Korxona iqtisodiyoti



Download 48,55 Kb.
bet1/6
Sana13.06.2022
Hajmi48,55 Kb.
#663465
  1   2   3   4   5   6
Bog'liq
2 5357248171569321639


Korxona iqtisodiyoti” fanidan 2-oraliq nazorat uchun test savollari

1.Korxonalarda xarajatlar qanday turkumlanadi?


Nizomga muvofiq mahsulotlarni yetishtirishda qilinadigan Ushbu xarajatlar quyidagi turlarga bo‘linadi:
mahsulotning ishlab chiqarish tannarxiga kiritiladigan xarajatlar
davr xarajatlari
moliyaviy faoliyat bo‘yicha xarajatlar
favqulodda xarajat va zararlar

2. Mahsulotlarning ishlab chiqarish tannarxiga kiritiluvchi xarajatlar nechta xarajat elementidan tashkil topadi?



  • ishlab chiqarish moddiy xarajatlari;

  • ishlab chiqarish xususiyatiga ega bo‘lgan mehnatga haq to‘lash xarajatlari;

  • ijtimoiy soliq;

  • asosiy fondlar va ishlab chiqarish ahamiyatiga ega bo‘lgan nomoddiy aktivlar amortizatsiyasi;

  • ishlab chiqarish ahamiyatiga ega bo‘lgan boshqa xarajatlar.

3. Davr xarajatlari tarkibiga qanday xarajatlar kiritiladi?


Davr xarajatlari mahsulotlarni ishlab chiqarish jarayoniga bevosita bog‘liq bo‘lmay, balki xo‘jalikning faoliyatini sohalar bo‘yicha tashkil etish, ularni boshqarish, mahsulotlarni sotish bilan bog‘liq bo‘lgan xarajatlardan iboratdir.
Davr xarajatlari quyidagi turlarga bo‘linadi:
- mahsulotlarni sotish bilan bog‘liq bo‘lgan barcha xarajatlar;
- ma’muriy xarajatlar, ularga tarmoqni, korxonani boshqarish bilan bog‘liq bo‘lgan barcha xarajatlar;
- boshqa operatsion xarajatlar, jumladan, loyihalarni tuzish bilan bog‘liq xarajatlar va hokazo.

4. Korxonada boshqaruv apparati xodimlarining ish haqi xarajatlari qanday xarajatlar tarkibiga kiritiladi?


DAVR XARAJATlari
5. Korxonalarda moliyaviy faoliyat xarajatlariga qanday xarajatlar kiritiladi?
Moliyaviy faoliyat bo‘yicha xarajatlarga barcha turdagi kreditlar bo‘yicha, mol-mulkning ijara haqi to‘lovlari hamda qimmatli qog‘ozlarni chiqarish, sotish, tarqatish bilan bog‘liq bo‘lgan xarajatlar kiradi.

6. Tannarxning qanday turlari bor?


Korxonalarda mahsulotlar tannarxining quyidagi turlari aniqlanadi:
- reja tannarxi;
- ishlab chiqarish tannarxi;
- to‘liq tannarxi.

7. Mahsulotlarning ishlab chiqarish tannarxi qanday aniqlanadi?


Korxonalarda tannarx quyidagi formula yordamida aniqlanadi:
Bunda: T – mahsulot, ish yoki xizmatning
tannarxi;
X – qilingan xarajatlarning summasi;
YM – yalpi yetishtirilgan mahsulot, jami
bajarilgan ish, ko‘rsatilgan
xizmatlar miqdori.

8. To’liq tannarx qanday aniqlanadi?
Uni aniqlash uchun xarajatlarning umumiy summasi shu xarajatlar yordamida ishlab chiqarilgan mahsulot miqdoriga taqsimlanadi.
9. Korxonalarda reja tannarxi qachon hisoblanadi?
Reja tannarxi korxonalarda tuziladigan turli rejalarda aks ettiriladi. Bunda, odatda korxonada amalga oshirilishi rejalashtirilayotgan xarajatlar summasi ishlab chiqarilishi rejalashtirilayotgan mahsulot miqdoriga bo’linadi.
10. “Mahsulot (ishlar, xizmatlar) ishlab chiqarish va sotish xarajatlarining tarkibi hamda moliyaviy natijalarni shakllantirish tartibi to‘g‘risida”gi Nizom qachon qabul qilingan?
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1999-yil 5-fevraldagi 54-sonli qarori bilan tasdiqlangan «Mahsulot (ishlar, xizmatlar)ni ishlab chiqarish va sotish xarajatlarining tarkibi hamda moliyaviy natijalarni shakllantirish tartibi to‘g‘risida»gi Nizom asosida amalga oshiriladi.
11. Korxonalarda qanday xarajatlar doimiy xarajatlar tarkibiga kiradi? Doimiy xarajatlar ishlab chiqarilayotgan mahsulot hajmiga bog‘liq bo‘lmagan holda amalga oshiriladi. Masalan, ijaraga olingan asosiy vositalarga to‘lanadigan ijara haqi, asosiy vositalarning amortizatsiya summasi va boshqalar doimiy xarajatlar tarkibiga kiradi.

12. Korxonalarda o‘zgaruvchan xarajatlar tarkibiga qanday xarajatlar kiradi?


‘zgaruvchan xarajatlar ishlab chiqariladigan mahsulot hajmining o‘zgarishi bilan bevosita bog‘liqdir. Ishlab chiqariladigan mahsulotlar miqdorining ko‘payishi o‘zgaruvchan xarajatlar ko‘proq sarflanishini taqozo etadi. Ularga xomashyo, mehnatga to‘lanadigan ish haqi, elektroenergiya xarajatlari va boshqa xarajatlar kiradi
13. Investitsiya so’zi qanday ma’noni anglatadi?
Investitsiya” atamasi lotincha “invest” so‘zidan olingan bo‘lib, “pul sarf qilmoq”, “pul qo‘ymoq” kabi ma’nolarni anglatadi
14. Korxonalar faoliyatiga jalb qilingan real investitsiyaga nimalar kiradi?
Investitsiyalarni real va moliyaviy investitsiyalarga ham bo‘lish mumkin. Moddiylashgan asosiy va aylanma vositalarga sarflangan mablag‘lar real investitsiyalarni tashkil etadi. Real investitsiyalar kapital qo‘yilmalar deb ham
15. Korxonalar faoliyatiga jalb qilingan moliyaviy investitsiyaga nimalar kiradi?
Qimmatli qog‘ozlarni (aksiya, obligatsiya, sertifikat va hokazo) shakllantirishga sarflangan mablag‘lar esa moliyaviy investitsiyalar hisoblanadi.

16. Korxonalar faoliyatiga jalb etiladigan investitsiyalar maqsad va vazifasiga ko‘ra qanday turlarga bo‘linadi?


Investitsiyalar maqsad va vazifalariga ko‘ra quyidagi turlarga bo‘linadi:

ijtimoiy investitsiyalar
17. Korxonalarda sarflanayotgan kapital investitsiyalarga nimalar kiradi?
Asosiy va aylanma fondlarni barpo etishga va ularni takror ishlab chiqarishga, shuningdek, moddiy ishlab chiqarishning barcha shakllarini rivojlantirishga sarflangan investitsiyalar kapital investitsiyalar deb ataladi.

18. Korxonalarda sarflanayotgan ijtimoiy investitsiyalarga nimalar kiradi?


Inson salohiyatini, malakasini va ishlab chiqarish tajribasini oshirishga, shuningdek, nomoddiy ne’matlarning boshqa shakllarini rivojlantirishga sarflanadigan mablag‘lar ijtimoiy investitsiyalar deb ataladi
19. Korxonalarda sarflanayotgan innovatsion investitsiyalarga nimalar kiradi?
Texnika va texnologiyalarning yangi avlodini yaratish, mavjudlarini takomillashtirish va ularni o‘zlashtirishga sarflangan investitsiyalar innovatsion investitsiyalardir.

20. Korxonalarda investitsiyalarning qoplash muddati qanday aniqlanadi?


investitsiyaning qoplanish muddati. Bu ko‘rsatkich sarflangan investitsiya summasini olingan sof foydaning o‘sgan summasiga taqsimlash orqali aniqlanadi. Bunda quyidagi formulalardan foydalanish mumkin:

Investitsiyalarning qoplanish muddati imkon qadar qisqa bo‘lishi maqsadga muvofiqdir.

21. Korxonalar faoliyatiga jalb etiladigan investitsiyalarning o‘z manbalariga nimalar kiradi?


Korxonaning investitsiyalarni shakllantirishda qo‘llaniladigan o‘z mablag‘lariga quyidagilar kiradi:
- korxonaning sof foydasidan ajratilayotgan mablag‘lar;
- amortizatsiya fondidagi mablag‘lar;
- asosiy vositalarni tugatishdan, sotishdan kelib tushgan mablag‘lar;
- asosiy vositalarni ijaraga berishdan tushgan mablag‘lar;
- korxonalarning boshqa korxonalar qimmatli qog‘ozlarini sotib olishi natijasida oladigan dividendlardan ajratilayotgan mablag‘lar va boshqa shu kabilar.

22. Korxonalar faoliyatiga jalb etiladigan investitsiyalarning chetdan jalb etiladigan manbalariga nimalar kiradi?


Investitsiyalarni shakllantirishda chetdan jalb qilinadigan mablag‘larga quyidagilar kiradi:
- davlat byudjetidan ajratiladigan mablag‘lar;
- tijorat banklaridan olinadigan kreditlar;
- hamkorlardan olinadigan mablag‘lar;
- qimmatli qog‘ozlar chiqarib sotish orqali jalb etiladigan mahalliy va xorijiy korxonalar hamda fuqarolarning bo‘sh turgan mablag‘lari;
- xayriya fondlaridan, homiylar tomonidan ajratilayotgan mablag‘lar va boshqalar.

23. Innovatsiya so‘zining ma’nosi nima? Innovatsiya inglizcha so’z bo’lib, “innovation” – “yangiliklarni joriy etish” degan ma‘noni bildiradi


24. Innovatsiya tushunchasi iqtisodiyotga qachon kirib kelgan?
Innovatsiya tushunchasi iqtisodiyotga XX asr boshlarida kirib kelgan. Chexiyada tug’ilib, Avstriya va AQShda faoliyat olib borgan iqtisodchi olim Y.Shumpeter birinchilardan bo’lib innovatsiyaga oid masalalarni tadqiq etgan va innovatsion jarayonga ta’rif bergan
25. Innovatsiya tushunchasi fanga kim tomonidan kiritilgan?
Chexiyada tug’ilib, Avstriya va AQShda faoliyat olib borgan iqtisodchi olim Y.Shumpeter birinchilardan bo’lib innovatsiyaga oid masalalarni tadqiq etgan va innovatsion jarayonga ta’rif bergan.
26. Innovatsiyaning mohiyati nimadan iborat?
Innovatsiya - bu texnika, texnologiya, ishni tashkil etish yoki boshqaruvdagi samaradorlikni oshiradigan yangilikdir tadbirkorlik innovatsiyasi iqtisodiy o’sishni ta’minlab, yangi muvozanatni keltirib chiqarishi, bu esa hayot darajasini yanada yuqori standartlarga chiqishini ta’kidlagan. U innovatsiyaga iqtisodiyotni rivojlantiruvchi kuch sifatida ta’rif bergan.

27. O‘zbekiston Respublikasining “Innovatsion faoliyat to‘g‘risida”gi qonuni qachon qabul qilingan?


2020-yil 24-iyulda qabul qilingan O‘zbekiston Respublikasining “Innovatsion faoliyat to‘g‘risida”gi qonunida innovatsiyaga quyidagicha ta’rif berilgan: innovatsiya – fuqarolik muomalasiga kiritilgan yoki shaxsiy ehtiyojlar uchun foydalaniladigan, qo‘llanilishi amaliyotda katta ijtimoiy-iqtisodiy samaraga erishishni ta’minlaydigan yangi ishlanmadir.

28. Innovatsiyaning asosiy xususiyatlari nimalardan iborat? Innovatsion faoliyatning asosiy prinsiplari quyidagilardan iborat:


- innovatsion faoliyatning erkinligi;
- innovatsion faoliyatni davlat tomonidan qo‘llab-quvvatlashdan teng foydalanilishini ta’minlash;
- innovatsion faoliyatni davlat tomonidan qo‘llab-quvvatlashning oshkoraligi va aniq yo‘naltirilganligi;
- raqobatni rivojlantirishga ko‘maklashish;
- axborotni erkin almashish;
- innovatsion faoliyat natijasida yaratilgan intellektual mulk obyektlarini huquqiy muhofaza qilish;
- fuqarolarning hayoti va sog‘lig‘iga, atrof-muhitga zarar yetkazmaslik.
Innovatsiyalarning quyidagi turlari mavjud:

  • mahsulotga oid innovatsiyalar;

  • jarayonga oid innovatsiyalar;

  • marketingga oid innovatsiyalar;

  • tashkiliy innovatsiyalar.

29. Innovatsion faoliyatni davlat tomonidan tartibga solishning qanday yo’llari mavjud?



  • kredit va soliq siyosatini rag'batlantirish;

  • innovatsion faoliyat subyektlari va investorlar uchun iqtisodiy manfaatlar tizimi;

  • yangi mahsulot ishlab chiqarishni qo'llab-quvvatlash.

30. Mahsulotga oid innovatsiyalarning mohiyati nimadan iborat?


Mahsulotga oid innovatsiyalar - texnik va texnologik jihatdan yangi yoki takomillashtirilgan mahsulotni (ishlarni va xizmatlarni) ishlab chiqishga hamda joriy etishga qaratilgan innovatsiyalar.

31. Jarayonga oid innovatsiyalarning mohiyati nimadan iborat?


Jarayonga oid innovatsiyalar - texnik va texnologik jihatdan yangi yoki takomillashtirilgan ishlab chiqarish yoxud ta’lim usullarini ishlab chiqish va joriy etishga, shuningdek texnologiyalar transferini amalga oshirishga qaratilgan innovatsiyalar
32. Marketingga oid innovatsiyalarning mohiyati nimadan iborat?
Marketingga oid innovatsiyalar - mahsulotlarning dizayni va qadoqlaridagi o‘zgarishlarni qamrab oluvchi yangi yoki takomillashtirilgan usullarni joriy etishga, mahsulotni (ishlarni va xizmatlarni) sotish va taqdim etishning yangi usullaridan foydalanishga, yangi narxlash strategiyalarini shakllantirishga qaratilgan innovatsiyalar.

33. Tashkiliy innovatsiyalarning mohiyati nimadan iborat?


Tashkiliy innovatsiyalar - biznesni tashkil etish va yuritish, ish o‘rinlarini tashkil etish va tashqi aloqalarni yo‘lga qo‘yishning yangi yoki takomillashtirilgan usullarini joriy etishga qaratilgan innovatsiyalar
34. Korxonalarda tadqiqot va rivojlanish (R&D) bo’limlarining asosiy vazifasi nimadan iborat?
Tadqiqot va rivojlanish (R&D) korxonalarda innovatsiyalar va yangi mahsulot va xizmatlarni joriy etish bo'yicha faoliyatni o'z ichiga oladi. Ko'pincha bu rivojlanish jarayonining birinchi bosqichidir. Maqsad, odatda yangi mahsulot va xizmatlarni bozorga chiqarish va kompaniyaning daromadini oshirishdir.
35. Korxonalarni joylashtirish deganda nima tushuniladi?
Ishlab chiqarishni joylashtirish - bu korxonada mahsulotlarni ishlab chiqarish maqsadida mamlakat tumanlarining tabiiy-iqtisodiy va ekologik omillarini hisobga olgan holda, ularda u yoki bu turdagi mahsulotni hamda ularga ko‘rsatiladigan xizmatni mos holda joylashtirishdir. Korxonada ishlab chiqarishni joylashtirish ijtimoiy mehnat taqsimotini miqdor tomondan ko‘rsatib, mamlakat hududlarida joylashgan har bir korxona biror turdagi mahsulot yetishtirishini va ularga mos bo‘lgan xizmatni ko‘rsatishini aniqlab beradi.
36 Korxonalarni ixtisoslashtirish deganda nima tushuniladi?
Korxonalarda ishlab chiqarishni ixtisoslashtirish – bu xo‘jalik yurituvchi subyektlar faoliyatlarini, talab va taklifdan kelib chiqqan holda, mavjud resurslardan samarali foydalanib, mahsulotlarni yetishtirishga yo‘naltirishdan iboratdir. Korxonaning u yoki bu turdagi mahsulotni ishlab chiqarishdagi ishtirokini belgilab beradi.

37. Ixtisoslashuviga ko‘ra korxonalardagi tarmoqlar qanday turlarga bo‘linadi?



  • Ixtisoslashuviga ko‘ra korxonalardagi tarmoqlar asosiy, qo‘shimcha va xizmat ko‘rsatuvchi tarmoqlarga bo‘linadi.

38. Korxonalarning tarmoq tarkibi qanday aniqlanadi?
Korxonaning tarmoq tarkibi yalpi va tovar mahsuloti tarkibida alohida tarmoqlarning salmog‘i bilan tavsiflanadi va quyidagicha hisoblanadi:



Bunda: TT - tarmoq tarkibi, foizda;


TYMQ – korxona tarmoqlarida yetishtirilgan mahsulot qiymati;
KYaM – korxonaning yalpi mahsuloti qiymati.

39. Ixtisoslashtirish darajasiga ko‘ra korxonalar qanday guruhlarga bo‘linadi?


Ixtisoslashtirish darajasiga ko‘ra korxonalar quyidagi guruhlarga bo‘linadi:

  • tor ixtisosli korxonalar;

  • ixtisoslashgan korxonalar;

  • ko‘p ixtisosli (tarmoqli) korxonalar.

40. Korxonalarni ixtisoslashtirish qanday guruhlarga bo‘linadi?


Qishloq xo‘jaligi korxonasini ixtisoslashtirish ikkita guruhga bo‘linadi:

  • xo‘jalik ixtisoslashuvi;

  • tarmoq ixtisoslashuvi.

41. Xo‘jalik ixtisoslashuvi qanday turlarga bo‘linadi?


Xo‘jalik ixtisoslashuvi o‘z navbatida xo‘jaliklararo ixtisoslashuv va ichki xo‘jalik ixtisoslashuviga bo‘linadi. Xo‘jaliklararo ixtisoslashuvda bir necha mustaqil korxonalar o‘z mablag‘larini, yetarli samara bermayotgan sohani birgalikda birlashtirish orqali ishni maqsadga muvofiq tashkil etishi tushuniladi. Bunday ixtisoslashuv xo‘jaliklararo korxona sifatida namoyon bo‘ladi. Bunday korxona mas’uliyati cheklangan jamiyat, kooperativlar, hissadorlik korxonasi kabi shakllarda tashkil etilishi mumkin.

42. Korxonaning ixtisoslashuv darajasi qanday aniqlanadi?


Ixtisoslashuv darajasi tovar mahsulotlarining salmog‘i bilan tavsiflanadi va quyidagicha hisoblanadi:



Bunda: Id – ixtisoslashuv darajasi, foizda;
ATTMQ – asosiy tarmoqning tovar mahsuloti qiymati, ming so‘m;
YTMQ – yalpi tovar mahsuloti qiymati, ming so‘m.
Yalpi tovar mahsuloti qiymatinini aniqlash uchun bu barcha tarmoqlar tovar mahsulotlari qiymatlarining yig‘indisini hisoblash lozim.

43. Agar ixtisoslashuv koeffitsiyenti 0,35 dan past bo‘lsa, bu ixtisoslashuvning qanday darajasini anglatadi?


Agar ixtisoslashtirish koeffitsiyenti 0,35 dan past bo‘lsa – past darajadagi ixtisoslashuv;
44. Korxonalar faoliyatida tavakkalchilikning mohiyati nimadan iborat?
Tavakkalchilik – kelgusidagi vaziyat noaniq bo‘lgan sharoitda

Download 48,55 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish