SAMARQAND VILOYATIDAGI ZIYORATGOHLAR
Samarqand — afsonaviy shahar, har bir joy, koʻchalar, havzalari oʻz tarixiga ega. Samarqand — jahonning eng qadimiy shaharlaridan biri. Rim, Afina, Vavilonlarning tengdoshidir. O‘tmishning shoirlari va tarixchilari uni chinakam «Sharq jannatmakon bog‘i», «Yer yuzi», «Sharq olamining bebaho durdonasi», «Jahon mamlakatlarning bezagi», «Sharqning Rim kabi shahri»… va hokazolar kabi go‘zal o‘xshatishlarni bejiz bag‘ishlamagan edilar.
Samarqand vujudga kelgan Zarafshon daryosi vodiysining tabiiy mo‘l-ko‘lligi «Avesto» ning muqaddas she‘rlarida maqtalgan edi. Eramizdan avvalgi 1-ming yillikning o‘rtalarida yunon manbalari Samarqand shahri haqida nomini Marokand shaklida aytib o‘tganlar, o‘rta asrlar davrida qadimiy Samarqandning xarobalari Afrosiyob deb nomlanadigan bo‘ldi.
Do'stlaringiz bilan baham: |