Reja Kirish………………………………………………………………………….......3 «Aloqabank ” Aksiyadorlik Tijorat Banki Namangan filliali XKXKM faoliyati bilan tanishish……………………………………………..……………….................5
“Aloqabank ” Aksiyadorlik Tijorat Banki Namangan fillialining bo`limlarida xujjatlar qog`oz va elektron shaklda aylanishi bilan tanishish………..........................11
“Aloqabank ” Aksiyadorlik Tijorat Banki Namangan fillialining mijozlarga kreditlar berish tartibi bilan tanishish…………………………………......................19
“Aloqabank” Aksiyadorlik Tijorat Banki Namangan fillialining avtomatlashtirilgan ish joylari va ularning tashkil etilishi…………………………...28
“Aloqabank ” Aksiyadorlik Tijorat Banki Namangan fillialida interaktiv bank xizmatlaridan foydalanish amaliyoti bilan tanishish………………………………....33
Xulosa…………………………………………………………………….............38
Kirish
Har qanday mamlakat iqtisodiyotining tayanadigan asosiy ustunlardan biri bo‘lib moliyaviy jihatdan mustahkam va barqaror faoliyat ko‘rsatuvchi bank tizimi hisoblanadi. Har bir mustaqil davlatning ijtimoiy - iqtisodiy rivojlanish darajasi va kelajakdagi taraqqiyoti avvalo mazkur mamlakatda barpo etilgan va muntazam ravishda takomillashtirilib boriladigan bank tizimining faoliyatiga bog‘liqdir. O‘zbekiston Respublikasining bugungi iqtisodiy muhiti tijorat banklari faoliyatida mavjud muammolarning oldini olib, respublikamiz bank ishining samaradorligini oshirish asosida, xalqaro bank amaliyotiga mos keluvchi tijorat banklari xizmatlarini yaratish va mijozlarning ularga bo‘lgan ehtiyojini to‘la qonli qondirish mexanizmini yaratishni taqozo etadi.
Rivojlanish davlat dasturlarini shakllantirish tartibini yanada takomillashtirish, loyihalarni moliyalashtirish va tanlab olishning samaradorligi va shaffofligini ta’minlash, shuningdek, 2017-2021 yillarda O‘zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo‘nalishi bo‘yicha Harakatlar strategiyasida belgilangan vazifalarga muvofiq: markazlashtirilgan manbalar mablag‘lari hisobidan moliyalashtiriladigan, shu jumladan, hududlar va iqtisodiyot tarmoqlarini rivojlantirish bo‘yicha loyihalarni O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan tasdiqlanadigan O‘zbekiston Respublikasining rivojlanish davlat dasturlari asosida amalga oshirish tartibini joriy etiladi1. O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi O‘zbekiston Respublikasining rivojlanish davlat dasturlarini moliyalashtirish jamg‘armasini tashkil etish haqidagi takliflari qabul qilingan.
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev bank tizimini isloh qilish va banklarning moliyaviy barqarorligini mustahkamlash, hududlar va tadbirkorlikni rivojlantirishda tijorat banklari rolini oshirish masalalariga bo`yicha ma`ruzasida “Kredit ishlab chiqarish va infratuzilmani rivojlantirish, tadbirkorlik faoliyatini qoʻllab-quvvatlashda zarur manba hisoblanadi. Boʻsh mablagʻlarni jalb qilib, ularni kredit sifatida tadbirkor va investorlarga taqdim etadigan tijorat banklari iqtisodiy jarayonlarda muhim oʻrin tutadi.
Bu borada koʻrilgan tizimli choralar natijasida oxirgi ikki yilda banklar tomonidan investitsiya loyihalarini kreditlash koʻlami sezilarli darajada kengayib, kredit portfeli hajmi 3,2 barobar oshdi. Hududlarni rivojlantirish dasturlari doirasida 6 ming 400 ta loyiha uchun 27 trillion soʻmlik kredit ajratildi.” Deb ta`kidlab o`tildi2