1.2. Talim jarayonida “maktab repertuari” fanini o’qitishning
nazariy va amaliy masalalari.
Umum ta’lim maktablarda musiqa madaniyati fanini o’qitish jarayonida
ularga zarur nazariy va amaliy bilim, ko’nikma va malakalarni shakillantirish
bilan ularni ma’naviy, axloqiy, badiiy-estetik tarbiyalash musiqiy ta’lim va
tarbiyaning asosiy mazmun va mohiyatini ifoda etadi.maskur jarayonni asosu
turli janrlardagi musiqa asarlarini tinglash va xor bo’lib qo’shiq kuylash
orqali o’quvchilarga musiqa sanatining um miy qonuniyatlari, eng birinchi
galda milliy musiqamizning tarixi, rivojlanishi, an’analari, o’ziga xosligi,
yetakchi janrlari, milliy musiqamizning mahalliy uslublari, og’zaki
san’atdagi folklor (halq musiqasining ommoviy janrlari) halq og’zaki
ananadagi kasbiy (mumtoz va maqom san’ati) musiqa, zamonaviy musiqa
(yevropa musiqauslubiy janrlari va ular negzida shakillangan o’zbek
zamonaviy musiqalari) haqida atroflicha bilim va tushunchalar, eng
ma’lumotlar berishni ko’da tutadi.
O’qituvchilarni nazariy savotxonligini tarkib toptirishda musiqa
asarlarining tuzilishi, uning ifoda vositalari haqidagi bilimlar musiqani ongli
idrok etishga xizmat qiladi.
20
Musiqa darlarining yetakchi faoliyatlaridan bo’lgan jamoa bo’lib
kuylash, ya’nixo’r bo’lib qoshiq kuylash jarayonida turli janr, mavzulardagi
asarlarni o’rganishi bilan bog’liqhalq tizimli asosda voal-xor tarbiyasi
ishlarini olib borilishi natijalarida o’quvchilarda o’quvchilarning vokal ovoz
hosil qilishi, tovushni kuylashyarim yopiq holda kuylash, soz, ansambillikni
his qilishi malakalari shakillanadi. Mashg’ulotlar davrida o’quvchilar
musiqaning ifodaviy “tili” o’zlashtiradilar, matinni ustida ishlash, (diksiya-
nutq talaffuzi) ko’nikmalarini egallaydilar.
O’quv dasturi va dasliklarda joy olgan asarlarni tinglash, ularni
g’oyaviy-badiiy mazmuni bilan tanishish, asarlarni nazariy va badiiy tahlil
qilish, musiqaning yaratilish tarixi, mualliflari, uning rivojlanishga munosib
hissa qo’shgan namoyondalari hayoti va ijodibilan tanishish o’quvchilarning
umumiy musiqiy kamol topishida muhim ro’l o’ynaydi, o’quvchilarda
umummusiqiy
va
musiqiy
nazariy
bilimlar
zahirasi
shakillanadi.
Mashg’ulotlarning tadrijiy bosqichlari davrida o’quvchilar musiqa asarlarni
musiqiy tahlil qilishni o’rganadilar, o’zlarining musiqa tinglash, idrok etish,
undan estetik zavqlanish bilan badiiy tasavvur va ijodiy fantaziyalarini
rivojlantirib boradi.
Shunday ekan, oliy pedagogik ta’lim tizmida bo’lajak musiqa
o’qituvchilarni oliy dargohdagi tahsil olishning barcha bosqichlaridan maktab
faoliyatiga, umumta’lim maktablarining “musiqa madanyati” fani bo’yicha
davlat ta’lim standarti va o’quv dasturi talablari asosida tayyorlab borishi eng
birinchi galdagi ustuvor vazifa hisoblanmog’ kerak.
Pedagogik oliy o’quv yurtlaridagi “musiqiy ta’lim” ixtisosligi rejasiga
kora “maktab repertuari” predmeti uchin umumiy tarzda 123 soat hajmd
mashg’ulotlar o’tilishi rejalashtirilgan. 2008 yilgacha bo’lgan dvrda bu yakka
tartib holda o’tilar edi va bu talabalarni fanni o’zlashtirish uchun ancha qulay
21
hisoblanardi. Hozirgi paytda mashg’ulotlarni guruh holida o’tishga to’g’ri
kelmoqda va bu o’qituvchi uchun ham har bir talabaning cholg’u asbobida
ijro etishi va mustaqil ravishda o’rganib qo’shiqlar kuylashi va o’zini qay
darajada o’zlashtirganligini namoyish etishi va o’qituvchi tamonidan nazorat
qilib borilishi uchun jiddiy to’sqinlik qilinmoqda. Fanni o’qitilishi va talaba
tamonidan o’zlashtirish sifatini pasayib ketishiga sabab bo’lmoqda.
“Maktab
repertuari” fanining bo’lajak musiqa o’qituvchilarini
kelgusidagi, ya’ni umumta’lim maktablaridagi pedagogik faoliyatlarida
tutadigan mavqei vva ularni zamonaviy musiqa o’qituvchisi oldiga
qo’yilayotgan pedagogik talablarga to’liq javob beradigan mutaxasis kadrlar
bo’lib yetishishilaridagi ahamyatiga to’g’ri baho beradigan bo’lsak fan uchun
ajratilgan soatlar hajmini ko’paytirish va mashg’ulotlarni o’tkazilish shakli
haqida jiddiy o’lab ko’rilsa maqsadga muvofiq bo’lar edi.
Musiqa ta’limi, oqitish nazaryasi va holati bo’yicha bizning
tadqiqotlarimiz maqsadiga ko’ra pedagogik kuzatuvlarimiz ilg’o
o’qituvchilarning tajribalarini o’rganish va umum ta’lim maktablari musiqa
o’qituvchilari bilan amaliy muloqotlar shuni ko’rsatadiki oliy o’quv yurtini
musiqiy ta’lim ixtisosligi bo’yicha tugallab maktabda endigina o’z faoliyatini
boshlagan o’qituvchilarni dastlabki ish faoliyatning muvaffaqiyatli yoki
aksincha bolishi, oz’ bilim va malakalarini (asosan cholg’u ijrochiligi
jamoaviy kuylash jarayonidagi) namoyon etaolishlarida ularning talabalik
tahsili davridagi maktab repertuari bo’yicha asarlarni qay darajada
o’zlashtirilganligiga ko’p jihatdan bog’liq boladi va katta ahamyat kasb etadi.
Chuki, oliy o’quv dargohidagi ta’lim jarayonida birinchi sifdan yettinchi
sinfgacha bolgan o’quv dasturlari va darsiklariga kiritilgan, tavsiya etilgan
kuylash va tinglashga taqdim etilgan kuy va qo’shiqlarni puxta
o’zlashtirishlarida doimo yuqori malakali, alohida musiqiy ta’lim
22
ixtisosliklari bo’yicha mutaxasis pedagoglarning (xor-dirijori, vokal
ijrochiligi, cholg’u ijrochiligi an’anaviy va muqom asoslari) komagiga har
vaqt tayanish va ular yordamidan imkoniyatiga ega bo’lishadi. Maktabda esa
bunday imkoniyat bo’lmaydi. Shunday ekan oliy pedagogik ta’lim davrida
bolajak o’qituvchilarni kasbiy tayyorgarligiga qo’yiladigan (Davlat ta’lim
stsndarti boyicha) talablariga javob bera oladigan darajada bilim va malakalar
bilan qurollantirishga e’ttiborni kuchaytirish, o’qitish mexanizimiga
o’zgartirishlar kiritish lozim. Bunday vazifalarni amalga oshirilishi o’lajak
musiqa o’qituvchilarini maktab faoliyatiga tayyorlashning muhim omili
bo’lishi shubhasiz.
Bugingi kunda pedagogik oliy o’quv yurtlaridagi “musiqiy ta’lim”
ixtisosligi o’quv fanlari qatoridagi “maktab repertuari” prdmetini o’qitishda
mutaxasislik fanlari qatoridagi “dirijyorlik”, “vokal ijrochiligi”, “asosiy
cholg’uasbobi”, kabi fanlarni o’qitilishida unumli va o’rinli foydalanish, yani
ushbu fanlar bo’yich talabalarga taqdim etiladigan dasturga albatta maktab
repertuari asarini kiritib borish lozim. Bu o’z navbatida talabalarni maktab
faoliyatiga tayyorlash yo’lida yaxshi samaraga olib keladi.
Yuqori malakali, musiqa nazariyasi, pedagogikasi, metodikasi va
amaliyotidan pyxta bilim va malakaga ega bo’lgan o’qituvchilarni
tayyorlashdek umumiy maqsadlar mushtarakligidan kelib chiqib, ushbu
fanlar bo’yicha talabalarga har bir smestir uchun dastur (repertuar) tanlashda
unga albatta “maktab repertuari” (yani umum ta’lim maktablari “musiqa
madaniyati” fani o’quv dasturi va darsliklariga kiritilgan va bolalar uchun
yozilgan asarlar ko’zda tutilmoqda) kiritish va to’rt yillik tahsil davrida iloji
boricha birinchi sinfadan yettinchi sinfgacha bo’lgan dastur va dasliklardan
o’rin olgan asarlarni o’zlashtirilishiga erishish zamonaviy musiqa
23
o’qituvchisining kasbiy tayyorgarligiga qo’yilayotgan talablarni ro’yobga
chiqarishning muhim sharti hisoblanadi.
Tajriba va kuzatuvlarimiz davomidagi ikkinchi bir xulosamiz shundan iborat
bo’ldiki, maktab repertuarini o’zlashtirishda jiddiy e’tibor talab jihati bu
ko’pgina “musiqiy ta’lim” yo’nalishi bitiruvchilarining kop hollarda “cholg’u
ijrochiligi” predmeti bo’yicha ijro malakalarini (notaga qarab chalish) yetarli
darajada talabga javob beraolmasligidir. Buni biz aynan o’zimiz tahsil olgan
oliy dargoh talabalarini pedagogik amaliyot o’tish davridagi faoliyatlarini
kuzatish chog’ida guvohi bo’ldik. Uchinchi bosqichda va to’rtinchi
bosqichda malakaviy amaliyot o’tayotgan talabalar o’zlariga berkitilgan
musiqa darslarini (sinov darslari) o’tishga tayyorlanar ekanlar, ularni eng
jiddiy va “qiyin” ahvolga tushishiga sabab bo’lgan muammo bu ularning
cholg’u ijrochiligi bo’yicha tinglash va kuylash uchun lozim bo’lgan musiqa
asarlarini jo’rnavozchi yoki tinglash uchun tanlangan asarni yuqori badiiy
saviyada mahorat bilan ijroetishdagi no’noqligi, yoki tez o’zlashtira
olmasliklarida ko’rinadi. Jamoa bo’lib qo’shiq kuylash va musiqa tinglash
jarayonida talaba o’zining ushbu yo’nalishlarda iqtidorini yetarli namoyon
etaolmasliklari darslarni sifat va samaradorligiga jiddiy putur yetkazilishiga
olib keladi. Bunday holatning tub sabablarini tahlil qilish bizning
tadqiqotimiz maqsadiga kirmasada, bu borada o’zimizning ayrim fikr,
mulohaza, taklif va tavsiyalarimizni bildirib o’tishni lozim deb topdik:
1.Umum ta’lim maktablardagi “musiqa madaniyati” fani bo’yich
beriladigan asosiy bilim va tushunchalar musiqa tinglash, jamoaviy ijrochilik,
musiqa savodi faoliyatlarida o’quvchilarga yetkaziladi. Ayniqsa, musiqa
tinglash faoliyatidagi turli janrlardagi asrlarni tinglash, ularni janr
xususiyatlari, tuzilishi, shakli, lad-tanalligi, asardagi nota yozuviga oid
qoidalar, musiqaning g’oyaviy badiiy mazmuni, mualliflari haqidagi
24
ma’lumotlar, suhbat, tushuntirish o’quvchilarni musiqiy-nazariy bilimlarini
o’zlashtirishda muhum omil bo’lib xizmat qiladi.
Lekin, bu o’rinda shu narsani etirof etish kerakki, dasrda asosiy
ko’pchilik holatda tinglanadigan musiqa asarini o’qituvchi tamonidan ijro
etilishi, o’qituvchidan anchamurakkab va profissianal mahoratni talab etadi.
Maktablarni to’liq “fonetika” lar bilan taminlanmaganligi, zarur musiqa
yozuvlarini yo’qligi ham asarlarni o’qituvchi ijrosida tinglanishini taqozo
etadi. Asarlarning murakkablik darajasi (xalq kuylari, mumtoz va maqom
namunalarini tinglash) ga ko’ra barch tavsiya etilgan asarlarni cholg’u
asbobida (qashqar rubobi, dutor, g’ijjak, akkordion va hakazo) badiiy
jihatdan tasirchan ijro etish uchun to’rt yillik tahsil davomida olingan bilim
va malakalar ko’pincha yetarli bo’lmaydi yoki kutilgan natijaga erishish
imkonini bermaydi. Shuning uchun pedagogika oliy o’quv yurtidagi o’qish
davrida maktab repertuari bo’yicha asarlarni “xor va xorshunoslik
asoslari”, “vokal ijrochiligi”, “cholg’u ijrochiligi”, “dirjorlik” va “maktab
repertuari” mashg’ulotlarida izchil o’rganib, o’zlashtirib borish talabalarni
keyingi mustaqil kasbiy faoliyatida, yani maktibda o’qituvchi bo’lib ishlash
jarayonida qo’l keladi va o’zining ijobiy samarasini beradi.
Pedagogika oliy o’quv yurtlaridagi tahsil davrida talabalarni “maktab
repertuari” puxta o’zlashtirib borish uchun keng imkoniyatlar mavjud. Faqat
bu imkoniyatlardan foydalanish uchun bir qator masalalarga e’tibor qilish,
ijodiy yondoshuv, tashabbus ko’rsatish lozim bo’ladi.
- avvalo, “maktab repertuari”ni o’zlashtirish faqatgina shu fan doirasda
cheklanib qolmasligi balki, “vokal ijrochiligi”, “cholg’u ijrochiligi”, “xor
ijrochiligi”, “dirijorlik” mashg’ulotlarida smestr dasturlariga kiritilib borilishi
kerak. Umum ta’lim maktablarining “musiqa madanyati” faning o’quv
25
dasturi va darsliklarga kiritilgan kuylash va tinglashga mansub asarlar ushbu
fanlar doirasida o’rganilishini yo’lga qo’yish lozim.
- “maktab repertuari” ga kiritilgan musiqiy asarlar namunalarini
o’rganish va o’zlashtirishdan ko’zlangan maqsad talabalarga to’gri
tushuntirilishi va ularni bu faoliyatlarga to’g’ri munosabatini shakillantirish,
qiziqish va ishtiyoq uyg’otish;
- talabalarga “maktab repertuari”ga kiritilgan asarlarni o’zlashtirish
jarayonida birinchi navbatda asar haqida to’liq malumotlarni ham o’zlashtirib
borishlariga etibor qaratish talabalarni asarni o’rganish davomida umumiy
musiqiy va nazariy bilimlarini ham mustaqil egallab birishlariga yaxshi
imkoniyat yaratidi. Bunday tarzda tashkil etilgan ta’lim jarayoni talabalarda
o’qituvchi sifatida ish tutish ko’nikmalarini egallab borishlariga ham samarali
ta’sir etadi;
- “maktab repertuari” bilan ishlash jarayonida talabalarga musiqa
o’qituvchilari uchun berilgan erkin repertuar tanlash imkoniyatidan kelib
chiqib bu fanni o’zlashtirishga ijodiy yondashish ularning kelajakdagi
o’qituvchilik faoliyatida muhum o’rin tutishini tushuntirish va ularni mustaqil
ravishda tavsiya etilgan asarlar mavzusi, mazmuni, janri, murakkablik
darajasi, o’quvchilarning (sinflar kesimida) ovoz imkoniyatlariga mos
keladigan asarlarni tanlab, o’rganib borishlariga olib keladi;
- “maktab repertuari” bilan ishlashni bosqichma-bosqich, tizimli
ravishda amalga oshirib borish lozim. Bunda 1-7-sinflar o’quv dasturi va
darsliklarga kiritilgan namunalarni chorak, yil mavzulariga mosligi nuqtai-
nazaridan o’zlashtirib borilishiga erishish.
Su o’rinda “maktab repertuari”ni o’rganish davomida talabalar
bilimlarni egallashlari, qanday darajada amaliy ijrochilik konikma va
malakalar hosil qilishlari lozim degan savol tug’ilish tabiiy. Bunga qisqa
26
tarzda bo’lsada davlat ta’lim standari va o’quv dasturi talablaridan kelib
chiqqan holda to’xtalib o’tishni joiz deb bilamiz;
- talabalarni imkon qadar umum ta’lim maktablarining “musiqa
madanyati” predmeti 1-7 sinf dasturidan o’rin olgan kuy-qo’shiqlarni
o’zlashtirishlari lozim;
- 1-2-sinf dasturlaridan o’rin olgan tinglash va kuylash uchun tavsiya
etilgan 8-10 ta asarlarni ifodali, badiiy ijro etish;
- o’z-o’ziga jo’r bo’lib kuylashning dastlabgi malakalarini egallash;
- oddiy o’lchovdagi vokal, cholg’u, dirijyorlk bo’yicha berilgan oddiy
o’lchovdagi va ijrosi o’ta murakkab bo’lmagan, o’rtacha tez sur’atdagi 3-4 ta
asarni o’rganishlari, ovoz yuritish, vokal ovoz hosil qilish ( vokal-xor
malakalari ), intonatsiya, diksiy kabilarga rioya qilgan holda o’zlashtirishlari,
bundan maqsad kelgusida o’quvchilarni xor bo’lib kuylashga o’rgatishga
o’zini tayyorlash;
- Oddiy jo’rnavozlikni turlari bilan tanishish, xor asarlarining ayrim
partiyalarini yoddan ijro etish, xor yoki yakka xonanda ijrosini boshlash
auftakt, nafas olish, nafasni tejamkorlik bilan sarflash, kerakli o’rinlarda
nafas olish, tovush hujumi (atakosi), soz (musiqa tovushiga, o’qituvchi
ovoziga sozlanish), ansambillik (garmonik, melodik, temp va hakozolar)
malakalarini egallash va mustahkamlab borish;
- musiqa asarlarning transpozitsiya qilishning dastlabki amallari,
usullarini egallash garmonik ketma-ketlikning asosiy aylanishlarini bilish;
(kichik sekunda yuqoriga va pastga).
- do major, re major, fa major, lya minor, re minor tonalliklarida
gormonizatsiya qilish;
- birinchi va ikkinchi sinf dasturidan o’rin olgan 6-7 ta asarni (qo’shiq,
kuy, kichik pvessalar) loyhali o’rganish va ijro etish;
27
- kichik hajimli, turlicha suratlarda yozilgan oddiy shakdagi asarlarni
notaga qarab chalaolish (varaqdan o’qish, solfedjiolash) kalit, kalit
oldibelgilarini aniqlash, asarlarni nazariy vokal xor jihatdan tahlil qilish
malakalarini egallash;
- birinchi va ikkinchi maktab repertuaridan 2 ta asarni yozma tahlil
qilish, 2 ta 3 ta asarni og’zaki tahlil qilish;
2. Uchinchi va tortinchi sinf dasturlari bo’yicha:
- 6-8 ta asarlarni cholg’u asbobida erkin ijro etishvokal kuylash va xor
bilan ishlay olishga tayyrlash;
- asarlarning musiqiy tvush, tasvir vositalarini ifodalay olish, registr,
tema (mavzu), ritm, lad-tonalliklarini tuzish orqali ularni mazmuni va
mohiyatini tushintirishga oid uslublardan xabardor bo’lish;
- kontrast asarlarni ikki qisimini yoki bir asarni ikkinchi asarbilan
solishtirib ko’rish (ronda, variatsiya, sonata, romans, polka, qo’shiq, lapar,
yalla, alla va hokazo).
- jo’rnavozlikning turli ko’rinishlarini, vokal-xor asarlaridagi murakkab
jo’riklarni amalda ifoda etish;
- cholg’u asbobida chalish davomida o’quvchilarni xor bolib yoki yakka
tarzda kuylashni boshqarish, imo-ishoralar (mimika) ijroni boshlash, nafas
olish, uni sarflash, ijroni tugallash, ko’z ishoralari orqali (xor bo’lib kuylash
jarayonida) sinf bilan mulorotda bo’lish emotsionallikni xilma-xil usullarini
egallash;
- vokal kuylash, jo’r bo’lib kuylash, dirjoelik elementlari, vokal
asarlarini badiiy bezash elementlarini o’zlashtirish, amalda qollay bilish;
- 3-4 sinf o’quv materiallari asosida ikki ovozli asarni trnepozitsiya
qilish;
28
- 3-4 sinflar uchun dastur talablariga mos vokal-xor malakalari, kuy
parchalari, ayrim asarlarni murakkab taktlarini kuylash, to’ttadan oltitagach
asarni loyihali o’rganish;
- Notadan o’qish (solfedjiolash) malakalarini shkillantirib borish
ishlarini davom ettirish, garmonik faktura, temp va boshqa qiyinchiliklarni
bartaraf eta olish;
- maktab repertuari asarlarini metodik, didaktik jihatdan qayta ishlash;
- qo’shiqni uslubiy tahlil qilish uni o’qituvchi tamonidan dasrga
tayyorlash, o’rganish rejasini tuzish, musiqa tinglash ishlarini bosqichlarga
bo’lib ramalashtirish (tayyorini pedagogik tahlil qilish);
- kuylash bo’yicha bir asarni, musiqa tinglash bo’yicha bir asarni yozma
tahlil qilish, musiqa asarlarni ijro etib ko’rsatish (namoyish qilish) va yuqori
saviyada badiiy ifoda etish, namoyish qilish yo’’arini og’zaki tahlilqilish;
Do'stlaringiz bilan baham: |