Aristotel - Arastu mantiq ilmining asoschisidir. Arastu yaratgan va „analitika“ deb nomlagan mazkur fan tafakkurning tushuncha, muhokama, xulosa kabi asosiy shakllaridan, ayniyat, qarama-qarshilik va uchinchisi istisno qonunlaridan, fikrni isbotlash yoxud rad etish uslublaridan, bir qancha kategoriyalardan iborat. Mantiq „ilk falsafa“ („metafizika“) bilan birgalikda fan sohalarining falsafiy tasnif tizimini tashkil etadi. Biologiya sohasidagi Arastu ilmiy xizmatlaridan biri – oʻsimlik va hayvonot turlarining biologik jihatdan maqsadga muvofiqligi haqidagi taʼlimotidir. Oʻsimliklarning urugʻdan oʻsib-rivojlanishi, hayvonlardagi instinktlarning maqsadga muvofiq tarzda yuzaga kelishi, aʼzolarining oʻzaro mutanosib ravishda harakat qilishi – tabiatdagi maqsadga muvofiqlik namunasidir.
- Arastu barcha zamonlar olimlari ustoz deb bilgan buyuk alloma. Uning qomusiy asarlari, Sharq mutafakkirlari ijodida ham chuqur iz qoldirgan. 7 – 8-asrlardan boshlab ayniqsa Horun ar-Rashid va Maʼmun davrida Arab xalifaligi hududida Arastu asarlari tarjima etilib oʻrganildi, ularga oʻnlab izoh va sharxlar bitildi. Bu ishda Oʻrta Osiyoning ulugʻ olimlari katta rol oʻynadi. Abu Nasr Forobiy Arastuning „Metafizika“, „Jon haqida“, „Etika“, „Kategoriyalar“, „Topika“, „Analitika“ asarlariga ilmiy sharxlar yozib, „Sharq Arastusi“ degan unvonga sazovor boʻldi. Abu Ali ibn Sino oʻz ustozlarining ilgʻor gʻoyalarini yanada rivojlantirib, Arastu va Forobiydan keyin „Uchinchi muallim“ deb ataldi.
- XIII-XVII asrlar mobaynida alkimyogarlar tomonidan 5 ta yangi element kashf etilgan deb hisoblanadi. Albatta, «falsafa toshi», ya’ni, istalgan metallni oltinga aylantirib qo‘yadigan sehrli usulni izlash asnosida bilib-bilmay turli xil kimyoviy tajribalar olib borgan o‘sha alkimyogarlar, shu tajribalar orasida yangi bir kimyoviy element kashf etib qo‘yganliklarini o‘zlari payqashmagan ham. Shu bois, alkimyogarlar kashf etgan elementlarning elementar xossasi, ya’ni, ularning element ekanligi ancha keyin isbotlangan. Aniqroq gapiradigan bo‘lsak, quyidagi etimologik sharhlar – fosfor, mishyak, surma, vismut va rux haqida boradi. Shunisi qiziqki, sanab o‘tilgan beshta elementdan to‘rttasi davriy jadvalda bitta guruhga mansubdir. Adolat yuzasidan shuni aytish kerakki, rux – qadimgi Hindiston va Rimda ham ma’lum bo‘lgan. Faqat qadimgilar ruxni alohida element-metall sifatida tanishmagan. Shu bois, alkimyogarlar ruxni qayta kashf etishgan xolos. Agar, ushbu holatni inobatga olsak, demak, alkimyogarlar faqat davriy jadvaldagi to‘rtinchi guruhga mansub (zamonaviy jadvalda 15-guruh) elementlarni kashf etishgan ekan
Do'stlaringiz bilan baham: |