quyidagilar ko‘rsatib o‘tiladi:
yer uchastkasining joylashgan joyi;
yer uchastkasining maydoni (gektarda);
yer uchastkasidan foydalanish maqsadi;
yer uchastkasi uchun ijara to‘lovining eng kam miqdori;
auksion shakli;
yer uchastkasidan uzoq muddatli ijaraga oluvchining majburiyatlari,
shu jumladan, vakolatli
tashkilotlar xulosalarida qayd etilgan majburiyatlar, shuningdek,
ajratilgan yer uchastkasida
obyektlar va inshootlar qurish muddatlariga oid talablar;
yer uchastkasi bo‘yicha mavjud cheklovlar;
yer uchastkasidan foydalanish shartlari va tartibiga taalluqli boshqa axborot.
24. Yer uchastkasini uzoq muddatli ijaraga olish huquqini elektron onlayn-auksionda
realizatsiya qilish to‘g‘risidagi qaror qabul qilingandan so‘ng keyingi ish kunidan kechiktirmasdan,
vakolatli davlat organi ushbu Nizomga 2-ilovaga muvofiq shakl bo‘yicha yer uchastkasini uzoq
muddatli ijaraga olish huquqini elektron onlayn-auksionda realizatsiya qilish yuzasidan auksion
tashkil qilish to‘g‘risida operatorga elektron buyurtma beradi.
Buyurtma vakolatli davlat organi mas’ul xodimi tomonidan
elektron raqamli imzo bilan
tasdiqlanadi va “YERELEKTRON” AAT yordamida operatorga yuboriladi.
25. Buyurtmaga elektron (skaner qilingan) shaklda quyidagilar ilova qilinadi:
a) yer uchastkasini uzoq muddatli ijaraga olish huquqini elektron onlayn-auksionda
realizatsiya qilish to‘g‘risidagi qaror;
b) yer uchastkasi to‘g‘risida qisqa ma’lumot,
jumladan, uning maydoni (gektarda), maqsadi,
mavjud cheklovlar va boshqalar;
v) chegaralari ko‘rsatilgan xolda yer maydonining joylashtirish rejasi;
g) yer uchastkasining kamida ikki tomondan o‘rab turgan obyektlar bilan fotosurati (15x20
sm);
d) vakolatli tashkilotlarning xulosalari;
e) yer uchastkasining tavsifi, shuningdek, yer uchastkasidan foydalanish tartibi va shartlari
ko‘rsatilgan boshqa hujjatlar.
26. Agar buyurtmaga ushbu Nizomning 25-bandida ko‘rsatilgan
barcha hujjatlar ilova
qilinmagan bo‘lsa yoki belgilangan tartibda rasmiylashtirilmagan bo‘lsa, operator buyurtma kelib
tushgan kunning keyingi ish kunidan kechiktirmagan holda, yo‘l qo‘yilgan kamchiliklarni bartaraf
etish uchun buyurtmani vakolatli davlat organiga qaytaradi.
Vakolatli davlat organi ikki kun muddatda operator tomonidan ko‘rsatilgan barcha
kamchiliklarni bartaraf etgan holda, ushbu Nizomning 24-bandiga muvofiq
elektron shakldagi
buyurtmani takroran yuboradi.
27. Vakolatli davlat organi buyurtma berish bilan birga:
bosma va elektron ommaviy axborot vositalari orqali yer uchastkasini uzoq muddatli ijaraga
olish huquqini elektron onlayn-auksionda realizatsiya qilish to‘g‘risidagi ma’lumotlarni tarqatadi;
“YERELEKTRON” AAT orqali tuman/shahar hokimligiga, O‘zbekiston Respublikasi Savdo-
sanoat palatasiga va Adliya vazirligi huzuridagi Davlat xizmatlari agentligiga ushbu Nizomning 25-
bandida ko‘rsatib o‘tilgan hujjatlarni ilova qilgan holda, yer uchastkasi ajratilishi to‘g‘risida
buyurtma berilganligi to‘g‘risidagi ma’lumotni yuboradi.
Tuman/shahar
hokimliklari, O‘zbekiston Respublikasi Savdo-sanoat palatasi, Adliya vazirligi
huzuridagi Davlat xizmatlari agentligi jismoniy va yuridik shaxslarni auksionga keng jalb qilish
choralarini ko‘radi, jumladan, vakolatli davlat organidan olgan hujjatlarini va ma’lumotlarini
majburiy tarzda veb-saytiga auksionda qatnashishga buyurtmalar joylashtiriladigan internet jahon
axborot tarmog‘ini havola qilgan holda joylashtiradi.
28. Ekoturizmni tashkil etish uchun suv omborlarining suvni muhofaza qilish zonalari
doirasida yer uchastkasiga bo‘lgan huquqni elektron onlayn-auksion orqali realizatsiya qilish
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarori bilan belgilangan tartibda amalga
oshiriladi.
Do'stlaringiz bilan baham: