Diqqatning turlari:
Diqqatning yuzaga chiqish mexanizmlari juda murakkab va ularning ko`rinishi, turlari ham turlichadir. Diqqatning turli ko`rinishlari va mexanizmlarining umumiyligi asosida ularning turli turlari farqlanadi.
Shaxsning o`z oldiga diqqatni biror ob’ektga qaratishni maqsad qilib qo`yishi va irodaning ishtirokiga ko`ra uch xil diqqat farqlanadi.
Ixtiyorsiz diqqat: Biz diqqatimizni qaratishni maqsad qilib qo`ymagan paytimizda psixik faoliyatning biror ob’ektga yo`naltirilishi va to`planishiga IXTIYoRSIZ DIQQAT deyiladi. Ko`pincha faoliyatning maroqliligi, qiziqarliligi yoki kutilmaganda favquloddaliligi diqqatni o`ziga tortadi, odamni o`ziga jalb qiladi.
Ixtiyorsiz diqqatni yuzaga keltiruvchi sabablar. Ixtiyorsiz diqqatni yuzaga keltiruvchi sabablar juda xilma-xil va bir-biriga bog’lanib ketgan. Biz ularni shartli ravishda bir-biridan ajratamiz va tahlil qilamiz.
Do'stlaringiz bilan baham: |