3. O`rta Osiyoda IX-XII asrlarda madaniy uyksalish tarixshunosligi.
Arab xalifaligi tarkibiga kirgan xalqlarning iqtisodiy va madaniy taraqqiyotidagi katta tafovutlar, mahalliy aholi va bosqinchilar o`rtasidagi ziddiyatlarning tobora kuchayib borishi tufayli Movarounnahrda Somoniylar (819 y) hokimiyat tepasiga keldilar. Bu hol mamlakatning iqtisodiy va madaniy yuksalishiga yo`l ochdi.
Movarounnahr maxsus geografik termin sifatida arablar o`rtasida VII-VIII asrdan, aniqrog`i, arab istilolari boshlanish davridan ma`lum va «Daryo orqasidagi (Amudaryo ortidagi) erlar» ma`nosini anglatgan.
Darhaqiqat, shundan boshlab Movarounnahrning shon-shuhrati jahonga namoyon bo`ldi. Movarounnahr ilmu ziyo markazi sifatida butun dunyogav etildi. U islom ulamolarini etishtirgan, xususan, tarixshunos va geograf olimlar Vatani sifatida olamda shuhrat qozongan muqaddas yurtdir. Vatanimizning IX-XII asrlaridagi madaniy yuksalishini tarixshunoslar sharq uyg`onish davriga mengzaydilar.
Bo`riboy Ahmedovning «O`zbekistonning atoqli tarixshunos olimlari» (Toshkent, 2003) risolasida O`zbekistonda VIII-XIX asrlarda yashab ijod etgan tarixshunoslar, ularning ilmiy faoliyati va muhim asarlariga qisqacha to`xtalib o`tiladi. Risola ikki qismdan iborat. Birinchi qismga tarixshunos va geograf olimlar kiritilgan bo`lib, ikkinchi qismida biograf olimlar va ularning muhim asarlari (tazkiralari, manoqiblari) haqida umumiy ma`lumot beriladi. Risolada IX-XII asrlarda yashab, ijod qilgan 8 ta yirik, madaniy yuksalishga hissa qo`shgan, tarixshunoslar haqida ma`lumotlar beriladi. Bular quyidagilardir: Abu Abdulloh Muhammad al-Xorazmiy – VIII-IX asrlarda (789-850 yy.) o`tgan xorazmlik qomusiy olim. Al-Xorazmiyning tarixiy asari – «Kitob ut-tarix» bo`lib, ayrim parchalari at-Tabariy (839-923 yy.) va Ibn-al-Asir (1160-1234 yy.)ning kitoblari orqali bizgacha etib kelgan.
Bal`amiy – X asrda o`tgan buxorolik tarixnavis va davlat arbobi. Somoniylar qo`lida vazir vazifasida xizmat qilib, Tabariyning «Tarix ul-anbiyo» va – r-rasul va-l-xulofo» nomli asarini fors tilida muxtasar qilib qaytadan yozgan, natijada asardan foydalanish osonlashtirilgan.
Abu Nasr Muhammad Utbiy (961-1022 yy.) X asrning yirik arabiynavis tarixshunos olimi. «Tarixi yaminiy» (Yamin-arab, o`ng qo`l; Sulton Mahmudga xalifa al-Qodir (991-1031) tarafidan berilgan) nomli asarni yozgan. Asar o`rta asr tarixshunosligiga oid va xos og`ir uslub-saj bilan yozilgan.
Abu Hafs an-Nasafiy (1142-43 yy. vafot etgan) Samarqandlik tarixchi olim. Uning «Kitob ul-qand fi tarixi Samarqand» nomli asari mavjud. Bu asarda Samarqandning osoru atiqalari va ulamolarining tarjimai holi haqida ma`lumotlar beriladi.
Baxtga qarshi asarning arabcha nusxasi saqlanmagan. Bizgacha etib kelgani «Kichik qandiya» nomi bilan ataladi.
Sam`oniy XII asrda yashab o`tgan mashhur qomusiy olim. Sam`oniy o`zidan katta yodgorlik qoldirib ketgan. U ikkita yirik asar «Kitob ul-ansob» («Nasablar haqida kitob») hamda yigirma jildlik «Tarixi Marv» kitoblarining muallifidir.
Xullas, IX-XII asrlardagi yuksalish uzoq davrlar mobaynida taraqqiy etib kelayotgan turmush madaniyatiga ega bo`lgan xalqlar hayotida yuz beradi.
Do'stlaringiz bilan baham: |