Davomi… - Dinshunos olim D.M.Ugrinovichning fikricha dinning ijtimoiy roli uning turli davrlarda jamiyatda tutgan o’rni bilan belgilanadi, chunki zamon va jamiyatda sodir bo’ladigan o’zgarishlarda din ta’sirining darajasi va mavqyei turlicha bo’lishi mumkin. O’rta asrlardagi feodal jamiyatida din jamiyat hayotining hamma soholarini o’z ta’siriga tutgan va ijtimoiy munosabatlarda diniy normalarni qonunlashtirilgan. Osiyoning ayrim mamlakatlarida (Eron, Saudiya Arabistoni) din avvalgidek odamlar hayotida mustahkam mavqyega ega. Kishilar xulq-atvori va ijtimoiy institutlar faoliyatida ta’sir yetkazib turadi. Yevropa va Amerika mamlakatlarida esa sekulyarizasiya jarayoni tufayli dinning roli o’zgargan. Din jamiyatning ko’p sohalaridan xoli bo’lgan va faqat kishilar ma’naviy xatti-harakatlarining sababini ifoda etuvchi omildir1.
Davomi… - Taniqli amerikalik faylasuf va sosiolog E.Fromm o’zining «Psixoanaliz va din» nomli asarida dinning ijtimoiy, uning gumanistik va avtoritar tamoyillariga e’tibor bergan. Birinchisiga dastlabki buddaviylik, daosizm va Isoi Masehning ta’limotini taaluqli deb topgan. Uningcha, Budda xudo emas, balki ulug’ ustozdirkim «Uyg’onib», ison borligining haqiqatini birinchi bo’lib anglagan. U g’ayri tabiiy kuch nomidan emas, balki aql nuqtai nazaridan har bir kishiga murojaat qilib, o’qtiradiki o’z aqlu farosati bilan haqiqatni bilishiga shaxsan intilsin. Shu bois, Nirvana konsepsiyasi ojiz va gunohkor odam holati bo’lmasdan, insonning to’liq uyg’ongan, o’zligini anglagan 25 holati hisoblanadi. Shuning uchun, buddaviylikda ilohiylikdan ko’ra, insoniylik tamoyillari kuchliroqdir2.
Davomi… - Dinning insonparvarlik (gumanistik) tamoyili yoki funksiyasi, shubhasiz insonni ma’naviy-ruhiy shakllantirish orqali amalga oshadi. Bu jihatdan islom ta’limoti ham o’zining insonparvarlik tamyoili bilan jahon dinlari tizimida alohida mavqyega ega. Islomning gumanistik tamoyili uning muqaddas kitobi Qur’oni Karim va hadisda ifodasini topgan. Islom, uning gumanistik g’oyalari inson va jamiyatni ma’naviy poklanishiga yo’l ochadi. Zero, uning ta’limotida ezgulik va insoniylikka da’vat etuvchi, inson ruhiyatiga ta’sir qiluvchi boy va sermazmun o’gitlar bisyor. Jumladan, Yurtboshimiz I.A.Karimov islom dini haqida bunday deb yozgan edilar: «Islom dini… biz uchun ham imon, ham axloq, ham diyonat, ma’rifat ekanligini unutmaylik
Do'stlaringiz bilan baham: |