Allayarov A. I. O’rmonov H. B. O‘zbekistondagi ziyoratgoh obidalar



Download 7,76 Mb.
bet4/166
Sana25.01.2022
Hajmi7,76 Mb.
#409292
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   166
Bog'liq
O\'zbekistondagi ziyoratgoh obidalar (risola) o1 (2)

ZIYORAT ODOBI VA UNING TURLARI

Avvalo, niyatni to‘g‘rilamoq, ixlos bilan, xolis Alloh uchun ziyorat qilmoq lozim. Ziyorat paytida tahoratli bo‘lish sunnatdir. Ziyoratga borganda quyidagi hadisda kelgan duoni aytish lozim. Abu Hurayra roziyallohu anhudan rivoyat qilinadi: “Nabiy sollallohu alayhi vasallam maqbaraga keldilar va: “Assalomu alaykum dora qavmim-mu’miniyn. Va innaa inshaallohu bikum lahiqun”, dedilar”. (Abu Dovud va Nasaiy rivoyat qilishgan).

Qisqa muddat bo‘lsa ham dunyo mashg‘ulotlarini tark etib, oxiratni o‘ylamoq, ziyoratgohda viqor bilan, sokin yurmoq, qabr ahllariga salom bermoq, tik turib duo qilish (Nabiy sollallohu alayhi vasallam Baqi’ga chiqqanlarida shunday qilganlar), "Yasin" surasini o‘qishi, bo‘lmasa, "Ixlos" surasini o‘n bir marta  yoki bilgan surasini o‘qib savobini o‘tganlarga atash, mo‘minlarning yaxshi sifatlarini esga olish, ziyoratdan qaytishda behad sokin bo‘lish ziyorat odoblaridandir.

Hanafiy mazhabi bo‘yicha, qabrlarni ziyorat qilish erkak va ayollarga mandubdir. Boshqa mazhablar, ayollarning qabrlarni ziyorat qilishi joiz emas, deganlar. Qabr ziyorati juma, shanba, dushanba va payshanba kunlari bo‘lgani yaxshi. Ziyorat va duo tik turgan holda bo‘ladi. Ziyoratchi «Yasin» surasini qiroat qilishi mandubdir. Ma’qal ibn Yasar roziyallohu anhudan rivoyat qilinadi:  «Rasululloh solallohu alayhi vasallam: «O‘liklaringizga «Yaasiyn»ni qiroat qiling», – dedilar». (Ahmad, Ibn Moja, Abu Dovud va  Hokim rivoyat qilishgan).

Shuningdek, «Fotiha» surasi, «Baqara» surasining avvalidan «muflihun»gacha, «Oyat al-Kursiy» oyatini, «Amanarrasulu»ni, «Naba’a» surasini, «Takaasur» surasini, «Falaq» hamda «Naas» surasini uch martadan va «Ixlos» surasini uch, yetti yoki o‘n bir marta o‘qisa ham, yaxshi bo‘ladi. Qiroatning savobini o‘tganlarga bag‘ishlab duo qilinadi.

Ziyoratgohga erkak va ayollar alohida-alohida tartib va navbat bilan kirishlari lozim. Ayollar sipo kiyingan bo‘lishi, avrat joylari, jumladan, boshi, ko‘kragi, oyoq va qo‘llari yopinchiqlar bilan to‘silgan holatda bo‘lishi, shuningdek, kiyimlari o‘zgalar e’tiborini tortmasligi maqsadga muvofiqdir.

Ziyorat vaqtida qabr toshlarini o‘pish, ularni silab yuz-ko‘zga surtish, qabr atrofini aylanib tavof qilish, u yerda sham yoqish, biror maqsadni ko‘zlagan holda ziyoratgoh hududidagi daraxt yoki yog‘ochlarga latta parchalarini bog‘lash, maqbara, qabr va me’moriy ishnootlarning devorlariga turli xil yozuv yoki niyat so‘zlarini yozish qat’iyan man etiladi. Bunday harakatlar shirk va gunoh amallar hisoblanadi. Alloh taolo shirk amallarni kechirmaydi.

Ziyoratgohda qabrlar yonida suratga tushish, qabrlarni bosish, ularning ustiga o‘tirish, bu joylarda baland ovozda gapirish, kulish, shovqin solish yoki boshqalarga salbiy ta’sir ko‘rsatuvchi nojo‘ya harakatlarni qilish aslo mumkin emas. Maqbara yoki qabrlar atrofida taom pishirish, tanovul qilish, musiqa eshitish, uxlab dam olish, spirtli ichimliklar ichish va tamaki mahsulotlarini chekish qati’yan man etiladi.

Ziyorat qilinayotgan muhtaram zot yoki qabr ahllari Allohning bandalaridan biri. Undan biror madad yoki najot so‘rash, unga atab jonliq so‘yish katta gunoh va shirk amallari hisoblanadi. Bunday amallar ziyorat qilishdan kutilayotgan savoblarni ketkazadi. Jonliq Allohga atab so‘yiladi va savobi marhumlar va qabristonda dafn etilgan azizlarga baxshida etiladi. Qabr ustiga pul sochish mumkin emas. Ehson va sadaqa pullarini maxsus xayriya qutilariga tashlash talab etiladi. Ziyorat amallarini tugatgandan keyin sokin va vazmin holatda ziyoratgohdan chiqib ketiladi. Chiqish vaqtida qabrga ta’zim qilinmaydi.

Keyingi paytlarda to‘y kuni kelin-kuyovlarning ziyoratgohlarda sayr qilishi urfga aylanib bormoqda. To‘yga kelgan ayollar, ayniqsa, kelinning dugonalari o‘ta ochiq kiyimlarda aziz avliyolar maqbarasida yurishi joizmi? Shariatimizda qabriston, ulug‘ zotlarning maqbaralari kabi joylarni ziyorat qilish odoblari va unga oid hukmlar batafsil bayon etilgan. Kelin-kuyov yoki boshqa shaxslarning, xususan ayollarning shariati talabiga zid holatda ziyorat qilishi dinimizda taqiqlangan.

Erkaklarning qabrlarni ziyorat qilishlari borasida ulamolar barchalari ittifoq bo‘lishgan. Lekin ayollarning ziyorati haqida jumhur ulamolar makruh sanashgan. Hanafiy mazhabi ulamolari esa makruh emas, deyishgan va bunga mana bu hadisni dalil qilib oladilar.

Sulaymon ibn Burayda otasidan rivoyat qiladi: “Nabiy sollallohu alayhi vasallam: “Sizni qabrlarni ziyorat qilishdan qaytargan edim. Batahqiq, Muhammadga onasini ziyorat qilishga izn bo‘ldi. Bas, u (qabr)larni ziyorat qiling. Albatta, ular oxiratni eslatadi”, dedilar”.

Ulamolarimiz “Qabrlarni ziyorat qilish erkaklar uchun joiz bo‘lganidek, agar fitna xavfi bo‘lmasa, oxiratni eslab, o‘limdan ibrat olish uchun ayollar ham ziyoratga borsalar joiz. Agar ziyorat safar masofasida bo‘lsa, unda, albatta, mahram bo‘lishi shart” deyishgan .

Rasululloh sollallohu alayhi vasallam va boshqa payg‘ambarlarning qabrlarini ziyorat qilish esa bundan mustasno. Ayollar o‘zlarini yurayotgan yo‘llarida biror qabr uchratsalar uning haqqiga duo qilishlari mumkin.

Demak, ayollar dod solib yig‘lamasdan, sabrsizlik qilmasdan va noshar’iy xatti-harakatlar qilmasdan, toharatli holda, shariat talablariga muvofiq libosda bo‘lsalar va bid’at ish qilmay, xafalikni yangilamay ziyorat qilsalar, bo‘ladi.

Ibn Obidiyn hanafiy rohimahulloh aytadi: “Bizning mazhabdagi to‘g‘ri fikrga ko‘ra, shuningdek, Karhiy va boshqa ulamolarimiz aytishicha, qabrlarni ziyorat qilish erkagu ayolga joizdir” (“Hoshiyati Ibn Obidiyn”, 2/626).

Shuni eslatib o‘tish lozimki, ayol kishining qabrlarni ziyorat qilishi deganda yaqin qarindoshlar yoki yoru birodarlar haqqiga duo qilish uchun ularning qabrini ziyorat qilishi, shuningdek, ibrat olish va oxiratni eslash maqsadida har qanday qabrlarni ziyorat qilish nazarda tutilgan. Ammo avliyo yoki solih insonlardan biron manfaat tilab yoki biron zararni daf qilish maqsadida ularning qabrlarini ziyorat qilish shariatimizda harom qilingan shirk amal sanaladi.2

Ziyorat qilishni quyidagi turlarga ajratish mumkin:



  1. Muqaddas qadamjo va qabrlarni ziyorat qilish;

  2. Bemorlarni ziyorat qilish;

  3. Qarindoshlarni ziyorat qilish.


Download 7,76 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   166




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish