2. Quyidagilar:
O‘zbekiston fermer, dehqon xo‘jaliklari va tomorqa yer egalari kengashining tashkiliy tuzilmasi 1-ilovaga
kengashlari ijro apparatlarining namunaviy tuzilmalari 3 va 4-ilovalarga muvofiq;
Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar va tumanlar fermer, dehqon xo‘jaliklari va tomorqa yer egalari
kengashlari ijro apparatlari xodimlarining cheklangan soniga nisbatan toifalangan hududlar va tumanlar ro‘yxatlari 5
3. Fermer, dehqon xo‘jaliklari va tomorqa yer egalari kengashlariga quyidagi huquqlar berilsin:
xalq deputatlari tuman Kengashlari, fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari yig‘ilishlarida fermer,
dehqon xo‘jaliklari va tomorqa yer egalarining ekin maydonlaridan foydalanish samaradorligini muhokama qilishda
fermer xo‘jaligini tashkil etish istagini bildirgan talabgorlarni tanlash, ularning zaxirasini shakllantirish,
malakasini oshirib borish va ular orasidan munosib nomzodlarni yer uchastkalarini berish (realizatsiya qilish)
O‘zbekiston yoshlar ittifoqi bilan birgalikda yoshlarga fermer va dehqon xo‘jaligi yuritish uchun yer
O‘zbekiston yoshlar ittifoqi bilan birgalikda yoshlarga fermer va dehqon xo‘jaligi yuritish uchun yer
uchastkalari ajratish haqida yer uchastkalarini berish (realizatsiya qilish) masalalarini ko‘rib chiqish bo‘yicha tuman
komissiyasiga tavsiyalar berish;
fermer va dehqon xo‘jaliklarini yuritish uchun yer uchastkalarini ajratish yuzasidan yer uchastkalarini berish
(realizatsiya qilish) masalalarini ko‘rib chiqish bo‘yicha tuman komissiyasiga xulosalar kiritish;
Oldingi tahrirga qarang.
fermer, dehqon xo‘jaliklari va tomorqa yer egalari manfaatlarini ko‘zlab sudga davlat boji to‘lamasdan da’vo
arizalari, davlat va xo‘jalik boshqaruvi organlari, mahalliy davlat hokimiyati organlarining qarorlari, ularning
mansabdor shaxslari xatti-harakatlari (harakatsizligi) ustidan shikoyatlar taqdim etish. Bunda da’vo arizasini
qanoatlantirish rad etilganda manfaati ko‘zlab da’vo arizasi kiritilgan fermer, dehqon xo‘jaliklari va tomorqa yer
egalaridan davlat boji undirilmaydi.
(3-bandning oltinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 26-apreldagi PQ-3680-sonli qarori
tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 27.04.2018-y ., 07/18/3680/1110-son)
fermer, dehqon xo‘jaliklari va tomorqa yer egalarining huquqlari va qonuniy manfaatlarini himoya qilish
maqsadida davlat va xo‘jalik boshqaruvi organlari, mahalliy davlat hokimiyati organlari, fuqarolarning o‘zini o‘zi
boshqarish organlari, boshqa tashkilotlardan qonun hujjatlarida belgilangan tartibda zarur ma’lumotlar, hujjatlar va
materiallarni so‘rab olish.
4. Belgilansinki:
fermer, dehqon xo‘jaliklari va tomorqa yer egalarining huquqlari va qonuniy manfaatlariga taalluqli
normativ-huquqiy hujjatlar loyihalari majburiy ravishda O‘zbekiston fermer, dehqon xo‘jaliklari va tomorqa yer
egalari kengashi (keyingi o‘rinlarda Kengash deb yuritiladi) bilan kelishilishi shart;
Kengash raisi lavozimi bo‘yicha “Agrobank” aksiyadorlik tijorat banki kengashining tarkibiga kiritiladi;
Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar va tumanlar fermer, dehqon xo‘jaliklari va tomorqa yer egalari
kengashlari raislari tegishliligi bo‘yicha Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi raisi, viloyat va tuman
hokimlarining fermer, dehqon xo‘jaliklari va tomorqa yer egalari faoliyatini rivojlantirish masalalari bo‘yicha
maslahatchisi hisoblanadi hamda maqomi bo‘yicha ularning o‘rinbosarlariga tenglashtiriladi.
Do'stlaringiz bilan baham: