu jumladan tayyorlov, qayta
ishlash va eksport qiluvchi tashkilotlar, agrofirmalar, savdo xarid korxonalari bilan mahsulot yetkazib berish
to‘g‘risida, bozor ma’muriyati bilan esa yetishtirilgan mahsulotni bevosita bozorda chakana sotish to‘g‘risida
shartnomalar tuzilishini tizimli ravishda tashkil etsin;
Keyingi tahrirga qarang.
qishloq xo‘jaligi ekinlarining to‘liq va sifatli ekilishini, agrotexnik tadbirlarning o‘z vaqtida amalga oshirilishini
qishloq xo‘jaligi ekinlarining to‘liq va sifatli ekilishini, agrotexnik tadbirlarning o‘z vaqtida amalga oshirilishini
zamonaviy o‘lchov vositalari, shu jumladan uchuvchisiz uchish apparatlaridan (dronlardan) foydalangan holda
doimiy monitoring qilib borsin;
yer maydonlaridan samarasiz foydalangan, qishloq xo‘jaligi ekinlarini to‘liq ekmagan, agrotexnik tadbirlarni
o‘z vaqtida amalga oshirmagan fermer, dehqon xo‘jaliklari va tomorqa yer egalariga nisbatan qonun hujjatlarida
belgilangan javobgarlik choralari ko‘rilishini ta’minlasin.
10. O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi fermer, dehqon xo‘jaliklari va tomorqa yer egalari bilan ulgurji
iste’molchilar, shu jumladan tayyorlov, qayta ishlash va eksport qiluvchi tashkilotlar, agrofirmalar, savdo xarid
korxonalari o‘rtasida shartnomalar tuzish va bajarishda qonunchilikka rioya qilinishi, shartnoma intizomini
buzganligi uchun taraflarning javobgarlikka tortilishi ustidan tizimli nazorat olib borsin.
Keyingi tahrirga qarang.
11. O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi:
2017-yilning 1-noyabridan boshlab fermer xo‘jaliklari tomonidan Kengashga a’zolik badallari to‘lash uchun
har yili paxta xomashyosi xarid narxini o‘rnatishda 0,8 foiz miqdordagi mablag‘larni nazarda tutsin;
Oldingi tahrirga qarang.
O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi huzuridagi Qishloq xo‘jaligini davlat tomonidan qo‘llab-quvvatlash
jamg‘armasi bilan birgalikda Jamg‘armaning har yilda shakllanadigan balansida alohida bandda mazkur mablag‘larni
oyma-oy aks ettirsin;
(11-bandning uchinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 3-maydagi PF-5428-sonli Farmoni
tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 04.05.2018-y ., 06/18/5428/1158-son)
Oldingi tahrirga qarang.
(11-bandning to‘rtinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 26-apreldagi PQ-3680-sonli qaroriga
asosan chiqarilgan — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 27.04.2018-y ., 07/18/3680/1110-son)
12. O‘zbekiston Respublikasi moliya vazirining agrosanoat kompleksiga mas’ul bo‘lgan o‘rinbosariga qishloq
xo‘jaligida to‘lov intizomini mustahkamlash, fermer xo‘jaliklarining moliyaviy barqarorligini ta’minlash yuzasidan
aniq choralar ko‘rish vazifasi yuklatilsin.
Oldingi tahrirga qarang.
13. Kengash Toshkent shahar, Mirobod tumani, Amir Temur ko‘chasi, 13-uy manzilidagi binoga tekin
foydalanish huquqi bilan joylashtirilsin.
(13-bandning birinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 18-yanvardagi PF-5304-sonli Farmoni
tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 19.01.2018-y ., 06/18/5304/0591-son)
Oldingi tahrirga qarang.
O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi 2018-yilning 1-fevraligacha Kengashga ajratilgan binoni ta’mirlash va
jihozlash manbalari yuzasidan Vazirlar Mahkamasiga taklif kiritsin.
(13-bandning ikkinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 18-yanvardagi PF-5304-sonli Farmoni
tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 19.01.2018-y ., 06/18/5304/0591-son)
Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi va viloyatlar hokimliklari O‘zbekiston Respublikasi
Xususiylashtirilgan korxonalarga ko‘maklashish va raqobatni rivojlantirish davlat qo‘mitasi bilan birgalikda ikki oy
muddatda fermer, dehqon xo‘jaliklari va tomorqa yer egalari kengashlarini zarur binolar bilan ta’minlasin.
14. O‘zbekiston Respublikasi Qishloq va suv xo‘jaligi vazirligi Adliya vazirligi, boshqa manfaatdor vazirlik va
idoralar bilan birgalikda ikki oy muddatda qonun hujjatlariga mazkur qarordan kelib chiqadigan o‘zgartirish va
qo‘shimchalar to‘g‘risidagi takliflarni Vazirlar Mahkamasiga kiritsin.
15. Mazkur qarorning ijrosini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasining Bosh vaziri A.N. Aripov, O‘zbekiston
Respublikasi Bosh vazirining o‘rinbosari — qishloq va suv xo‘jaligi vaziri Z.T. Mirzayev va O‘zbekiston Respublikasi
adliya vaziri R.Q. Davletov zimmasiga yuklansin.
Do'stlaringiz bilan baham: |