Alq ta’limi tizimida psixologik xizmatning maqsad va vazifalari. Reja: Psixologik xizmatning xorijda rivojlanishi



Download 27,53 Kb.
bet1/2
Sana01.01.2022
Hajmi27,53 Kb.
#294915
  1   2
Bog'liq
1mavzu matn


  1. MAVZU: XALQ TA’LIMI TIZIMIDA PSIXOLOGIK XIZMATNING MAQSAD VA VAZIFALARI.

REJA:

1. Psixologik xizmatning xorijda rivojlanishi.

2. Psixologik xizmatning O’zbekistonda rivojlanish tarixi.

3. Psixologik xizmat predmeti.

4. Psixologik xizmat maqsadi, mazmuni, obyekti.

5. Nizomning asosiy bo’limlari.

Psixologik xizmat AQShda 1800 yillardan boshlab rivojlana boshladi. AQSh ning birinchi amaliyotchi psixologlari o’z-o’zini tarbiyalash muammosini o’rgangan eksperimental psixologlar edilar. Amerika maktablarida aqliy taraqqiyot koeffisentini aniqlash keng tarqalib, keyinchalik «Gaydens» xizmatining rivojlanishiga olib keldi.

Fransuz maktab psixologiyasining otasi Alfred Bine bo’lib, u bu sohada 1894 yildan boshlab ish boshlagan. 1905 yilda Fransiya ta’lim vazirligi Binega umumiy dastur bo’yicha o’qiy olmaydigan bolalarni tekshirish muammosi bilan murojaat qiladi va shu tariqa aqliy taraqqiyotda orqada qolgan bolalarni ajratadigan Bine-Simon testi yaratildi.

1990 yilda Fransiyada maktab psixologik xizmati tashkil etiladi. 1970 yilda Fransiyada psixologik-pedagogik yordam guruhlari psixologik xizmatning asosiy turini tashkil etadi. Bunday guruhlar maktab psixologiyasi bo’yicha bir mutaxassis, ta’lim psixologiyasi bo’yicha bir mutaxassis, psixomotor rivojlanish bo’yicha bir mutaxassisni o’z ichiga oladi. Bunday brigada 800-1000 o’quvchiga xizmat qiladi, bir maktabda joylashib, bir necha maktabga xizmat qilishi mumkin.

1985 yilda Fransiya pedagogik psixologlarining funksiyalari aniqlab berildi. Pedagogik psixolog shaxsning har tomonlama rivojlanishi uchun qo’lidan kelgan barcha ishlarni qilishi kerak, bunda u bu ishlarga o’qituvchilarni va ota-onalarni ham jalb etishi mumkin. Pedagogik psixolog o’z ishida lozim topsa, maktab va oila tarbiyasiga qarshi chiqishi mumkin, deb maxsus ta’kidlangan.

Ko’pchilik Sharqiy Yevropa mamlakatlarida maktab psixologik xizmati tuman yoki viloyat psixologik-pedagogik markazlari shaklida tashkil etilgan. Masalan, 1980 yilda Chexoslavakiyada tarbiya masalalari bo’yicha modda maktab to’g’risidagi qonunga kiritildi. Psixologik xizmatning asosiy mazmuni - sog’lom shaxsning o’sishini ta’minlash, shaxs rivojlanishidagi turli qiyinchiliklarni korreksiya qilish, kasb tanlash muammolaridir.

Chexoslavakiyadagi psixolog maslahatchining asosiy funksiyasi psixodiagnostik faoliyatdan iboratdir.

Sobiq sovet psixologiyasida bolalar tarbiyasi va ta’limida psixologiyadan foydalanish borasida urinishlar pedologiya doirasida vujudga keldi. Pedologiya rivojlanayotgan va o’sayotgan shaxsning barcha biologik va ijtimoiy xususiyatlarini qamrab oluvchi fandir. 1936 yilda pedologik qarashlarini to’xtatish haqida qaror qabul qilindi, shu bilan birga rus psixologlari amalga oshirayotgan bola psixologiyasidagi ijobiy izlanishlar ham to’xtab qoldi. Faqat 60 yillarning oxiriga kelib, psixologlarning maktab ishida amaliy ishtirok etishi qayta tiklandi.

Eston psixologlari «tarbiyasi qiyin» o’smirlar uchun maxsus maktablarda ish olib bordilar. 1984 yilda Moskvada SSSR FA psixologiya institutida «SSSR da psixologik xizmat muammolari bo’yicha I umumittifoq anjumani bo’lib o’tdi. Anjumanda maktabda psixologik xizmat seksiyasi ham ish olib bordi.

Sobiq sovet Ittifoqida birinchi bo’lib Estoniyada 1975 yilda maktabda psixologik xizmat tashkil etildi (rahbari X.I.Liymets, Yu.L.Sыerd bo’lib, tarbiyasi qiyin o’smirlar uchun maxsus maktablarda ish olib bordilar). Rossiyada 1982 yilda maktablarda psixolog shtati ochildi. Rossiyada I.V.Dubrovina psixologik xizmatning rivojlanishiga ulkan ulush qo’shgan, u ushbu mavzuda doktorlik dissertasiyasini yoqlagan va bir qancha asarlar muallifidir.

1989 yilda O’zbekistonda amaliyotchi psixologlarning yetishmasligi sababli Nizomiy nomli TDPUda amaliyotchi psixologlar tayyorlash fakulteti ochildi. O’zbekistonda psixologik xizmatning rivojlanishida M.G.Davletshin, E.G’.G’oziyev, B.R.Qodirov, G’.B.Shoumarov, V.M.Karimova, Sh.R.Baratov,E.N.Sattarov, F.S.Ismagilova, Z.T.Nishanova, N.S.Safoyev, F.I.Haydarov, S.X.Jalilova va boshqalar hissa qo’shganlar. 1998 yilda Sh.R.Baratov “Ta’lim tizimida va ishlab chiqarishda psixologik xizmatni tashkil etishning psixologik xususiyatlari” mavzusida doktorlik dissertasiyasini yoqlagan.

Psixologik xizmatni 3 nuqtai nazardan qarab chiqish mumkin:



  1. Ilmiy nuqtai nazar.

  2. Tashviqot nuqtai nazar.

  3. Amaliy nuqtai nazar.

Faqat mana shu nuqtai nazarlarning birligigina psixologik xizmat predmetini tashkil etadi.

Ilmiy nuqtai nazar psixologik xizmatning metodologik muammolarini ishlab chiqishni nazarda tutadi. Bu yo’nalish ijrochilarining asosiy funksiyasi maktab psixologik xizmatida ishning psixodiagnostik, psixokorreksion va rivojlantiruvchi metodlarini ishlab chiqish va nazariy asoslashga bag’ishlangan ilmiy tadqiqotlarni o’tkazishdan iborat.

Tashviqot nuqtai nazari xalq ta’limi xodimlarining psixologik bilimlardan foydalanishni nazarda tutadi. Bu yo’nalishda asosiy harakatlantiruvchi shaxslar bo’lib, pedagoglar, metodistlar, didaktlar maydonga chiqadi.

Xizmatning amaliy nuqtai nazarini maktab psixologlari amalga oshiradilar, ularning vazifasi - u yoki bu aniq vazifani hal qilish uchun ota-onalar, o’qituvchilar, sinf jamoasi, bolalar bilan ish olib borishdan iborat.

Hozirgi bosqichda psixologik xizmat faoliyatining 2 yo’nalishi: dolzarb va kelajak yo’nalishlari mavjud. Dolzarb yo’nalish o’quvchilar ta’lim tarbiyasidagi qiyinchiliklar, ular xulq-atvoridagi, muloqotdagi va shaxsi shakllanishidagi buzilishlar bilan bog’liq muammolarni hal qilishga qaratilgan.

Kelajak yo’nalishi har bir bola individuallgini rivojlantirishga, jamiyatda yaratuvchanlik hayotiga psixologik tayyorlikni shakllantirishga qaratilgan. Psixolog pedagogik jamoa faoliyatiga har bir o’quvchi shaxsi garmonik rivojlanish imkoniyatlari haqida asosiy psixologik g’oyani olib kiradi. Ikki yo’nalish ham bir-biri bilan bog’liq.

Kollejlardagi va akademik liseylardagi psixologik xizmat o’rta maxsus ta’limining zaruriy tarkibiy qismidir. Bu xizmatning zaruriyligi kollej va akademik lisey ehtiyojlaridan kelib chiqadi. Har bir o’quvchida hayotga ijodiy munosabat va individual xususiyatlarning taraqqiyotini ta’minlaganligini psixologik xizmat to’g’ri tashkil etilgan deyish mumkin.

Psixolog o’zining inson xulq atvori va psixik faoliyati, psixik taraqqiyotning yosh qonuniyatlari xaqidagi kasbiy bilimlariga, ularning o’quvchilar va kattalar, tengdoshlari bilan o’zaro munosabat xususiyatlariga, o’quv – tarbiya jarayonini tashkil etishga bog’liqligiga tayanib, bolaga individual yondashuv imkoniyatlarini ta’minlaydi, uning qobiliyatlarini aniqlaydi, normadan chetlashishlarning bo’lishi mumkin bo’lgan sabablarini psixologik-pedagogik korreksiya qilish yo’llarini aniqlaydi. Bu bilan psixologik xizmat maktabda o’quv tarbiya ishining mahsuldorligini oshirishga, ijodiy faol shaxsni shakllantirishga imkon beradi.

Psixologik xizmat uch asosiy bo’g’indan tuzilgan:

1) Aniq o’quv muassasasida ishlaydigan bolalar amaliy psixologi

2) Tuman xalq ta’limi qoshidagi tashhis markazi.

3) Respublika kasb-hunarga yo’naltirish va psixologik-pedagogik tashhis markazi.

Psixologik xizmat xodimlari barcha muammolarni hal qilishda bolani har tomonlama va garmonik rivojlanish vazifalariga va uning qiziqishlariga tayanadidlar. Amaliyotchi psixolog o’z faoliyatini pedagogik jamoa va ota-onalar bilan yaqin aloqada amalga oshiradilar. Psixologik xizmat o’z faoliyatida tibbiy, defektologik va boshqa xizmat turlari bilan, bola tarbiyasida yordam ko’rsatuvchi jamoachilik xodimlari bilan yaqin aloqada ish olib boradi. Barcha mutaxassislar bilan munosabat tenglik asosida va fikrlarning bir-birini o’zaro to’ldirishi asosida quriladi.

O’rta maxsus, kasb-hunar tizimidagi psixologik xizmatning maqsadi-shaxsning har tomonlama garmonik kamoloti, to’laqonli psixologik taraqqiyotni ta’minlovchi qulay shart-sharoitlar yaratishdan iboratdir.

Psixologik xizmatda tadqiqot va ta’sir o’tkazish obyekti maktabgacha yoshdagi bolalar, o’quvchilar, maxsus o’quv yurti va oliy maktab, kollej talabalari, o’quvchilar, ota-onalar bo’lib hisoblanadi, ularni alohida yoki guruhiy shaklda tadqiq qilish mumkin.

Psixologik xizmatning mazmuni:

a) psixoprofilaktika,

b) psixologik maorif va ma’rifat,

v) psixodiagnostika,

g) psixik rivojlanitirish va psixokorreksiya,

d) psixologik konsultasiya.

Psixologik xizmat haqida Nizom 1996 yil Xalq ta’limi Vaziri J.G’. Yo’ldoshev tomonidan tasdiqlangan. 2001 yilda bu Nizomga o’zgartirish kiritildi.

Psixologik xizmat metodlari turli tuman bo’lishi mumkin:

a) xalq ta’limi va o’rta maxsus kasb-hunar ta’limi xodimlari, o’quvchilar, talabalar bilan ma’ruzalar turkumi va trenning mashg’ulotlari o’tkazish va aholining psixologik madaniyatini o’stirish maqsadida, b) ilmiy ommabop adabiyotlarni yaratish va ularni tarqatish, v) ommaviy axborot vositalarida chiqishlar, g) psixodiagnostik tadqiqotlar o’tkazish, metodikalar ishlab chiqish (test savol varaqasi, tajriba, kuzatish, suhbat va boshqalar), d) psixologik maslahat berish, ye) pcixologik konsiliumlar o’tkazish, j) ta’lim va tarbiya beruvchi dasturlardan foydalanib psixodrama, psixokorreksion treninglarni amalga oshirish, z) psixologik tadqiqot obyektining psixologik xususiyatlarini hisobga olgan holda o’quv dasturi, o’quv tarbiya rejalarini tahlil qilish va hokazolar.




Download 27,53 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish