4.Kimyo fanining hozirgi zamon muomolarini hal qilishdagi o’rni
Barcha fanlar kabi kimyo fani ham o’z tarixi davomida Insonyatga yirik muomolarni hal etib beishda asosiy, ilmiy amaliy yordam berib keldi. Yani katta tarixiy yo’lni bosib o’tdi.
Yildan yilga fan-texnika rivojlanishi bilan bir qator muomolar yuzaga kelmoqda. Hozirgi zamonda insoniyat hal etishi kerak bo’lgan yirik muomolarni yechishda kimyo fani ham o’z hissasini qo’shmoqda.Yechimimni topishda kimyo fani bevosita o’z hissasini qo’shadigan zamonaviy muomolr quydagilar:
— Yer yuzida insonlarning ko’payishi ularni oziq-ovqat bilan ta’minlash muomosini keltirib chiqarrmoqda. Bu muomoni yechishda qishloq ho’jaligi mahsulotlarini qayta ishlash sanoati va kimyo fani salmoqli o’rin tutadi. Shu bilan birgalikda kimyo fani yangi qishloq ho’jaligi ekinlari zarar kunandalarga qarshi kurash vositalari, o’g’tlar, ekinlarning o’sishini tezlashtiruvchi stimulyatorlar, toza sifatli tabiiy va sun’iy oziq-ovqat mahsulotlarini ishlab chiqarishni yo’lga qo’yadi.
Toza ichimlik suvi ishlab chiqarish va suv osti dunyosidan to’g’ri va oqilina foydalanib, oziq-ovqat mahsulotlari o’g’itlar, mineral moddalar, osh tuzi, metallar, brom va yod olish muomolarini yechish, ichimlik suvi tanqisligi kuchayib borayotgan bir vaqtda, okean, dengiz, ko’l suvlaridan chuchuk suv olish muomosini hal etish.
Ilmiy tadqiqotlar: Kimyo fani sohasida hal etilishi kerak bo’lgan fundamental muomolar: kimyoviy reaksiyalar (fotosintez natijsida glyukozaning kraxmal yoki sellyulozaga aylanishi), ayrim katalitik reaksiyalarning mexanizimi, kristallarning o’sishi, quyosh sistemasi va koinotdagi jarajyonlar, mikrozarrachalar, yadro reaksiyalari va yadro tarkibining o’zgarishi bilan bog’liq muomolarni hal etish. Biokimyoviy jarayonlarni o’rganishda yangi kimyoviy moddalar va usullarni qo’llab modda almashinuvi mexanizimi, fikirlash va irsiyat, dorivor moddalarning organizimga ta’sirini kimyoviy talqinining turlarini ochib berish. Yangi energiya manbalarini yaratish. Neft va gaz mahsulotlarini qayta ishlash sanoatini takomillashtirish, yangi texnologiyalarni o’zlashtirish va yaratish, tosh ko’mir asosida olinadigan, zahiralari tugab borayotgan neft va gaz mahsulotlarini o’rnini to’ldira oldigan yadro energiyasidan foydalanish, Quyosh va suvdan enegiya manbai sifatida foydalanish muomolarini hal etiish. Yangi kimyoviy modda va materiallarni yaratish. Kishilar turmush darajasini oshirish va ularning ehtiyojlarini to’laroq qondirish uchun turli yangi bezarar kompozitsion polimer, yarim o’tkazgich, o’ta yuqori o’tkazuvchan va keramika mahsulotlarini ishlab chiqarish, yangi dorivor moddalarni ularning tabiiy manbalari (osimlik va hayvonot dunyosi) ajratib olish, sintez qilish va hayotda qo’llash.
Atrof-muhitni himoya qilish bilan bo’g’liq muomolar: atmosfera, gidrosfera, yer va yer yuzasini zaharli moddalar bilan ifloslanishining oldini olish, chiqindisiz texnologiyalarni yaratish, ozon qatlamining buzilishi, radioktiv moddalar bilan zaharlanishning oldini olish choralarini ishlab chqish.
O’zbekistonda kimyo sanoatining istiqbollari kattadir. Ozbekiston prizidenti I.A.Karimov узининг "O’zbekiston XXI-asr bo’sag’asida " asarida XXI-asrda zararsiz, chiqindisiz yangi texnologiyalarni yaratish, xalqning turmush darajasini oshirish va xalq ho’jaligi ehtiyojlarini qondirish maqsadida, sanoatni rivojlantrish muomolariga ahamiyat berdi. Polimer moddalar ishlab chiqarish bo’yicha respublikamiz tutganmuhim o’rinni ta’kidalab o’tdi. Respublika o’zining istiqbollarini gaz qazib chiqarish sanoati, tabiiy gaz kondensatini ishlab chiqarish va qayta ishlash bilan bo’g’lashini aytib o’tdi. Masalan “Sho’rtan gaz” kimyo kompleksida olinuvchi etilen va akrinilonitril- nitron tolasini olish uchun ishlatish mumkin. I.A.Karimov shuningdek kompozitsion polimer materiallar, shu jumladan, polimer kaprolaktam, yuqori sifatli paxta sellyulozasi, astetat tolalar ishlab chiqarish va qayta ishlashning ekologik jihatdan xafsiz bo’lgan texnologiyalarini yaratish muomosining muhimligiga alohida e’tibor berib o’tdi. Yuqoridagi muomolarni hal etish, xalq hojaliginig kimyoviy mahsulotlarga bo’lgan ta’labini qondirishda muhim ahamiyat kasb etadi.
Foydalanilgan adabiyotlar: Mardanov Abdulxayeva “Kimyo,” Xomchenko “anorganik kimyo, internet ma’lumotlari asosida “Wikipedia" saytidan olindi
1
2
Olmos (1) va grafit (2) uglerodnining allatropik shakl o’zgarishlari bo’lib bir-biridan kristall panjarasining tuzulishi bilan farqlanadi.
Fosforning allatropik shakl o’zgarishlari (oq, qizil, sariq va qora fosfor.)
Kulrang va oq Qalay
Do'stlaringiz bilan baham: |