Allaqulova nodiraning


Boshlang„ich sinflarda ot mavzusini o„tish metodikasi



Download 0,54 Mb.
bet2/2
Sana20.07.2022
Hajmi0,54 Mb.
#831345
1   2
Bog'liq
6-amaliy topshiriq Ona tili o\'qitish metodikasi

Boshlang„ich sinflarda ot mavzusini o„tish metodikasi. 
Otni o„rganishga tayyorlov bosqichi savod o„rgatish davriga to„g„ri keladi. Bu 
bosqichda o„quvchilar predmetlarni va ularni nomi bo„lgan so„zlarni farqlashga 
o„rganadilar. So„zning leksik ma‟nosi (har bir so„z ma‟no bildirishi)ga e‟tibori 
oshiriladi, ma‟nolarni hisobga olgan holda so„zlar (qushlar, meva va sabzavotlar va 
hokazolarni bildirgan otlar)ni gruppalash ko„nikmasi shakllantiriladi. So„zlarni 
leksik ma‟nosi asosida gruppalash mashqlari otlarni taqqoslash, o„xshash 
tomonlarini aniqlash, abstraklashtirish ko„nikmasini o„stiradi. Shunga qaramay, 
gramatik tushunchani shaklantirish uchun o„quvchilar so„zning aniq ma‟nosini 
bilmaydilar, so„zning leksik ma‟nosini bilish bilan birgalikda uning grammatik 
belgilarini ham o„zlashtirish zarur. 
Keyingi bosqichda otning leksik ma‟nolari va grammatik belgilari ustida 
maxsus ishlanadi. (kim yoki nima so„rog„iga javob bo„lishi, predmet bildirishi 
tushuntiriladi) O„quvchilar kim? So„rog„iga javob bo„lgan otlardan farqlashni 
o„rganadilar. Bu bosqichda ular so„zlarni so„roq berish bilan farqlashni bilib 
oladilar, bolalarda mavxum grammatik tafakkur o„sib boradi. Bolalarda ko„pgina 
atoqli otlarni bosh harf bilan yozish ko„nikmasi shaklanib boradi. 
2-sinfda otlarning leksik ma‟nosi, atoqli va turdosh otlar haqidagi bilim 
chuqurlashtiriladi va sistemalashtiriladi bolalar otlarda son bilan tanishtiriladi. 
“Ot” tushunchasini shakllantirish uchun shu so„z turkumiga kiradigan otlarni 
asosiy leksik gruppalarga ajratish, barcha otlarga xos bo„lgan belgilarni ko„rsatish, 
ularning nutqimizdagi rolini ochish muhim ahamiyatga ega. Shu maqsadda 
mavzuni o„rganishga bag„ishlangan birinchi darslardayoq predmetlarni 
bildiradigan so„zlar sistemaga solinadi. Shu so„zlarning hammasi uchun umumiy 

bo„lgan belgilar aniqlanadi. Bu so„zlar predmetlarni bildirib, kim? Yoki nima? 


So„rog„iga javob bo„ladi. Dasturga ko„ra, boshlang„ich sinf o„quvchilarini sifat va boshqa so„z turkumlaridan yasalgan mavxum ma‟nodagi (yaxshilik, go„zallik, ishonch, o„kinch 
kabi) otlar bilan tanishtirish talab etilmaydi. Ammo matnda uchrasa va o„quvchilar 
qiziqib so„rasalar, otlar bolalar o„rgangan belgilari asosida nima so„rog„iga javob 
bo„lishi, predmet nomini bildirishi tushuntiriladi. 
Otlarning nutqda katta ahamiyatga ega ekanini ko„rsatish uchun o„qituvchi 
o„qish kitobidan matn shu so„zlarsiz o„qishni topshiradi. O„quvchilar matn otlari 
tushirib qoldirilib o„qiganda, matn mazmunini tushunib bo„lmasligini anglaydilar. 
Xulosa chiqariladi: ot atrofimizni o„rab olgan predmetlarning nomi, bu so„zlarsiz 
bir-birimizga o„z fikrimizni tushuntira olmaymiz. 1-2-sinflarda narsa nomini bildiruvchi so„zlarni o„rgatish darsi rejasi va ishlanmasini tuzish Hamkorlikda o„qitish texnologiyasining guruhlarda o„qitish usulidan foydalanib, o„tiladigan darsning borishini quyidagicha loyihalash tavsiya etiladi:
I. Tashkiliy qism:
II. O„tgan mavzu yuzasidan o„quvchilar bilimini nazorat qilish va baholash:
III. O„quvchilarni dars mavzusi, maqsadi, borishi bilan tanishtirish.
IV. Yangi mavzuni o„rganish:
A) o„quvchilarni guruhlarga ajratib, guruh a‟zolari tomonidan belgilangan 
o‟quv topshiriqlarini mustaqil ravishda sifatli bajarilishiga erishish: B) o„quv materialini yaxlit holda qayta ishlab chiqilishini amalga oshirish.
V) Yangi mavzu yuzasidan guruhlar o‟rtasida savol-javob, o‟quv bahsi 
o‟tkazish. VI. Mavzu matnida berilgan o‟quv mashg‟ulotini uyushtirish.
VII. Test savollari yordamida o„quvchilar bilimini nazorat qilishva baholash.
VIII. Yangi mavzuni qayta ishlash va yakunlash.
IX. Uyga vazifa berish. Guruhlar o„rtasidagi o„quv bahsi, munozara 
o„quvchilar jamoasining hamkorlikda bajargan mustaqil faoliyatining natijasi, 
yakuni sanaladi. Mavzu: Ot so„z turkumi Maqsad: O‟quvchilarni erkin fikrlashga o‟rgatish, og‟zaki va yozma nutqini 
o‟stirish, mustaqil ish bajarish qobiliyatini shakllantirish, o‟rtoqlari fikrini hurmat qilishga o‟rgatish, ot haqidagi tushunchalarni boyitish.
Kutilayotgan natija: O‟quvchilarni mustaqil, erkin fikrlashga o‟rgatish orqali 
ular faolligini oshirish, ot mavzusiga doir tushunchalarni singdirish, bilim berish 
bilan birga aqliy faoliyatini oshirish va tashkilotchilik qobiliyatlarini o‟stirishga 
erishish.
Usul: Aqliy hujum, savol-javob, musobaqa tarzida.
Jihoz: Darslik, tarqatma, ko‟rgazma, oddiy va rasmli testlar, magnit tasma. Darsning borishi: O‟quvchilar bilan salomlashilgach, magnit tasma orqali 
O‟zbekiston davlat madhiyasi eshittiriladi. O‟quvchilar qo‟llari ko‟ksida tik turgan
xolda birlashib aytadilar. So‟ng o‟rnilariga o‟tiradilar. O‟qituvchi: -
Hozir qanday dars o‟tamiz? 

O‟quvchi: - Sen onam tilisan, otam tilisan,


- Sen bobom tilisan, asrlar oshgan.
- O, ona tilginam, muqaddas tilim,
- Bunchalar shirinsan, bunchalar so‟lim.
O‟qituvchi: - Barakalla, o‟g‟lim. Aziz o‟quvchilar, o‟rtog‟ingiz yozuvchi 
Shuhratning til haqidagi she‟ridan to‟rtlik keltirdi. Demak, hozir biz sevib, 
ardoqlab o‟rganadigan tilimiz bo‟lgan ona tili mashg‟ulotini ko‟ramiz. Qani, 
o‟quvchilar, qo‟limdagi patnisda to‟rgan shakllardan ixtiyoriy tanlab oling-chi. 
(patnisda o‟quvchi soniga qarab 30 ta to‟rtburchak shakllar bo‟lib, uning bir 
tomoni moviy rang, orqa-oq tomonidan esa 3 guruhga bo‟lish uchun 10 tadan 
shaklga qaldirg‟och, kabutar va burgut rasmi chizilgan bo‟ladi). Qani bolalar, qo‟lingizdagi shaklga nomi yozilgan qatorga o‟tib o‟tiringchi. Mana, guruhlarga ham bo‟linib oldik. Endi bilimlarimizni o‟zaro sinab, musobaqalashib ko‟ramiz. Musobaqa asosan 5 tur bo‟yicha bo‟ladi. Marhamat boshladik.
1-tur: “Ona tilim-joni dilim”, “Qaldirg‟och”, “Kabutar”, “Burugut”. Guruhlar a‟zolaridan vakil chiqib, ko‟rgazmaga o‟rnatilgan savollardan olib javob beradi. Savollar:
1) O‟zbek tiliga davlat maqomi qachon berilgan:
2) O‟zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining nechanchi moddasida til 
haqida ko‟rsatilgan?
3) Undagi har fikr, har qoida idrokingizga qudrat beradi. Binobarin, siz ham bu sahifalarga ixlos ko‟zi ila qarang. Bu iboralar qaerga berilgan va nima haqida fikr yuritilgan? 2-tur: “Bilimingizni sinab ko„ring” har bir guruhda 2 tadan oddiy va rasmli test tarqatib, o„tgan mavzular bo„yicha bilimlari mustahkamlanadi.
1. Kim? So„rog‟iga javob bo„lgan so„zlar qatorini aniqlang. 
A) Bulbul, ot, quyoncha, ayiq V) Qorbobo, qizcha, o‟qituvchi. 2. Nima? So„rog‟iga javob bo„lgan so„zlar qatorini aniqlang. A) Deraza, tramvay, bayroqcha. V) O„qituvchi, ota-bola, ona-bola.
3. Gapni to„ldirib o„qing va otni aniqlang… tunda yoqimsiz sayraydi. A) Ukki V) Sayraydi S) Yoqimsiz 4. Gapni to„ldirib o„qin va otni aniqlang. Momiqqina… daraxt shohida o„rtiribdi. A) Olmaxon V) Daraxt S) Momiqqina 5. Ko„plikdagi otlar qatorini aniqlang. A) Qullar, qushlar, daraxtlar V)
Ikki, uy, olaqarg‟a. 3-tur: “Muzyorar” yozma bahs o„yini.
Har bir guruhda qaldirg‟och, kabutar, burgut rasmi chizilgan oq qog‟oz 
taraqatiladi. 
Bolalar berilgan savollarga javobni yozma ravishda topshiradilar. Bu 
“Muzyorar” o„yini orqali o‟quvchilar narsa, uning harakati va bularga beriladigan 
so‟roqlarni hamda bosh bo‟laklarini bir vaqtda o‟rganish imkoniga ega bo‟ladilar. 
O‟yin o‟quvchilarni mustaqil fikrlab, xulosa chiqarishga o‟rgatadi.

4-tur: “Meni tushun” o‟yini Bevosita yangi mavzuga kirib boriladi. Bunga 


guruhlardan bir nafardan o‟quvchi chiqadi. O‟quvchilar so‟zsiz harakat bajarishadi
qolgan guruh azolari bir-birini izohlaydilar, bajarilgan harakatlarga so‟roqlar 
belgisi orqali fe‟lning qoidasini keltirib chiqaramiz.
Qoida: Ot narsa va shaxslarning, joy nomlarining nomini bildirib, kim? 
nima?, qaer? so‟roqlariga javob bo‟ladi. So‟ngra otga oid mashq sharti asosida 
bajariladi, yozuv taxtasiga yoziladi. O‟quvchilar daftarga yozadilar. (Kim) Shifokor bermorni davoladi. (Nima) Qor tinmay yog‟ayapti. Qushlar don (nima) izlaydi. Yangi mavzuni mustahkamlash maqsadida o‟quvchilarga ot ishtirok etgan 
bittadan gap tuzish va daftarga yozishni mustaqil ish tariqasida beriladi.
5-tur: “Moychechakda yashiringan so‟zni top” o‟yini. Ko‟rgazmada so‟zlarga 
mos “Sonli maqollar aytish” topshirig‟i bajariladi. 1.) sakkiz; 2) ming; 3) yuz; 4) etti; 5) bir; 6) to‟rt va hakazo. Bilagdi zo‟r birini yiqar, bilimi zo‟r- mingni. 
Etti ulchab bir kes. Sanamay, sakkiz dema. Yer haydasang, kuz hayda, Kuz haydamasang, yuz hayda kabi. Barcha turda qatnashgan, fikr bildirgan o‟quvchilarni tarqatma ball berib rag‟batlantirib boriladi. Dars nihoyasida olingan tarqatma baholar asosida g‟olib guruh aniqlanadi. qizil rang- 3 ball, moviy rang- 2 ball, oq rang – 1 ball. Shu gaplarga qarab ballar jamlanadi, g‟olib guruh rag‟batlantiriladi. 
Download 0,54 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish