Alpomish” dostonining qiyosiy tadqiqi (umir shoir safarov varianti misolida) reja: ishning umumiy tavsifi


Tadqiqotchining maqomi va qabul qilingan sanasi



Download 54 Kb.
bet2/4
Sana29.05.2022
Hajmi54 Kb.
#614894
1   2   3   4
Bog'liq
Asosnoma-Maxliyo

Tadqiqotchining maqomi va qabul qilingan sanasi: magistrant 1.12.2021-yildan


Ishning davlat dasturlari yoki ilmiy-tadqiqot ishlari rejalari bilan bog‘liqligi. Tadqiqot Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat O‘zbek tili va adabiyoti universiteti O‘zbek adabiyoti tarixi va folklor kafedrasida qilinayotgan izlanishlar rejasining tarkibiga kiradi.
Mavzuning dolzarbligi: Mavzuning dolzarbligi. O’zbek xalqi boy merosga ega. Adabiy merosimizning asosiy qismini xalq og’zaki ijodi tashkil qiladi. Og’zaki poetik ijodning badiiy jihatdan mukammali va hajman yirigi o’zbek xalq dostonlaridir. O’zbek xalq dostonlari o’zbek folklorshunosligida ilmiy ko’lamda fanning nazariy yo’nalishi bo’yicha tadqiq qilingan bo’lsa ham ularni ta‘lim tizimida o’rganish, ayniqsa, umumiy o’rta ta‘lim maktablari darsliklarida o’qitish uslubiyati monografik yo’nalishda o’rganilmagan. Shu sababli xalqimiz ma‘naviyati, qadriyati, urf-odatlari, yashash tarzi bilan bog’liq xalq dostonlarini umumiy o’rta ta‘lim maktablarida o’rganish va bu sohada biror ilmiy innovatsion texnologiya joriy qilish bugungi kun adabiyot o’qitish metodikasining dolzarb masalalaridan sanaladi. Xalq og’zaki ijodiyotining gultoji bo’lgan Alpomish dostonidan ayrim parchalarning umumiy o’rta ta‘lim maktab darsligiga kiritilishi yosh avlodni ona Vatanga, ajdodlar qadriyatiga sadoqat, milliy urf-odatlarimizga muhabbat ruhida tarbiyalashga xizmat qiladi. Zero, birinchi Prezidentimiz I.A.Karimovning Alpomish dostonining 1000 yilligi munosabati bilan o’tkazilgan bayram tantanalarida aytgan quyidagi fikrlari barchamiz uchun dasturulamal bo’lib xizmat qiladi: Alpomish dostoni bizga insonparvarlik fazilatlaridan saboq beradi. Odil va haqgo’y bo’lishga, o’z yurtimizni, oilamiz qo’rg’onini qo’riqlashga, do’st-u yorimizni, or-nomusimizni, ota-bobolarimizning muqaddas mozorlarini har qanday tajovuzdan himoya qilishga o’rgatadi. Ma‘lumki, 1993-yildan O’zbekistondagi umumiy o’rta ta‘lim maktablarida adabiyot fani bo’yicha yangi dastur asosida o’quv mashg’ulotlari uyushtirilmoqda. 1999-yildan Respublika Vazirlar Mahkamasi Kadrlar tayyorlash Milliy dasturi‖ asosida akademik litsey va kasb-hunar kollejlarini ochish haqida qaror qabul qildi. Mazkur qarorning hayotga tatbiq etilishi natijasida xalq og’zaki poetik ijodi kursini alohida nazariy kurs sifatida o’rganish masalasi amalga oshmoqda. Bu esa bo’lajak adabiyot o’qituvchisiga o’zbek xalq og’zaki poetik ijodini bo’lg’usi yosh mutaxassis sifatida mukammal o’rganish mas‘uliyatini yuklaydi. Birinchidan, O’zbekiston Respublikasining fuqarosi sifatida og’zaki ijod janrlari va asoslarini o’rganadi va shu asosda milliy mafkura tamoyillarini egallaydi. Ikkinchidan, bir necha yildan so’ng umumiy o’rta ta‘lim maktablarida adabiyot fani bo’yicha ta‘lim beradigan o’qituvchi sifatida og’zaki ijod namunalarini tahlil etish, badiiy asarlar mohiyatini o’quvchilarga tushuntira olish ko’nikmasini hosil qiladi. Umumiy o’rta ta‘lim maktablari o’quv dasturiga kiritilgan xalq dostonlarini o’qitish yuzasidan olib borilgan o’quv-uslubiy ishlar tahlili ularning umumiy yoki xrestomatik yo’nalishda yoritilganligidan dalolat beradi. Bugungi kun ta‘lim tizimida ro’y berayotgan global o’zgarishlar esa xalq dostonlarini maxsus va har tomonlama o’rganishni taqozo qiladi. Zero, xalq dostonlari xalqimiz tarixi, milliy ma‘naviyatining o’zagini tashkil qilar ekan, yosh avlodni ta‘lim va tarbiyasida o’ziga xos o’ringa egadir. Birinchi Prezidentimiz ta‘kidlaganidek: … inson o’zini anglagani, nasl-nasabini chuqurroq bilgani sari yuragida Vatanga muhabbat tuyg’usi ildiz otib, ulg’aya boradi. Bu ildiz qanchalik kerak bo’lsa, tug’ilib o’sgan yurtga muhabbat ham shu qadar yuksak bo’ladi‖. Mamlakatimiz mustaqillikka erishganidan buyon boshqa ko’plab sohalarda bo’lgani kabi ta‘lim sohasida ham bir qator ijobiy islohotlar amalga oshirilmoqda.
Xalq dostonlarining sara namunasi bo’lgan ― Alpomish dostoni xalqimizning bebaho ma‘naviy boyligi hisoblanib, yosh avlodni komil inson qilib shakllantirishda muhim tarbiyaviy vosita bo’lib xizmat qiladi. Shu sababli o’rta maktab o’quv dasturiga kiritilgan xalq og’zaki ijodi janrlarini chuqur va har tomonlama o’rganish bir tomondan, o’quvchilarga xalqimiz tarixi, ma‘naviyati va og’zaki ijodiga bo’lgan qiziqishni uyg’otsa, ikkinchi tomondan ajdodlar kabi yurtga, Vatanga, xalqiga bo’lgan mehr-muhabbatni yanada kuchaytiradi. Atoqli xalq baxshisi Fozil Yo’ldosh o’g’lidan yozib olingan Alpomish dostoni xalqimizning ana shunday noyob adabiy meroslaridan biridir.

Download 54 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish