Alisher navoyi nomidagi samarqand davlat universiteti


Ko`chmanchi xalqlar tarixini o`rganish va uning tarixshunosligi



Download 1,63 Mb.
bet64/227
Sana19.09.2021
Hajmi1,63 Mb.
#178483
1   ...   60   61   62   63   64   65   66   67   ...   227
Bog'liq
Тарихшунослик ва манбашунослик мажмуа

4. Ko`chmanchi xalqlar tarixini o`rganish va uning tarixshunosligi.

Ko`chmanchi xalqlar tarixini o`rganish va uning tarixshunosligi hozirgi zamon tarixshunosligining dolzarb muammolaridan biridir. Ushbu muammoni, taniqli olim Bo`riboy Ahmedov «Tarixdan saboqlar» (T., 1994) asarida tahlil qilishga harakat qiladi.

XIII asrning ikkinchi yarmida Dashti qipchoqning katta qismi, xususan, Oq O`rda va Shaybon ulusida ko`chib yurgan turk-mo`g`il qabilalari «o`zbeklar», bu bepoyon hudud esa «O`zbeklar viloyati» deb atala boshladi. Bundan o`zbeklar Dashti qipchoqda faqat XIV asrning ikkinchi yarmidan paydo bo`lgan, degan xulosa kelib chiqmaydi. Hozirgi o`zbeklar, shuningdek qozoqlar, qoraqalpoqlar, boshqirdlar, tatarlar va boshqa turkiyzabon xalqlarning ota-bobolari qadim zamonlardan shu xalqlar hozirgi yashab turgan hududda hayot kechirganlar.

Mas`ud ibn Usmon Qo`histoniyning «Tarixi Abulxayrxoniy» nomli tarixiy asarida ko`chmanchi o`zbeklar va ularning XV asrda tashkil topgan davlati to`g`risida qimmatli ma`lumotlar bor.

Kamoliddin Binoiyning (1453-1512) «Shayboniynoma» asarida ham XV asrning 80-yillarida Shayboniyxon tevaragida uyushgan qabilalar orasida shodboqli qabilasi bo`lganini yozadi.

Mahmud ibn Vali (1596-16….) «Bahr ul-asror fi manoqib ul-aqyor» «Oliyjanob kishilarning jasorati haqida sirlar dengizi») nomli asarida yozilishicha, ko`chmanchi o`zbeklar qo`shinida uyrot, mojor va qipchoqlarning lashkarlari ham bo`lgan.

Abulxayr Fazlulloh Ro`zbehoning «Mehmonnomayi Buxoro» degan asarida ham o`zbeklar haqida qimmatli ma`lumotlar uchratamiz. Uning fikricha o`zbeklar (ko`chmanchi o`zbeklar) asosan uch toifadan, ya`ni qabilalar ittifoqidan: Shaybon ulusiga kirgan qabilalar (Shayboniyon), qozoqlar va mang`itlardan tashkil topgan.

Ko`chmanchi o`zbeklar davlati o`sha vaqtda hozirgi Qozog`istonning katta qismi va Janubi-G`arbiy Sibir’ ustidan o`z hukmronligini o`rnatdi. Tarix fanida bu davlatning tashkil topishi, taraqqiyoti va inqirozga yuz tutishi, shuningdek, ana shu bepoyon hududda XV asr davomida ko`chib yurgan turk-mo`g`ul qabilalarining ijtimoiy-siyosiy hayoti hanuzgacha chuqur o`rganilmagan.

Umuman ko`chmanchi xalqlar tarixi – nomadizm tarixshunosligi deb ataladi. Shu sababdan, shubhasiz, o`zbeklar tarixida mo`g`illar istilosidan keyin tuzilgan birinchi davlat tarixini o`rganish nafaqat o`zbek xalqining, bugungi qozoq xalqining ham bir xalq bo`lib tashkil topishi masalasini to`g`ri tushunish uchun katta yordam berishi mumkin.


Download 1,63 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   60   61   62   63   64   65   66   67   ...   227




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish