I BOB: “Musiqaiy ta’lim” yo’alishi talabalarini kasbiy faoliyatga
tayyorlashda “Maktab repertuari” fanini tutgan o’rni.
1.1. Bo’lg’usi musiqa o’qituvchilarini kasbiy tayyorgarligiga
qo’yiladigan pedagogik talablar.
Respublikamiz
ta’lim
sohasida amlga oshirilayotgan barcha
o’zgarishlarning tub maqsadi xalqimizning barcha qatlamlari uchun munosib
ma’naviy, marifiy, shart-sharoitni yaratish bilan birga milliy madaniyatimiz
va qadiryatlarimiz ruhi bilan yashaydigan, kelajak bunydkorlarini tarbiyalash
va kamolga yetkazishdan iboratdir. Bunday oliy maqsadni amalga oshirish
o’z navbatida pedagogika fani oldiga yangi, dolzarb muammolarni ijobiy
yechimiga erishish vazifalarni qo’yadi. Dolzarb muammolarni hal etish va
ta’lim mazmunini yanada takomillashtirib borish asosan ikki tamoiylga
tayanadi. Birinchisi, ijtimoiy- iqtisodiy islohatlarni amalga oshirishda
o’tmishni teran his etib, xalqimizning boy madaniy merosini, tarixini, uning
ruhiyatini, milliy o’ziga xos jihatlarini, an’ana va urf-odatlarini hisobga olib,
xalqimizning tarixiy taraqqiyoti davomida to’plangan ma’naviy merosi va
milliy qadiryatlaridan oqilona foydalanish orqali amalga oshirilsa,
ikkinchidan, jahon ilmiy tafakkuri va ijtimoiy amalyoti to’plagan boy
tajribalardan samarali foydalanish asosida ro’yobga chiqarish mumkin
bo’ladi. Bu tamoillarni to’la to’kis bajarilishi esa, har jihatdan malakali
mutahassis kadirlar tayyorlashning yagona tizimini yaratish va uni jahon
andozalari darajasiga ko’tarish va doimiy ravishda fan va texnika yutiqlari
asosida takomillashtirib borishni taqozo etadi. Maorufni, madanyatni, shu
o’rinda pedagogika fanini rivojlantirish, millatning, mamlakatning aqliy
salohiyatini oshirish va uni rivojlantirishdagi ustivorligini tan olishga
asoslanadi. Chunki, ma’naviyatsiz tarqqiyot bo’lmaydi. Shuning uchun ham
10
O’zbekistonda “Ta’lim to’g’risida”gi Qonun va “Kadrlar tayyorlash milliy
dasturi” yuqorida aytib o’tilgan tamoillarga asoslangan holda ishlab chqildi
va hozirgi kunda izchillik bilan amalga oshirilmoqda. Kadrlar tayyorlash
milliy dasturining ro’obga chiqarilishi, har tamonlama kamol topgan, ta’lim-
tarbiya ishlarini ongli ravishda bajaradigan, o’zi ham teran hal etadigan,
davlat, jamiyat va oila oldida javobgarlikni teran anglaydigan shaxsni
tarbiyalashni nazarda tutadi.
Ma’lumki, barcha kasblar bo’yicha yetuk kadrlarni tayyorlash ta’lim
mazmuni va uni yuqori darajada amalda qo’llay oluvchi pedagog-
tarbiyachilarga bog’liqdir. Har bir insonga dastlabki saboqni ham o’qituvchi
beradi. Dastlabki ona vatan so’zlarning ma’nosi va mohiyatini ham o’qtuvchi
o’rgatadi. Shu bois ham barcha kasblar ichida o’qtuvchilik, muallimlik kasbi
o’ta sharafli va juda mas'uliyatli kasb hisoblanadi.
O’qituvchi-murabbiy jamiyatning, yosh avlodning ta’lim tarbiyasiga
qo’yilgan ijtimoiy byurtmasining asosiy ijrochisidir. Przidentimiz Islom
Karimov “tarbiyachi-ustoz bo’lish uchun boshqalarning aql-idrokini o’stirish,
ma’rifatli qilish, haqiqiy fuqoro qilib yetishtirsh uchun eng avvalo,
tarbiyachining o’zi aynan shunday talablarga javob berishi, ana shunday
buyuk fazilatlarga ega bo’lishi kerak ”degan edi.
1
Darhaqiqat, o’qituvchilik kasbida bilimdonlik, zukkolik, o’z kasb-
mahoratini takomillashtirib borishga doimiy ishtiyoq bo’lmas ekan u yaxshi
ustoz-o’qituvchi bo’loolmaydi. Shuning uchun ham, bugungi mustaqil
taraqqiyot bosqichida o’qituvchilik kasbiga bo’lgan e’tibor va ehtiyoj har
qachongiga nisbatan ortib bormoqda. Shuning bilan birgalikda o’qituvchining
oldiga, kasbiga qo’yiladigan talablar va vazifalar ham ortib borayotganligi
tabiiy holdir.
1
I.A.Karimov Barkamol avlodorzusi. –Toshkent,O’zbekiston milliy ensklapediyasi, 1999 y.
11
Kadrlar tayyorlash milliy dasturida ko’tarilgan barcha tadbiru-harakatlar
respublikamizning aqliy salohiyatini oshirishga qaratilgan ekan, bu eng
avvalo, o’qituvchi kasbiga bo’lgan munosabatni tubdan o’zgartirishni, uning
ma’naviy axloqiy va aqliy kamolotini oshirish lozimligini taqozo etadi.
Bu fikirlarni ilmiy-nazariy tahlil qilish shunday xulosalar qilish imkonini
beradi;
- o’qtuvchi-pedagogik faoiyatga qobiliyati bor, ijodkor, ishbilarmon
bo’lmogi lozim;
-milliy va umuminsoniy qadriyatlarni yaxshi anglaydigan va mukammal
egallagan, diniy va dunyoviy bilimlardan ogoh, ma’naviy-axloqiy barkamol
inson bo’lmog’i;
-o’zbekistonning
kelajagiga
ishonadigan,
boshqalarni
ham
ishontiraoladigan bo’lishi;
-yuksak
vatanparvarlik
eitiqodiga
ega
bo’lishi
va
o’z
tarbiyalanuvchilarini ham shu yo’lga undamog’i;
-pedagogik kasbga doir bilimlarni, yani pisixologik, pedagogik malaka
va mahoratini, o’z mutaxassisligi sir-sinoatlarini bor mukammalligicha
egallagan bo’lishi;
-bolalarni sevishi, ular ruhiyatini yaxshi bilishi, ularning yoshi va
individual xususiyatlarini hisobga olgan holda ular bilan muomala qila olishi;
-erkin va ijodiy fikirlay olishi, talabchan va odil bo’lmog’i;
-mantiqiy fikrlovchi, o’quvchilarga berishi lozim bo’lgan bilim va
malakalarini izchil va ketma-ketlik asosda yetkaza olishii;
-madaniyatli, estetik didli, yuqori axloqiy fazilatlarga ega bo’lishi;
Mana shunday sifatlarga ega o’qtuvchini Kadrlar tayyorlash milliy
modelida qayd etilgan o’qtuvchi shaxsi va kasbiga qo’yilgan talablarga to’liq
javob beraoladi deyish mumkin.
12
Musiqa ta’limi o’zining bir qator xususiyatlari bilan boshqa fanlardan
ajralib turadi. Chunonchi, unda bir necha kasbiy faoiyatlar (musiqa san’ati
bo’yicha) malakasi, ko’nikma hamda bilimlar majmui uyg’unlashgan bo’lishi
talab etiladi. Oddiy san’at yo’nalishi bo’yicha qaraladigan bo’lsa ham, har
qanday cholg’uchi- san’atkor maktabda musiqa darslarini olib boraolmaydi.
Musiqadan yangi dastur va davlat ta’lim standartlari talablari darajasda
darslarni olib borish uchun o’qituvchi avvalo, pedagogika, pisixalogiya,
bolalar yosh fizialogiyasi, etika va estetika nazaryasi, musiqa nazaryasi
(musiqaning elementar nazaryasi, musiqa asarlari tahlili, garmoniya,
solfedjiyo, musiqa o’qitish metodikasi) musiqaning amaliy sohalari (vokal
kuylash, dirijorlik, cholg’u asboblarida ijmro etish) o’z o’rnida rejissiyorlik,
aktiyorlik, raqs san’atidan zaruriy bilim, malakaga ega bo’lishi kerak. Ya’ni,
musiqa o’qituvchisi birgina dars jarayonida ham cholg’uchi, ham xonanda,
xor-dirijori, jo’rnavozchi, musiqa nazaryachisi va uslubchisi, mohir
tashkilotchi, senaryachi sifatida ish ko’rsatishiga to’g’ri keladi.
Musiqa o’qituvchisi har bir darsga mustaqil va ijodiy yondoshmog’i
kerak bo’ladi. Uning ijodkorligi shundaki, u bir soatlik darsga ssenari
muallifi, uning ijrochisi va rejissyori sifatida ham ish tutadi. Shu bois ham
musiqa darsi sanat darsi ham deb ataladi.
Maktab hayotida musiqa o’qituvchisining faolyat mavqei keng va ko’p
qirralidir. Sinfdan tashqari musiqa darslarini tashkil etish va boshqarish,
maktabda musiqa tarbiyasining ommaviy shakillarini (uchrashuvlar,
bayramlar, maruza konsertlar, ko’rik-tanlovlarga tayyorgarlik va qatnashish,
“Alifbe” bayramlarini o’tkazish, musiqa haftaliklari va hakazo) uyushtirish
bevosita musiqa o’qituvchisi ning zimmasidagi vazifalardir. Shu bilan
birga maktabdan tashqari ta’lim muassasalari (bolalar musiqa maktablari,
o’quvchilar ijodiyot markazlari, bolalar teatrlari, xor etyudlari kabilar) bilan
13
doimiy aliqadorlikda bo’lib, iqtidorli, musiqiy qobiliyatli o’quvchilarni
ularga jalb qilish va ularning faoliyatidan maktab hayotida o’z o’rni bilan
foydalanish ishlari ham musiqa o’qtuvchisi zimmasiga ma’suliyatli
vazifalarni qo’yadi
Musiqa fani bo’yicha Davlat ta’lim standarti va o’quv dasturlari ham
hozirgi
kunda
umumtalim
maktablarida
faoliyat
ko’rsatadigan
o’qituvchilardan o’zining ta’limiy va tarbiyaviy ishlari mazmuni va
qo’llaydigan ish uslublarida yangilanish jarayonini talab etadi. Shuningdek,
musiqa o’qituvchisi tayyorlashga yo’naltirilgan oliy ta’lim tizimidagi
musiqiy-pedagogik ta’lim fakultetlarida ham bo’lajak o’qituvchilarni kasbiy
tayyorgarligiga ushbu talablar nuqtai-nazaridan yondashishni taqozo etadi.
Bu talablar chiqrilayotgan darsliklar, qo’llanmalar, tavsiyanomalar, o’quv
metodik –adabiyotlarda keng ma’noda yoritilmoqda.
Musiqa fani bo’yicha o’quv dasturlarining yana bir o’ziga xos xususiyati
shundan iboratki, umumta’lim maktablarining ,,musiqa madaniyati” fanining
asosi bo’lgan musiqa savodxonligini tarkib toptirish lozim bo’lgan, qator
musiqiy qonuniyatlar, jumladan, musiqa nutqi, musiqaning ifoda vositalari,
musiqa shakillari, musiqaning tuzilishi va rivojlanishi, musiqaning
zamonaviyligi kabilar chuqur, mukammal o’rganilishi kerak. Demak, musiqa
fani dasturlari mazmunida dars o’tish uchun musiqa o’qituvchisi o’zining
musiqiy-nazariy bilimlarini doimiy ravishda takomillashtirib borishi kerak
bo’ladi. Chunki, mamlakatimizda o’sib kelayotgan yosh avlodni ona
vatanimizga, millatimizga va milliy qadiryatlarimizga, barqaror qiziqish va
mehr muhabbatli qilib tarbiyalashning muhim tarkibiy qismi bo’lgan badiy-
estetik tarbiya masalalarini ya’ni, insonni ma’naviy, ma’rifiy jihatdan
barkamol shaxs qilib tarbiyalash masalalarini hal qilishda jamiyat va
14
davlatimiz tamonidan qo’yilgan katta mas’ulyatni musiqa o’qituvchisining
oldiga dolzarb vazifa qilib qo’ymoqda.
Musiqa ta’limi va tarbiyasini samaridorligini ta’minlashda o’quvchi-
yoshlarning musiqa sanatiga va u orqali hayotga bo’lgan qiziqishini
uyg’otishda musiqa ta’limi va o’qituvchilarning mavqeyi juda yuqori va
g’oyat mas’ulyatlidir.
Shu aytilganlarga asoslanib musiqa o’qituvchilarni yangi milliy
asoslarda ishlab chiqilgan dasturlar bo’icha ish faolyati mazmunini
quydagich izohlash to’g’ri bo’ladi: -O’qituvchi umum ta’lim maktablarida
musiqa bo’yicha ta’lim-tarbiya jarayonini samarali tashkil qilishi va uning
samaradorligini ta’minlash uchun o’quvchi-yoshlarni musiqa madanyatini har
tamonlama tugal shakillantirishi, ularni musiqa san’atining turli sohalaridan
xabardor qilib borishi, musiqani ongli idrok qilishi, o’z tushunchalarini
ifodalay olishi, eng oddiy musiqa qonuiyatlarini tushinib, unga baho bera
oladigan qilib tarbiyalashi, o’quvchilarni musiqa bo’yicha bilimlarini
mustahkamlab borishlari uchun o’z ustlarida ishlash ko’nikmalarni
o’stirishlariga erishishi va shu asosida ta’lim-tarbiya jarayonini tashkil
etmog’i lozim. Bu esa, ta’lim to’g’risidagi qonun va kadrlar tayyorlash milliy
dasturi talablarini hayotga tadbiq etishning muhim sharti bo’lib hisoblanadi.
Oliy pedagogik ta’lim tizimidagi tahsil jarayonida bo’lajak musiqa
o’qituvchilarini maktab ta’limiga tayyorlashda eng muhim pedagogik
talablardan biri avvalo, “musiqa o’qitish metodikasi va maktab repertuari”
bo’yicha dastur va darsliklarga kiritilgan musiqiy asarlarni (tinglash va
kuylash uchun tavsiya etilgan kuy qo’shiqlar) puxta o’zlashtirishlariga
(mustaqil cholg’u sozida chala oladigan, kuylay oladigan) erishishdan
iboratdir. Bunday bilim va malakalarni egallash dars jarayonida
tinglanadigan va kuylash uchun tavsiya etilgan asarlarni o’qituvchi
15
tamonidan cholg’u asbobida ijro qilish, kuylash uchun (xor bo’lib kuylash)
tavsiya etilgan xor asarlarini kuylab bera olish malakalariga ega bo’lishni
ko’zda tutadi. Chunki, musiqa o’qituvchisi yuqorida aytib o’tilganidek, ham
cholg’uchi ham yaxshi vakal-xor malakasiga ega bo’lgan xonanda va
musiqiy asarlarni o’quvchilarni imkoniyatlari (ovoz diyapazoni, ovoz kuchi,
diqqati, xotirasi, musiqiy eshituvi, soz va ansambillikni his etish)ga ko’ra
tanlay oladigan va ularni o’quvchilarga o’rgatishi metodikadan xabardor
san’atkor-pedagog sifatida faoliyat ko’rsatadi.
Oliy pedagogik ta’lim jarayonida bakalavrlarni maktab repertuarini
puxta o’zlashtirib borishlari, ularni maktab faoliyatiga tayyorlashni asosini
tashkil etadi. “Musiqa o’qitish metodikasi va maktab reperuari” fanini
o’rganish jarayonida talabalarni bilim va malakalariga qo’yiladigan musiqiy
pedagogik talablarni quydagicha ifoda etish to’g’ri bo’ladi.
- umumiy musiqiy ta’lim va tarbiyaning nazariy, didaktik va metodik
asoslarini bilish, musiqiy ta’lim samaradorligini ta’minlashga yo’naltirilgan
ilg’or pedagogik texnalogiyalarni amaliyotda qo’llay olish bo’yicha zarur
bilim, malaka va amaliy tajribaga ega bo’lishi;
- birinchi sinfdan yettinchi sinfgacha bo’lgan musiqa “madanyati fani”
o’quv dasturi va darsliklariga kiritilgan, tinglash va kuylash uchun tavsiya
etilgan repertuardagi asarlarni puxta o’zlashtirgan (cholg’u asbobida chalish
malakasiga ega bo’lish va kuylash yo’llarini egallagan hamda sinfda jamoa
bo’lib kuylash jarayonida o’quvchilarga o’rgata olidigan darajada
tayyorgarlikka ega) bo’lishi;
- musiqiy asarlarni tinglash orqali nazariy jihatdan hamda vakal-xor
yuzasidan tahlil qila olishi;
- xor bilan ishlash jarayonida musiqiy asarning turi, ko’rinishi lad-
tanalligi, xarakteri, o’lchovi, janri, metro-ritmik tuzilishi xusisiyatlari,
16
ijrochilik uslubi, asrning o’quvchilarning (yoki sinf mashiqlarining)
imkoniyatlariga mosligi, asarga dirijorlik qilish yollari haqida bilimlar
zaxirasiga ega bo’lish;
- bastakorlik, kampozitorlik ijodayoti, xalq musiqa merosiga mansub
kuy- qo’shiqlarni o’ziga xos ijrochilik uslublaridan xabardor va zarur
darajada bilim, tushunchalarga ega bo’lishi;
- musiqa tinglash, jamoa bo’lib kuylash faoliyatlarini rejalashtirilishi va
shu asosda sinf jamoasini yaxlit ijodiy organizimga uyushtira olishi
tajribasiga ega bo’lishi lozim;
- umum talim maktablardagi “musiqa madanyati” darslari mazmunida
sinfdan tashqari mashg’ulotlarning maqsadi va vazifalarini singdirib, dars
jarayonida olgan nazariy va amaliy bilim va ijrochilik malakalarini
mustahkamlab borish;
- atoqli kampazitorlar, bastakorlar, musiqa madaniyatimiz ravnaqiga
katta hissa qo’shgan namayondalar ijodini, maktab repertuariga kiritilgan
asarlarning mazmuni, yaratilgan tarixi, ijro uslublari haqida yetarlich
malumotlarga ega bo’lishi talab etiladi.
Xalq musiqa ijodiyotig, ya’ni musiqasiga, shu jumladan bolalar folklor
qo’shiqlariga mansub asarlar qatorida kompozitorlik ijodiyotiga xos vakal-
xor asarlari-pesa, romans,kantata, syuita, shuningdek, orkestr ijrichiligiga oid
asarlarga, yirik va murakkab janrlar-opera, balet, simfoniya, xalq
musiqasining
mumtoz
va
maqom
asarlarini
jsnr
ususiyatlarini
tushunaoladigan, ularga tarif va tafsif beraoladigan, ularni (tinglash orqali )
yaxshigina tahlil qilaoladigan, ayrim parchalarni ijro etaoladigan, shu
jarayonda kompozitorlarning ijodiy faoliyatiga u yashagan davrning ijtimoiy-
siyosiy shart-sharoiti bilan bog’langan holda baho beraolishlari muhimdir.
17
Ta’limda fanlararo bog’liqlikning mohiyati, ahamyatini tushingan holda
dars jarayonida undan unumli va o’z o’rnida foydalanish kerak bo’ladi.
Shu o’rinda yana bir muhim jihat haqida to’xtalib o’yishni joiz deb
bilamiz, musiqa o’qitish metodikasi va maktab repertuari fanini pedagogika,
pisixalogiya, bolalar fizialogiyasi, tasviriy san’at, ona tili, adabiyot tarix,
fizika, jismoniy tarbiya, musiqa ixtisosligi bo’yicha asosiy mutaxasislik
fanlari hisoblanmish musiqa nazaryasi, musiqa tarixi, vokal ijrochiligi
cholg’u ijrochiligi, solfejiyo, garmoniya, dirijorlik kabilar bilan bog’liq
xususiyatlarini chuqur tushungan holda ish yurita olish ko’nikma va
malakariga ega bo’lishi eng zarur pedagogik talablardandir.
Oliy pedagogik talimda bo’lajak musiqa o’ituvchilarni “maktab
repertuari” predmeti bo’lgan kasbga tayyorlash sifati va oliy o’quv yurtlarini
bitirib umum ta’lim maktablariga ishga kelgan yosh mutaxasisning kasbiy
malakaviy darajasi takidlab o’tilgan ko’rsatkichlarga mos kelmaydimi? Oliy
pedagogik ta’lim tizmidagi “musiqiy ta’lim” yo’nalishida ushbu fanni
o’qitilshi takidlab o’tilgan mezonlarga javob bera oladigan raqobat bardosh
kadrlar tayyorlash imkonini beruvchi pedagogik, o’quv-metodik shart-
shroitlar mavjudmi?
Pedagogika oliy o’quv yurtlarining (universitet va pedagogik institutlari)
musiqa o’qituvchilari tayyorlashga yo’naltirilgan “musiqiy ta’lim” o’quv
rejasiga maskur fan “musiqa o’qitish nazariyasi va metodikasi va maktab
repertuari” nomlanilsada kiritilgan fanga ajratilgan umumiy soat hajmi 190
soatni tashkil etadi. Shindan 48 soati maruza, 55 amaliy mashgulot, 87 soati
seminar mashg’uloti soatlari bo’lib, faqatgina 48 soati “maktab repertuari”
faniga taqsimot qilinadi. O’z-o’zidan ravshanki, ushbu hajimdagi soatlar
hisobidagi o’quv mashg’ulotlari bo’lajak musiqa o’qituvchilarida “maktab
18
repertuari”nizarur darajada o’zlashtirish va o’z navbatida maktab faoliyatga
meyyo darajada blim, ko’nikma va malakaga ega bo’lish imkonini bermaydi.
Bunday
holat maktabda o’z faoliyatini boshlagan musiqa
o’qituvchilarining darslarni pedagogik, metodik va amaliy ijrochilik (musiqa
darslarida amaliy faoliyat yetakchi o’rin tutadi) jihatdan sifati va samaradorli
o’rganilmasa jiddiy muammolarni keltirib chiqaradi.
Pedagogik kuzatuv va tahlillar oliy peda gogik ta’lim jarayonida maktab
musiqa fani bo’yicha maktab faoliyatga tayyorlashda talabalar tamonidan
maktab repertuarini uslubiy, didaktik va amaliy jihatdan o’zlashtirib
olishlariga imkoniyat yaratishni, bu jarayonda har bir darsning maxsus
ishlanmasini tayyorlash va namoyish qilishga tayyorlashda quydagi
shartlarga tayangan holda ish tutish ijobiy ahamyat kasb etadi.
1. Fan dasturi bo’yicha tinglash va kuylash uchun tavsiya etilgan
asarlarni namoyish qilishga tayyorlash. Bu faoliyatda namoish qilinadigan
asarlar cholg’u asbobida badiiy ifodali ijro etish darajasida o’zlashtirilishi
lozim. Bu o’rinda asarning nomi, janri, mualliflari, asarning halq ijodiyotiga,
bastakori, kompozitorlik uslubiga tegishliligi, xarakteri (o’yin-raqs, mavzuli,
tantanali-marsh va hakazo) qanday holatda, kimlar tanonidan, qanday
shakilda ijro etilishi haqidagi ma’lumotlar o’rganiladi. O’quvchilarga asar
haqida tassavvurlarini aniqlash yuzasidan savollar tayyorlanadi.
2. Namoish etiladigan asar qo’shiq janriga tegishli bo’lsa, asarning nota
yo’li (jo’rnavozchi sifatida) cholg’u asbobida o’rganiladi.
3. Asarni vokal-xor malakalariga mos tarzda kuylash ustida ish olib
boriladi, shu o’rinda dirijorlik qilish, matinni o’zlashtirish kabilar ustida ish
olib boriladi.
Ko’rinadiki, maktab repertuarini o’zlashtirish bo’lg’usi o’qituvchidan
musiqaga oid barcha fanlardan yetarlicha bilim va malakaviy tayyorgarlikka
19
ega bo’lishini talab qiladiki, bu uning kelgusida o’qituvchi sifatidagi
faoliyatining asosiy mezoni va mohiyatini belgilaydi desak, aslo xato
bo’lmaydi. Takidlab, o’tilgan fikirlarga tayangan holda aytish mumkinki
maktab repertuari faning o’itilishiga talabalarni maktab va kasbiy faoliyatga
tayyorlashning eng asosiy omili sifatida qarash va fanni o’qitilish
imkoniyatlarini
kengaytirish
hozirgi
ta’lim
tizmining
dolzarb
vazifalaridandir.
Do'stlaringiz bilan baham: |