Bemorlarni ziyorat qilish. “Sizdan birovingiz kasal ko’rishga borsa, u bilan qo’l berib ko’rishsin va qo’lini bemorning peshonasiga qo’yib ahvolini so’rasin, unga shifo va uzoq umr tilasin. Va undan o’zining haqqiga ham duo qilishini so’rasin. Zero, kasal kishining duosi farishtalarning duosi kabidir”. Johiriydan (r.a.) Kasalni ziyorat qilishning eng afzali uning yonidan tezroq turib ketishdir.
Jobirdan (r.a.) Bir kishi kasal ko’rishga borsa, kasalning yonida o’tirguniga qadar rahmat daryosiga g’arq holda boradi va u yerda rahmatga ko’miladi.
Jobirdan (r.a.) Bir odam bemor birodarini faqat Alloh roziligi uchun ko’rishga borsa, Alloh u haqda shunday deydi: "Juda yaxshi qilding. Borishing ham chiroyly bo’ldi. Jannatda o’zingga bir manzil tayyorlading". Abu Hurayradan (r.a.)5
Kasal ko‘rishning ham o‘z odoblari bor, ular quyidagilar:
Odobda bo‘lishlik. Masalan, eshikni asta qoqish, xonaga kirgach hammayoqqa alang-jalang qilib razm solmaslik.
Ziyorat uchun bemorga qulay bo‘ladigan vaqtni e’tiborga olishlik.
Bemorga tabassum bilan salom berishlik. Qo‘l berib ko‘rishiladi. Agar bemor xavfli yuqumli kasallik bilan og‘rigan bo‘lsa, quchoqlashilmaydi.
Shirinsuxanlik va samimiyat bilan suhbat quriladi. Ziyoratchi bemordan hol so‘rashi, o‘zining umidbaxsh so‘zlari bilan uning dardini yengillatishga, diliga shodlik olib kirishga harakat qilmog‘i lozim. Uni bezovtalantiradigan, kayfiyatini tushiradigan noxush narsalardan gapirmasligi kerak.
Bemor o‘rnidan turolmaydigan kasal bo‘lsa, bosh tomonida o‘tirib, qo‘lini uning peshonasiga qo‘ygan holda, hol-ahvol so‘raydi.
Ziyoratchi kasaldan “tuzukmisiz?”, “ahvolingiz qanday?”, “o‘zingizni qanaqa his qilyapsiz?” kabi savollar bilan hol so‘rashi ham mashru’dir.
Kasal ko‘rgani kelgan kishi bemorga Fotiha, Ixlos, Falaq va Nos suralari bilan dam solib, uning haqqiga duo qilish.
7. Ziyoratchi bemorning huzurida juda uzoq o‘tirib qolmasligi lozim. Ammo bemorning o‘zi ziyoratchini yaxshi ko‘rganidan, u bilan ko‘proq suhbatlashgisi kelganligidan yana biroz qolishini iltimos qilsa sharoit taqozosi bilan uzoqroq o‘tirsa bo‘ladi.
8. Ziyoratchi bemorning sog‘ayishga bo‘lgan umidini kuchaytirishi, ushbu musibatida sabr bilan bezanishga chorlashi va umidsizlikdan qaytarishi lozim.
9. Bemorga taskin berishi, albatta sog‘ayib ketishi va Alloh xohlasa hali ko‘p yashashi haqida gapirib ko‘nglini ko‘tarishi lozim.
10. Ziyoratchilar bemor huzurida shovqin-suron ko‘tarmasliklari, bir-birlari bilan talashib-tortishmasliklari lozim.
11. Yuqumli kasalga mubtalo bo‘lgan kishi boshqa birovni – xoh u bemor bo‘lsin, xoh sog‘lom bo‘lsin – ziyorat qilishdan saqlanishi lozim.
12. Imkoni bo‘lsa qo‘lidan kelganicha sovg‘a-salom qilishlik.
13. Bemordan o‘z haqqiga duo qilishini so‘ramoqligi ham mustahab amallardan sanaladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |