Aloqabank Aksiyadorlik Tijorat Banki Namangan filliali xkxkm faoliyati bilan tanishish


Aloqabank ” Aksiyadorlik Tijorat Banki



Download 88,74 Kb.
bet13/13
Sana03.06.2022
Hajmi88,74 Kb.
#633559
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   13
Bog'liq
Aloqa bank Hisobot 2022

Aloqabank ” Aksiyadorlik Tijorat Banki Namangan fillialida interaktiv bank xizmatlaridan foydalanish amaliyoti bilan tanishish

Hayotimizda zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalarining o‘rni tobora ortib borayotgani bir sharoitda axborotlardan tezkor xabardor bo‘lish, turli interaktiv xizmatlardan foydalanish ehtiyoji tobora ortib bormoqda. Bank xizmatlari qo‘lamini kengaytirish, mijozlarga qulaylik yaratish maqsadida zamonaviy talablarga javob beruvchi interaktiv xizmat turlari amaliyotga tatbiq etilmoqda.
Xususan, aksiyadorlik tijorat Xalq banki tomonidan olib borilayotgan keng ko‘lamli ishlar ham mijozlarga turli qulayliklar yaratmoqda. Bugungi kunda bank tomonidan “Internet banking”, “Uyali Pul”, “SMS informer”, “Elektron reyestr” kabi interaktiv xizmat turlari joriy qilinib, fuqarolarga tez va sifatli xizmat ko‘rsatib kelmoqda. “Internet banking” xizmati orqali bankning yuridik mijozlari internetdan o‘z hisob raqami harakatini nazorat qilishi va to‘lovlar o‘tkazishi mumkin bo‘lsa, “Uyali Pul” interaktiv xizmati orqali fuqarolar uyida yoki hohlagan joyidan turib shaxsiy hisob raqamlaridagi mablag‘laridan to‘lovlarni on-layn ravishda amalga oshirishlari mumkin.
Bundan tashqari, “SMS informer” xizmati orqali bankning yuridik mijozlari mobil telefoni orqali hisob raqami holatini va harakatini nazorat qilib borishlari mumkin bo‘ladi.
“Elektron reyestr” xizmatida Ish beruvchi korxona va tashkilotlar fuqarolarning jamg‘arib boriladigan pensiya ta’minoti tizimiga o‘tkazilgan badallar bo‘yicha reyestrlarni Internet orqali “nps” dasturiga on-layin tarzda elektron ko‘rinishda taqdim etimshlari mumkin. Bundan tashqari, iyun oyidan boshlab fuqarolarning jamg‘arib boriladigan pensiya ta’minoti tizimi bo‘yicha Xalq banki va Moliya Vazirligi o‘rtasida alohida aloqa kanali (VPN kanali) o‘rnatilib, ma’lumot almashinuvi yo‘lga qo‘yildi.
Ta’kidlash joizki, “Kliring” axborot tizimida “Munis” moduli bank tarmoqlari tomonidan qabul qilingan chakana to‘lovlarni (real vaqt) on-layn rejimida xizmat ko‘rsatuvchi korxonalarga o‘tkazib berilishini ta’minlaydi. Bugungi kunda bankning barcha filiallari Markaziy bankning “Kliring” tizimiga ulanish uchun telekommunikatsiya vositalari bilan to‘liq butlandi va Markaziy bankning “Banklararo universal netting axborot tizimi” (“MUNIS”) banklararo to‘lov tizimiga ulanib, on-layn rejimida ishlashi yo‘lga qo‘yildi.
Interaktiv xizmatlardan foydalanuvchi mijozlar soni 2019 yilning 1 dekabr holatiga 28405 tani tashkil etdi. Shundan, “Internet banking” xizmatidan foydalanuvchilar soni 3215 ta, “SMS informer” xizmatidan foydalanuvchilar soni 14263 nafarga yetgan bo‘lsa, jismoniy shaxslar uchun interaktiv xizmatlardan “Uyali Pul” billing tizimi foydalanuvchi mijozlar soni 10927 taga yetdi.
Ayni vaqtda tadbirkorlik sub’ektlariga kredit olish uchun buyurtmalarni elektron tarzda yuborish imkonini beradigan dastur ustida ish olib borilmoqda...
Xulosa qilib aytganda, bank tomonidan bunday yangi, jozibador xizmatlarni taklif qilinishi aholining bank tizimiga bo‘lgan ishonchini yanada mustahkamlanishiga, ularning bank xizmatlaridan to‘laroq foydalanib, o‘z turmush sharoitlarini yaxshilab olishlariga xizmat qilmoqda.
2019-yil 27-mart kuni poytaxtimizdagi “O‘zekspomarkaz” majmuida “Uzbekistan Industrial exhibitions – 2019” – Xalqaro sanoat ko‘rgazmalari o‘z ishini boshladi. Unda dunyoning 14 mamlakatidan tashrif buyurgan 150 dan ziyod kompaniyalar qatorida Aloqabank ham faol qatnashmoqda. 
Metallurgiya – "UzMetalMashExpo", avtosanoat – "UzTechTransExpo", tog‘-kon sanoati – "UzMiningExpo", xavfsizlik – "UzSecureExpo" va kimyo sanoati – "UzChemPlastExpo" kabi iqtisodiyotning muhim tarmoqlarini bir maydonda birlashtirgan ushbu ko‘rgazmalarda mazkur sohalarga doir eng so‘nggi texnologik uskuna va jihozlar namoyish etildi. Aloqabank ekspozitsiyasida kreditlar, shu jumladan, xorijiy kredit liniyalar tashrif buyuruvchilar e’tiborini tortmoqda.
Ta’kidlash joiz, Aloqabank ning tashqi iqtisodiy faoliyati dunyoning to‘rt qit’asidagi 17 ta moliyaviy institut hamda iqtisodiy jihatdan eng taraqqiy topgan 22 mamlakat eksport-kredit agentliklarini qamrab olgan. Sredit Suisse, Raiffeisen Bank International AG, Commerzbank, KFW Ipex-Bank, Berliner Sparkasse of Landesbank Berlin AG, «ODDO BHF» hamda Turkiya va Koreya Eksimbanklari shular jumlasidandir.
Bank stendidan, shuningdek tadbirkorlik sub'yektlariga mo‘ljallangan interaktiv xizmatlar to‘g‘risida ma’lumot beruvchi turli axborot va tarqatma materiallarga ham keng o‘rin berilgan.
Qayd etish joizki, xalqaro sanoat ko‘rgazmalarini tashkil etishdan ko‘zlangan asosiy maqsad mamlakatimizning xorijiy davlatlar bilan savdo-iqtisodiy hamkorligini yanada rivojlantirish, uzoq muddatli moliyaviy-iqtisodiy aloqalarni yo‘lga qo‘yish hamda eksport salohiyatini yuksaltirishga munosib hissa qo‘shishdan iboratdir. 
Aloqabank yirik tarmoqlardagi loyihalarni moliyalashtirishda o‘z imkoniyatlarini kengaytirmoqda.
2019-yil 22-aprel kuni poytaxtimizdagi Milliy matbuot markazida Aloqabank tomonidan iqtisodiyotning yirik tarmoqlaridagi loyihalarni moliyalashtirish borasida belgilangan chora-tadbirlar, erishilgan natija va muammolar yechimiga bag‘ishlangan matbuot anjumani tashkil etildi.
Aloqabank faoliyatidagi strategik vazifalar mamlakatimizda amalga oshirilayotgan iqtisodiy islohotlarga hamohang tarzda olib borilmoqda.
Xususan, iqtisodiyot real sektorini modernizatsiyalash, yirik ishlab chiqarish ob'yektlarini barpo etish va ularning barqaror faoliyat yuritishini ta’minlashda bank hissasi yildan yilga oshib bormoqda. Bank tomonidan moliyalashtirilayotgan loyihalarning aksariyati davlatimiz rahbarining bevosita hududlarga amalga oshirayotgan tashriflari davomida tasdiqlanayotgan bo‘lsa, ayrimlari hukumat miqyosidagi qarorlar hamda dasturlarda aks etmoqda. E’tiborlisi, mazkur sa’y-harakatlar xorijiy ekspertlar tomonidan yuqori baholanib, bank xalqaro miqyosdagi nufuzini oshirishga omil bo‘lmoqda.
Darhaqiqat, tijorat banklarining iqtisodiyot real sektorini kreditlashdagi faoliyati yangi ishlab chiqarishlarni yo‘lga qo‘yish, faoliyat ko‘rsatayotgan korxonalarni texnik va texnologik yangilash hamda shuning asnosida iqtisodiyotning barqaror va dinamik o‘sishini ta’minlab, yangi ish o‘rinlarining barpo etilishiga munosib hissa qo‘shmoqda. Prezidentimizning 2018-yil 21-dekabrdagi “Tijorat banklarining moliyaviy barqarorligini ta’minlash, faoliyati samaradorligini oshirish va kredit siyosatini takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarori esa moliya muassasalarining ushbu yo‘nalishdagi faoliyatini yanada kuchaytirdi.
Bugungi kunda Aloqabank tizimida iqtisodiyotning yirik tarmoqlaridagi loyihalarni moliyalashtirish mazkur qarorda qayd etilgan vazifalar doirasida keng ko‘lamda amalga oshirilmoqda. Xorijiy kredit liniyalari faol jalb qilinib, moliyaviy imkoniyatlari oshirilmoqda, kredit portfelini taqsimlashda yuqori samarali loyihalarga katta e’tibor qaratilmoqda. Biznes jarayonlarni avtomatlashtirish, shu jumladan, korporativ mijozlarga mo‘ljallangan masofaviy xizmatlarni yangilash ishlari kuchaytirilmoqda.
Katta ishlab chiqarish (yoki xizmat ko‘rsatish)ga ega korxonalarning loyihalari Aloqabank ning o‘z mablag‘laridan tashqari chet el moliya muassasalari kredit liniyalari hisobidan moliyalashtirilmoqda.
Bunda Yevropaning Sredit Suisse (Shveytsariya), Raiffeisen Bank International AG (Avstriya), Landesbank Baden-Wuerttemberg, Commerzbank, ODDO BHF, KFW Ipex-Bank (Germaniya), Gazprombank, «AK BARS Bank» (Rossiya), «Shinhan Bank» (Janubiy Koreya), shuningdek, Xitoy, Turkiya va Janubiy Koreya Eksimbanklari bilan hamkorlik yo‘lga qo‘yilgan. Osiyo taraqqiyot banki mablag‘laridan esa Bank asosan Davlat investitsiya dasturlaridan o‘rin olgan loyihalarni moliyalashtirishda foydalanmoqda.
Bundan tashqari, bugungi kunda bankimiz tomonidan ishlab chiqarish ob'yektlarining atrof-muhitga zararli ta’sirini kamaytirish va energiya tejamkorligini oshirishga qaratilgan “Green banking” tizimi asosida moliyalashtirish mexanizmlarini joriy etishga tayyorgarlik ko‘rilmoqda.
Yirik tarmoqlardagi loyihalarni moliyalashtirishda bank qoshida tashkil etilgan Investitsiya faoliyatini muvofiqlashtirish va loyihalarni boshqarish markazi faoliyati alohida ahamiyatga egadir. Markazda mahalliy tadbirkorlar va chet ellik investorlarga “Yagona darcha” tamoyili asosida ham texnik, ham moliyaviy tomonlama “kredit supermarketi” sifatida xizmatlar ko‘rsatilmoqda.
Aloqabank tomonidan korporativ mijozlar uchun joriy qilingan zamonaviy interaktiv xizmatlar xususida to‘xtalinib, 24/7 rejimida ishlovchi onlayn bank hamda “Korporativ internet-banking” dasturi mahsuli bo‘lgan xorijiy valyutani onlayn buyurtmanoma asosida sotib olish imkonini beruvchi xizmatlar sanab o‘tildi. Mijozlarga masofadan xizmat ko‘rsatishga mo‘ljallangan “Korporativ internet banking” va “UzPSB Mobile Business” dasturlari ham yangi xizmatlarga mos ravishda takomillashtirib borilayotgani qayd etildi.

Xulosa.


Bugun mamlakat moliya-bank tizimidagi hamma o‘zgarishlarga zudlik bilan moslashish, mijozlarning o‘sib borayotgan ehtiyojlaridan doimo xabardor bo‘lish va ularni hisobga olish zarur.
Bankning istiqboldagi rivojlanishi islohotlarning quyidagi asosiy yo’nalishlariga qaratiladi:
- maksimal darajada mijozga yo’naltirilganlik, bunda bank o’zining har bir mijozining moliyaviy xizmatlarga bo’lgan ehtiyojlarini maksimal darajada qondirishga va shu bilan birga mijoz munosabatlarining har bir to’plamidan olinadigan daromadni ko’paytirishga intiladi;
- biznesni diversifikatsiyalash va yangi bank mahsulotlarini tatbiq etish, bank foydasida salmoqli hissaga ega tayanch biznes yo’nalishlarini aniqlash;
- bankning passiv bazasi tuzilmasida korporativ mijozlar ulushini ko’paytirish, faol baza tuzilmasida – yuqori daromadli tarkibiy qismlarni – aholiga va kichik biznes sub’ektlariga kreditlarni ko’paytirish;
- bankdagi jarayonlarni optimallashtirish, bu boshqarish darajasini oshiradi, xarajatlarni kamaytiradi, mijozlarga xizmat ko’rsatish sifatini yaxshilaydi; jarayonlarni optimallashtirish asosiy biznes jarayonlarni qayta ko’rib chiqishni va ish usullarini keng miqyosda ma’lum bir shaklga keltirishni nazarda tutadi.
Shu bilan bir vaqtda, bankning bugungi kundagi faoliyati ayrim kamchiliklar bilan bog`liq, ularni bartaraf etmasdan, uning rivojlanish salohiyatini amalga oshirish to’g`risida gapirish mumkin emas. Shular jumlasiga quyidagilarni kiritish mumkin:
- bankning raqobat sohasidagi eng muhim ustunliklaridan foydalanishda past darajadagi samaradorlik: sotish tarmoqlari va mijozlar bazasi, bu mijozlar bilan ishlash yetarli darajada tashkil etilmaganligi va sotish salohiyatining yetarli darajada rivojlanmaganligi bilan bog`liq;
- avtomatlashtirilgan bank tizimi, u zamonaviy talablarga javob bermaydi;
- xalqaro moliyaviy institutlar bilan yo’lga qo’yilgan aloqalarning va hamkorlikning yetarli darajada emasligi;
- mijozlarga xizmat ko’rsatish sifatini nazorat qilishning murakkablashtirilganligi, amaliyot xavfining oshishi va filiallar tarmoqlarining yanada rivojlanishi munosabati bilan amaliyot chiqimlarining ko’payishi.
Zamonaviy taraqqiyot jarayonlari iqtisodchi kadrlardan makroiqtisodiy nazariya va eng zamonaviy makroiqtisodiy konsepsiyalar bilan yaxshi tanish bo‘lishini, makroiqtisodiy tahlil malakasiga, nazariy bilimlarni amaliyot bilan bog‘lash ko‘nikmalariga ega bo‘lishni talab etadi. SHu sababli ham makroiqtisodiy jarayonlarning kechishi qonuniyatlarini, makroiqtisodiy muammolarni, makroiqtisodiy siyosat yuritgan holda ularni echish yo‘llarini turli modellar vositasida mantiqiy izchillikka amal qilgan holda o‘rganish dolzarb vazifadir.
Mamlakat iqtisodiyoti rivojlanishini tahlil qilish, milliy iqtisodiyot rivojlanishidagi muammolarni aniqlash hamda uni yanada rivojlantirish bo‘yicha chora-tadbirlar ishlab chiqarish uchun bir qator iqtisodiy ko‘rsatkichlardan foydalaniladi.


1 Ўзбекистон Республикасини янада ривожлантириш бўйича Ҳаракатлар стратегияси тўғрисида

2 Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev 2018 yildagi 22 noyab “Bank tizimini takomillashtirish to`g`risida”gi ma`ruzasi


Download 88,74 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   13




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2025
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish