loyiha bo‘yicha qum-shag‘al zaxirasining hajmi;
loyihaning minimal qiymati (boshlang‘ich narxi);
loyihani amalga oshirish huquqi egasining majburiyatlari,
shu jumladan,
davlat ekologik
ekspertizasi xulosasida qayd etilgan majburiyatlar;
loyihani amalga oshirish shartlari va tartibi to‘g‘risida axborot.
15. Loyiha hujjatlari bo‘yicha davlat ekologik ekspertizasi xulosasi olingandan so‘ng “Xavfsiz
daryo” DUK ikki ish kuni mobaynida operatorga loyihani amalga oshirish huquqini realizatsiya
qilish bo‘yicha auksion tashkil qilish haqidagi elektron buyurtmani (keyingi o‘rinlarda — buyurtma)
mazkur Nizomga 2-ilovaga muvofiq shaklda taqdim etadi.
16. Buyurtma “Xavfsiz daryo” DUK direktorining elektron imzosi bilan tasdiqlanadi va
operatorga yuboriladi.
17. Buyurtmaga quyidagilar elektron (skaner qilingan) shaklda ilova qilinadi:
a) “Xavfsiz daryo” DUK direktorining loyihani amalga oshirish huquqini auksionda realizatsiya
qilish uchun auksionga qo‘yish to‘g‘risidagi buyrug‘i;
b) daryo o‘zanlaridan qum-shag‘al materiallarini qazib olish ishlarini olib borish bo‘yicha
tayyorlangan loyiha annotatsiyasi;
v) davlat ekologik ekspertizasi xulosasi;
g) “Xavfsiz daryo” DUK va auksion g‘olibi bilan tuziladigan shartnoma loyihasi;
d) google xaritada loyihani amalga oshirish joyi (koordinatali nuqtalari bilan);
e) loyihani amalga oshirish joyining fotosurati (15x20 sm).
18. Buyurtmaga mazkur Nizomning 17-bandida nazarda tutilgan
barcha hujjatlar ilova
qilinmaganda yoki ular tegishli ravishda rasmiylashtirilmaganda, operator buyurtmani olgandan
so‘ng keyingi ish kunidan kechiktirmasdan buyurtmani bartaraf etilishi lozim bo‘lgan kamchiliklarni
ko‘rsatgan holda “Xavfsiz daryo” DUKga qaytaradi.
“Xavfsiz daryo” DUK operator tomonidan qayd etilgan barcha
kamchiliklarni besh ish kuni
mobaynida bartaraf etib, buyurtmani mazkur Nizomning 17-bandi talablariga muvofiq takroran
operatorga yuboradi.
19. “Xavfsiz daryo” DUK taqdim etgan hujjatlar mazkur Nizomning 17-bandi
talablariga
muvofiqligi yuzasidan operator tasdig‘idan so‘ng:
bosma va elektron ommaviy axborot vositalarida loyihani amalga oshirish huquqi auksionga
qo‘yilishi to‘g‘risidagi axborotni tarqatadi;
O‘zbekiston Respublikasi Favqulodda vaziyatlar vazirligiga, Ekologiya va atrof-muhitni
muhofaza qilish davlat qo‘mitasiga hamda Davlat geologiya va mineral resurslar qo‘mitasiga
loyihani amalga oshirish huquqi auksionga qo‘yilishi haqidagi axborotni yuboradi.
20. O‘zbekiston Respublikasi Favqulodda
vaziyatlar vazirligi, Ekologiya va atrof-muhitni
muhofaza qilish davlat qo‘mitasi, Davlat geologiya va mineral resurslar qo‘mitasi tadbirkorlik
subyektlarini auksionda ishtirok etishga keng jalb qilishga doir choralarni ko‘radi, shu jumladan,
“Xavfsiz daryo” DUKdan olingan hujjatlar va axborotni auksionda ishtirok etish uchun buyurtma
joylashtiriladigan internet jahon axborot tarmog‘idagi manziliga tayangan holda, o‘z
rasmiy veb-
saytlarida majburiy tartibda joylashtiradi.
21. Yer uchastkasiga bo‘lgan huquqni elektron savdo platformasida realizatsiya qilish
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarori bilan belgilangan tartibda amalga
oshiriladi.
Do'stlaringiz bilan baham: