“Alkimyogar” Paulo Koelo



Download 1,09 Mb.
Sana04.04.2022
Hajmi1,09 Mb.
#527190
Bog'liq
Презентация (1)

“Alkimyogar” Paulo Koelo

2145-guruh Omonova Aziza

2022

Reja:

  • 1.Kirish.Asar haqida qisqacha ma’lumot.
  • 2.Yozuvchining hayoti va ijod yo’li.
  • 3.Badiiy obrazlar, xususan, bosh qahramon – Santyago
  • 4.Asarning motivatsion gʻoyaviy mazmuni yoxud
  • taqdirimiz oʻz qoʻlimizda.

Kirish.Asar haqida qisqacha ma’lumot


Insonning Yerdagi umri mobaynida amalga oshiradigan ishlari nimalardan iborat? O‘z Taqdiri yo‘lidan borib, ko‘ngliga tukkan orzu-umidlarini amalga oshirishi uchun insonga eng zarur narsa nima?.. "œAlkimyogar" romani mana shunday ko‘lamli, mazmunan falsafiy, mohiyatan esa oddiy insoniy muammo haqida. Asar muallifi— hozirgi zamonning mashhur yozuvchisi braziliyalik Paulo Koelo. "œAlkimyogar" Richard Baxning "œOqcharloq Jonatan" yoki "œSharpalar" asarlariga o‘xshamaydi. Ekzyuperining "œKichik Shahzoda"siga ham o‘xshash tomonlari juda kam. Biroq negadir "œAlkimyogar"ni o‘qiganda beixtiyor o‘sha rivoyat-qissalar yodga tushadi.
  • Zotan, bu asar aynan hozirgi zamon kitobxonlari uchun yozilgandek va "œAlkimyogar"ning turli davlatlar arboblariyu, mashhur san’atkorlar hamda hozircha bir yuz o‘n yetti mamlakatdagi millionlab adabiyot muxlislari tomonidan sevib o‘qilishi shundan dalolatdir. "œBizning sayyoramizda bir buyuk haqiqat barqaror: agar siz chindan nimanidir orzu qilsangiz, unga albatta erishasiz. Zotan, bu orzu Olam Qalbida ham tug‘iladi va ayni shuning o‘zi sizning Yerda mavjudligingiz tasdiqi, sizning taqdiringizdir", deb yozadi P. Koelo.

Paulo Koelo

Koelo 24 avgust 1947 yilda Braziliyaning Rio da Janeyro shahrida tugʻilgan. U oʻsha yerdagi huquqiy sohadagi oʻquv yurtida oʻqigan, lekin 1970 yilda Meksika, Peru, Boliviya,Chili, Yevropa hamda Shimoliy Amerika boʻylab sayohat amalga oshirish uchun oʻqishini tashlagan. 2 yil keyinroq u Braziliyaga qaytib kelib estrada musiqasi uchun sheʼrlar yoza boshlab, Raul Seixas kabi musiqachilar bilan ishladi. Juan Arias bilan boʻlgan intervyuda aytib oʻtganidek, oʻsha paytlarda Coelho qarama-qarshiliklarga ega boʻlgan ingliz mistigi Alester Krovley ijodi taʼsirida boʻlgan. Taʼsir nafaqat musiqa, balki oʻsha Minais Gerais'ga koʻra jamiyatda anarxist jamoa hisoblangan «Alternativ jamiyat» tuzish planlariga ham oʻtib ketdi. Loyiha Braziliya harbiylari tomonidan jinoiy topilib, ushbu jamoaning barcha aʼzolari, shu jumladan Koelo va Seixas ham qamoq jazosini oʻtashdi. Keyinroq u Gollandiyada uning hayotini oʻzgartirgan hamda xristianlikka yetaklagan bir insonni uchratdi. U RAM (Regnus Agnus Mundi) deb nomlangan Katolik guruhi aʼzoligini qabul qildi. 1986 yilda u qadimiy ispan marosimi boʻlgan va asari «The Piligramage»'da tasvirlangan Santyago yoʻlini bosib oʻtdi. U va uning turmush oʻrtogʻi Kristina Braziliyaning Rio de Janeyrosida yashashadi.


1982 yilda Koelo hech bir taʼsirga ega boʻlmagan oʻzining birinchi asari, «Hell Archives»'ni («Doʻzax arxivlari») yaratdi. 1985 yilda u keyinchalik «yomon sifati» uchun ommadan qaytarib olishga harakat qilgan «Practical Manual of Vampirism»'ga («Vampirizm boʻyicha amaliy qoʻllanma») hissa qoʻshdi. 1988 yilda Koelo Borxesning «Ikki hayolparast ertagi»(«Tale of Two Dreamers»)ga asoslangan «Alximik» asarini nashrdan chiqardi. Dastlabki sekin sur’atlardagi asar sotuvi nashriyotni asarni qaytarishiga olib keldi, lekin aynan ushbu asar Braziliyaning eng koʻp sotilgan asari boʻldi. U 11 milliondan ortiq nusxada sotilib, dunyoning 41 tiliga tarjima qilindi. Ushbu asar asosida Coelho asarlarini sevuvchi Laurens Fishburn kino yaratmoqda. Koelo 150dan ortiq mamlakatda 86 milliondan ortiq asarlari nusxasini sotib, uning asarlari 56 tilga tarjima qilingan. U turli xil adabiyot mukofotlariga, shu jumladan La Legion d’Honneur(Fransiya), Grinzane Cavour (Italiya) mukofotlariga sazovor boʻlgan.Yana Braziliya gazetasi Folha San Pauloda nashr etgan satrlari toplanmasi boʻlgan Maktub asari, «Sat down and wept», «The Valkyries»ni ham yozgan. Koel’o asarlarining Eronda mashhurligiga qaramay, uning 2005 yilda nashr etilgan «The Zahir» asari taʼqiqlanib, 1000ta nusxasi konfiskatsiya qilingan, lekin 1 hafta oʻtmay, ular yana kitob doʻkonlarida paydo boʻlgan. Uning asarlari bestsellerlar qatoridan nafaqat Braziliyada balki AQSh, Birlashgan Qirollik, Fransiya, Germaniya, Eron, Kanada, Italiya, Isroil, Finlandiya, Serbiya, Gretsiya,Ruminiya, Bolgariya, Rossiya, Polsha va Litvalarda ham oʻrin olgan. U har vaqtning eng koʻp sotilgan Portugal tilli muallif hisoblanadi. U yana Sovgʻa(The Gift/Henry Drummond) va Paygʻambarning Sevgi maktublari(Love letters of a Prophet/Kalil Gibran) ham moslashtirgan. Coelho 45 dan ortiq davlatda haftalilik sahifalar uchun yozadi. Ushbular qatorida Turkiyaning Aksam va Austrian Kurier’ning Freizeitʼi ham oʻrin olgan. Paulo Koeloning asarlar dunyoning turli davlatlari qatorida o`zbek tiliga ham tarjima qilingan. Xususan, uning "Alkimyogar" asari 2004 yil Shoir Va tarjimon Aziz Said tomonidan o`zbek tiliga o`girilgan.

Badiiy obrazlar, xususan, bosh qahramon - Santyago


Download 1,09 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish