Amaldagi versiyaga o‘tish


-bob. Paxta-to‘qimachilik ishlab chiqarishi va klasterlariga berilgan maydonlarda urug‘lik



Download 75,44 Kb.
Pdf ko'rish
bet3/6
Sana18.02.2022
Hajmi75,44 Kb.
#455323
1   2   3   4   5   6
Bog'liq
Paxtachilik instituti - Vikipediya

2-bob. Paxta-to‘qimachilik ishlab chiqarishi va klasterlariga berilgan maydonlarda urug‘lik
paxta xomashyosi yetishtirishni moliyalashtirish tartibi
5. Paxta-to‘qimachilik ishlab chiqarishi va klasterlariga berilgan maydonlarda urug‘lik paxta
xomashyosi yetishtirishni moliyalashtirish ushbu Nizomga 
ilovada 
keltirilgan sxemaga muvofiq
amalga oshiriladi.
Keyingi
 tahrirga qarang.
Oldingi
 tahrirga qarang.
6. O‘zbekiston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vazirligi, “O‘zto‘qimachiliksanoat” uyushmasi
paxta-to‘qimachilik ishlab chiqarishi va klasterlari bilan birgalikda respublikada oxirgi 3 yilda urug‘lik
chigitning amaldagi sarfidan hamda kelgusi yil uchun Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar
Kengashi, viloyatlar hokimliklarining takliflariga asosan paxta xomashyosi yetishtirishning prognoz
hajmlaridan kelib chiqib, paxta-to‘qimachilik ishlab chiqarishi va klasterlarida yetishtiriladigan
urug‘lik paxta xomashyosi miqdori va navlarini aniqlaydilar va O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot
vazirligi bilan kelishgan holda har yili 1-oktabrgacha O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga
taqdim etadilar.
(6-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 16-oktabrdagi 874-sonli 
qarori
tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 16.10.2019-y., 09/19/874/3919-son)
Keyingi
 tahrirga qarang.
7. Paxta-to‘qimachilik ishlab chiqarishi va klasterlarida urug‘lik paxta xomashyosi ekiladigan
maydon hajmi, paxta yetishtirishning prognoz hajmlari va g‘o‘za navlari bo‘yicha joylashtirish
masalalari har yil 1-noyabrga qadar Hukumatning qarorida belgilanadi.
8. Paxta-to‘qimachilik ishlab chiqarishi va klasterlariga berilgan maydonlarda urug‘lik paxta
xomashyosi yetishtirishni moliyalashtirish urug‘lik paxta qiymatining 60 foizigacha Jamg‘arma
mablag‘lari hisobiga amalga oshiriladi.
9. Paxta-to‘qimachilik ishlab chiqarishi va klasterlari kredit olish uchun xizmat ko‘rsatuvchi
tijorat bankiga ariza bilan murojaat qiladi.
Arizada kredit olish uchun tayyorlangan biznes-reja ilova qilinadi.
10. Jamg‘arma bilan tuzilgan Bosh bitimga muvofiq tijorat banki paxta-to‘qimachilik ishlab
chiqarishi va klasterlarini oyma-oy kesimida moliyalashtirish uchun resurslar ajratish bo‘yicha
Jamg‘armaga ariza beradi.
11. Jamg‘arma tomonidan har oyning 5-kunigacha tijorat bankiga kredit resurslari ajratiladi.
12. Tijorat banki tomonidan paxta-to‘qimachilik ishlab chiqarishi va klasterlarini
moliyalashtirish uchun kredit resurslari ajratiladi.
13. Paxta-to‘qimachilik ishlab chiqarishi va klasterlariga:
barcha agrotexnik tadbirlarni o‘z vaqtida va to‘liq hajmda moliyalashtirish, shu jumladan,
mineral o‘g‘itlar, o‘simliklarni himoya qilish kimyoviy va biologik vositalari, yoqilg‘i-moylash
mahsulotlari, boshqa resurslar va xizmatlarni xarid qilish va joyiga yetkazib berish;
tuzilgan shartnomalarga muvofiq urug‘chilik fermer xo‘jaliklarining mehnat haqini oyma-oy
to‘lab berish va urug‘lik paxta hosili uchun to‘liq o‘zaro hisob-kitoblarni yil yakunigacha amalga


oshirish;
urug‘chilik fermer xo‘jaliklariga berilgan moddiy-texnika resurslari va xizmatlaridan maqsadli
foydalanish ustidan nazorat qilish;
zamonaviy agrotexnologiyalarni joriy etish, hosildorlik va urug‘lik paxta xomashyosi sifatini
oshirish, qishloq xo‘jaligi xodimlarini rag‘batlantirish uchun qo‘shimcha moliyaviy resurslar ajratish
yuzasidan to‘liq mas’uliyat yuklatiladi.

Download 75,44 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2025
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish