Tizimli yerdan foydalanish tamoyillari
Davlat boshqaruvi
Yerlardan ko'p maqsadli
yo’nalishlarda foydalanish
Yer-suv munosabatlari
islohotlarining birligi
Takror ishlab chiqarishning
tugallangan shakli
Mulkchilik va huquq shakllarining
xilma-xilligi
Ishlab chiqarishning ilg’or
texnologiyalari
Xo’jalik yuritishning shakllarining
xilma-xilligi
Qishloq xo'jaligiga oid yerlarning
ustuvorligi
Iqtisodiy jihatning ustuvorligi
Yer maydonlari tarkibini
optimallashtirish
Unumdorlikni istemol qilish va
takror ishlab chiqarish
Tabiiy-iqlim sharoitiga ko’ra
rayonlashtirish
Iqtisodiy tamoyillar
Jamiyat, iqtisod va tabiatning
ta’siri
Yer va suvning bozor bahosi
Umumiy tamoyillar
Yer bozori va ijarasining amal
qilishi
Функционирование
рынка земли и аренды
Yerdan foydalanganlik uchun haq
to’lash
Yer resurslarini takror ishlab
chiqarish
Ishlab chiqarish sarf-xarajatlarini
minimallashtirish
Ishlab chiqarish jarayonida qayta
ishlab chiqarish
Yerdan samarali foydalanishni
rag’batlantirish
Agroekotizimni saqlash
142
boshqaruvi hukumat tasdiqlagan regional va mahalliy vakillar tomonidan yer
munosabatlarini tartibga solish va yerdan foydalanishni ma’muriy boshqarilishidir.
Qishloq xo‘jaligiga yo‘naltirilgan yerlarning ustuvorlik tamoyili uning ishlab
chiqarishning asosiy vositasi ekanligi, unumdor yerlarning cheklanganligi bilan
bog‘liq. Bu yerlarda aholi uchun oziq-ovqat mahsulotlari va sanoat uchun xom
ashyo, shuningdek chorvachilik uchun em-xashak ishlab chiqariladi. Qishloq
xo‘jaligiga yo‘naltirilgan yerlardan foydalanish murakkabroq huquqiy tartibga ega
bo‘lib, maxsus himoya qilinadi. Qishloq xo‘jaligi oborotidan yerlarning olib
qo‘yilishi man etiladi va maxsus qonunchilik aktlari bilan belgilab qo‘yiladi.
Hududlarni rayonlashtirish tamoyili qishloq xo‘jaligiga yo‘naltirilgan
yerlarni ijtimoiy-iqtisodiy va ekologik sharoitlarga ko‘ra diffyerensiatsiyalash,
shahar va posyolka hududlarini yerlardan foydalanish maqsadlariga muvofiq
ravishda zonalarga ajratilishini nazarda tutadi. Yerlardan samarali va ratsional
foydalanishda, qishloq xo‘jaligi ishlab chiqarishini ixtisoslashtirishda regionning
ijtimoiy, iqtisodiy shart-sharoitlari (uning yer, suv, mehnat resurslari bilan
ta’minlanganligi, ishlab chiqarishni tashkil etish saviyasi, qishloq xo‘jaligi ishlab
chiqarishi infratuzilmasining rivoji, ekologik vaziyat) muhim rol o‘ynaydi.
Jamiyat va tabiat, shu jumladan, yerning o‘zaro ta’siri tamoyili biosferaning
umumiy tizimi tarkibiga kiruvchi mustaqil va o‘zaro bog‘liq tuzilmalarning
uyg‘unligini ta’minlashdan iborat. Biosfera o‘z-o‘zini tartibga soluvchi tizim
bo‘lgani bois, tabiatga, shu jumladan, yer resurslariga antropogen bosim
ko‘rsatilishi biosferaning o‘zini takror tiklash qobiliyatini yo‘qotmasligi kerak.
Yerdan foydalanishning iqtisodiy tamoyillariga quyidagilar kiritilgan:
-
yerdan foydalanishning iqtisodiy jihatining ustuvorligi;
-
yerni takror ishlab chiqarish davrining tugallanganligi;
-
yer-suv munosabatlarini isloh qilinishining birligi;
-
yerdan foydalanish, yer va ekin maydonlari tarkibini optimallashtirish;
-
qishloq xo‘jaligi ekinlarini etishtirish takomillashtirilgan texnologiyalarining
qo‘llanilishi;
143
-
yer resurslaridan ishlab chiqarish yoki noishlab chiqarishda iste’mol
qilishning ob’ektiv zarurati;
-
yer resurslarini takror ishlab chiqarish sarf-xarajatlarini minimallashtirish;
-
tuproq unumdorligini qishloq xo‘jaligi ishlab chiqarishi jarayonida takror
tiklash;
-
yerlarni va sug‘orish suvlarini baholashning bozor iqtisodiyoti uslublarini
ishlab chiqish;
-
yer bozori va ijara huquqining faoliyat yuritishi;
-
haq to‘lash evaziga yerdan foydalanish;
-
yerlardan samarali foydalanishni iqtisodiy rag‘batlantirish.
Yerdan foydalanishning iqtisodiy jihatining ustuvorligi tamoyili yerdan
foydalanishning asosiy maqsadi – jamiyatning tinimsiz ortib borayotgan
ehtiyojlarini qondirish uchun imkon qadar ko‘proq moddiy va boshqa ne’matlarni
ishlab chiqarishni ta’minlashga bog‘liq. Yerdan foydalanishning iqtisodiy
samaradorligi yerdan foydalanuvchining daromadi va foydalanilgan yerni takror
ishlab chiqarishni moliyalashtirishning hosil qiluvchi manbaidir. Ushbu jihat
yerdan foydalanishning iqtisodiy mohiyatini ifodalaydi va yerdan foydalanish
tizimining iqtisodiy asosidir.
Yer resurslarini takror ishlab chiqarish davrining tugallanganlik tamoyili
yerdan foydalanish jarayoni davrlik xususiyatini ifodalaydi. Yerni takror ishlab
chiqarishning to‘liq davri uch bosqichni o‘z ichiga oladi, u tugallangan va
tugallanmagan bo‘lishi mumkin. Tugallanmagan davr samarador bo‘lmay, keyingi
davrining samarali amalga oshirilishi uchun kerakli sharoitni yaratmaydi. Yerdan
tizimli foydalanishda tugallangan davr qo‘llaniladi.
Yer-suv resurslari munosabatlarini isloh qilish birligi tamoyillari
sug‘oriladigan yerlardan foydalanishda yer munosabatlarini o‘zaro bog‘liq isloh
qilishni nazarda tutib, yer va sug‘orish suvidan birgalikda samarali foydalanishni
ta’minlaydi.
144
Yerdan foydalanish tarkibini, yer maydonlarini va ekinzorlar tarkibini
optimallashtirish tamoyili yer resurslaridan oqilona foydalanishning bir yillik rejasi
asosida maksimal umumiy samaradorlik olishni belgilaydi; yer tarkibini
optimallashtirish dinamik xarakterga ega, chunki u kengaytirilgan takror ishlab
chiqarishda jamiyatning moddiy ne’matlarga bo‘lgan ehtiyojining ta’siri ostida yil
sayin o‘zgarib boradi. Qishloq xo‘jaligi ekinlariga ishlov berishning
takomillashgan texnolgiyalari tamoyili tuproqni takror ishlash, urug‘larni
rayonlashtirish, ekishning optimal muddatlarini aniqlash, o‘simliklarni o‘g‘itlash,
sug‘orish, hosilni yig‘ishtirishning kam sarf-xarajat bilan maksimal hosil olish
imkonini beruvchi usullarini o‘z ichiga oladi.
Yer resurslarini ishlab chiqarish va noishlab chiqarish iste’moli tamoyili
yerdan foydalanishni – tabiiy jarayon, iste’mol qilingan resursni takror ishlab
chiqarishni esa – uzluksiz davom etib, har yili ma’lum sarf-xarajatni talab etadigan
ob’ektiv zaruriy jarayon deb qaraydi.
Yerdan barqaror foydalanishning muhim tamoyili agroekologik tizimni
saqlab qolishdir. Yerdan foydalanish usullari ekotizimning o‘zini takror tiklashi
uchun imkoniyatlar yaratishi kerak. Agroekotizimlarning mavjudligi tuproq
xususiyatlarini sezilarli darajada yaxshilaydi, yer mahsuldorligining ortishiga
zamin hozirlaydi.
Yer resurslarini takror ishlab chiqarish sarf-xarajatlarini imkon qadar
kamaytirish tamoyili agroxo‘jalik va meliorativ tadbirlarning uyg‘unlikda va
optimal muddatlarda amalga oshirilishini nazarda tutadi.
Bevosita ishlab chiqarish jarayonida tuproqning unumdorligini takror ishlab
chiqarish tamoyili yerdan foydalanishda tuproqning unumdorligini tiklaydigan
kerakli agroxo‘jalik usullarini qo‘llashni nazarda tutadi (tuproq unumdorligini
takror tiklovchi beda va boshqa shu turdagi o‘simliklarni ekish). Qishloq xo‘jaligi
shudgor (avvalo, sug‘oriladigan) yerlarining oborotdan chiqarib yuborilmasligi,
mahsulotni ishlab chiqarish hajmining qisqartirilmasligi uchun eng muhim
tadbirlardan biri sanaladi.
145
Yer va suvning narx ko‘rinishida baholanish tamoyili bozor munosabatlari
taraqqiyoti sharoitida ob’ektiv va ishonchli bo‘lib, yerdan foydalanish jarayoniga
bozor munosabatlarining kiritilishi, uning samaradorligi (sub’ektiv me’yoriy
usullarga nisbatan) oshishiga ko‘maklashadi.
Yer bozorining va yer ijarasi huquqining mavjudligi tamoyili ipoteka rivoji,
kreditlarni erkin berilishi, yerdan yaxshiroq foydalanish va ko‘proq samaradorlikka
erishish, yer maydonlarini yaxshilashga katta hajmdagi investitsiyalarni
yo‘naltirish maqsadida yerga egalik yoki ijara huquqini kuchli tadbirkorlik
salohiyatiga ega shaxslarga berishni ta’minlaydi.
Haq to‘lash evaziga yerdan foydalanish tamoyili yer resurslarining xalq
boyligi sifatidagi mohiyatini amalga oshirish, undan samaraliroq foydalanishga
rag‘batlantirish zaruratidan kelib chiqadi. Yer solig‘i va ijara to‘lovlari, yerlarni
takrorrib olishda to‘lanadigan tovon pulini o‘z ichiga oladi. Yerning sifati, qulay
joylashuviga qarab to‘lovlar to‘lanishi yerga mulkchilikning iqtisodiy mohiyatini
amalga oshiradi, shuningdek yerdan foydalanishning samaradorligini oshirishda
rag‘batlantiruvchi ahamiyatga ega.
Yerdan samarali foydalanayotgan tadbirkorlarni iqtisodiy qo‘llab-quvvatlash
tamoyili yer maydonlarida davlat yoki mahalliy byudjet hisobiga turli agroxo‘jalik
va meliorativ tadbirlarning o‘tkazilishi, shuningdek turli imtiyozlarning taklif
etilishi (imtiyozli yer solig‘i, kredit, qo‘shimcha yer maydonlari)ni o‘z ichiga
oladi.
Ko‘rib chiqilgan tamoyillar yerdan foydalanishning barqaror tizimining
iqtisodiy asoslarini uning tarkibiy qismlari va yerdan ratsional, samarador
foydalanish jihatlariga muvofiq tarzda to‘liq aks ettiradi. Ularni kompleks tarzda
amaliyotga tatbiq etilishi yer resurslaridan foydalanishning yuqori samaradorligi va
yer resurslarining takror ishlab chiqarilishini ta’minlaydi.
Do'stlaringiz bilan baham: |