Shixtani hisoblash. Shixtani tashkil etuvchilarini miqdoriy ulushini hisoblash eritilayotgan qotishmani kimyoviy tarkibiga bog‘liq.
Shixta komponentlarining kimyoviy tarkibini aniq olish murakkab. Shuning uchun ularga dopusk qo‘yib, o‘rtachaqiymati aniqlanadi va tahminlanadi. Har bir komponent uchun o‘rtacha kimyoviy tarkib bo‘yicha hisob qilinadi. Lekin hisobni shunday olib borish kerakki, qotishmaning mexanik va quyma hossalari yuqori bo‘lishi lozim.
Quyish davrida bahzi komponentlarni qaytmasdan yo‘qolishi kuzatiladi. Bu hodisaga quyish – ugar deyiladi. Ular shu komponentni oksidlanishi, bug‘lanishi, hamda futerovka (qoplama) va shlak bilan o‘zaro tahsiri natijasida vujudga keladi.
Shuni qayd qilish kerakki, bahzi elementlar quymani pech futerovkasi bilan, yoqilg‘i bilan, shlak bilan o‘zaro tahsiri natijasida ko‘payishi ham mumkin.
Shixtani hisoblash usullari asosan uchta:
Grafik usuli.
Analitik usuli.
Tanlash usuli.
Tanlash usuli sodda, qulay va hisoblash uchun ko‘p talab qilmaydi.
Tanlash usuli. SCH21-40 markali cho‘yanni eritib qo‘yish uchun shixtani optimal tarkibini hisoblab aniqlash talab etiladi. Eritilayotgan cho‘yanning kimyoviy tarkibi quyidagicha: S=(3-3,6)%; Si=(1,6-2,0)%; Mn=(0,5-0,8)%. Shixtani quyidagi materiallardan tayyorlash lozim. Ularning kimyoviy tarkibi va tannarxi quyda berilgan.
Shixta materiallarini tarkibi va qiyomati
Ko‘p yillik tajribalardan mahlumki, sifatli cho‘yan olish shixta tashkil etuvchilarini – komponentlarini quyidagi miqdorda olish ruhsat etiladi: po‘lat lom – (15-24)%; cho‘yan lom – (20-35)%; cho‘yan LK2 – (15-20)%; Quyush davridagi kuyundiga aylanishi: Si uchun – 10 %, Mn uchun – 15%. Talab qilingan kimyoviy tarkibdagi yao‘yanni olish uchun lozim bo‘lgan shixtaning har-bir tashkil etuvchisini-komponentini miqdorini hisoblab topish bizning maqsaddir. Lekin, tannarxi eng kam bo‘lishi kerak.
Hisob-kitobni 100 kg og‘irlikdagi shixta uchun olib beramiz.
Barcha chegaralanishlarini quyidagi ko‘rinishda ifodalash mumkin.
1. Kimyoviy tarkibi bo‘yicha
Uglerod bo‘yicha: S:№,0 ≤(0,30x1+3,6x2+3,81x3+3,93x4)≤3,6 Kremniy: Si:1,6 ≤(0,20x1+2,0x2+2,43x3+1,61x4) ≤2,0 Marganets: Mn: 0,5≤(0,40x1+0,50x2+0,54x3+0,61x4) ≤0,8 2. Komponentlarning miqdori bo‘yicha: