3. Jahon tarixi fani tarixshunosligini o’rganishni rivojlantirishning asosiy tamoynlari.
O`zbekistonda taraxshunoslik fanining rivojini jahon xalqlari tarixini o`rganmasdan tasavvur qilibbo`lmaydi, albatta. Shuning uchun jahon mamlakatlari, xususan g`arb davlatchiligi tajribasi to`g`risida, uning davlatchilik an`analargi haqida gap kelganda nusxa ko`chirish emas, balki umuminsoniyat ahamiyat kasb etgan tamoyillarni milliy davlatchilik an`analari bilan uyg`unlashtirish nazarda tutiladi. Biz Angliya, Frantsiya, GFR, RF va boshqa davlatlar tarixini o`rganar ekanmiz o`zimizning davlatchiligimiz tarixshunoslik haqida ham mushoqada qilishimiz mumkin.
Shunday qilib, O`zbekiston Respublikasi siyosiy tizimlarining shakllanishi bir tomondan chuqur milliy tarixiy ildizlar asosida kechayotgan bo`lsa, ikkinchi tomondan jahon, qolaversa G`arb dunyosining eng maqbul tajribalarini o`zlashtirishning zamirida sodir bo`lmoqda. Bu jarayon ham O`zbekistonning jahon hamjamiyati bilan nechog`liq integratsiyalashuvini nanoyish etmoqda.
Agar biz O`zbekiston tarixini mustaqil davlat tarixi sifatida ko`rishni istasak, unga jahon tarixi bilan bir butunlikda qarashimiz zarur. Uning uchun esa har bir tarixnavis oldigi chet el tarixshunosligini albatta bilish va undan foydalanish talabini qo`yishimiz kerak. Biror – bir muammo tadqiqi faqat mamlakatimiz adabiyotlarigagina asoslanib qolmasligi darkor. Binobarin, faqat ichki emas, balki tashqi manbalardan (masalan arxivlar, taqdir taqozosi bilan chet elda voqealarning bevosita ishtirokchisi bo`lganlarning xotira materiallaridan) ham foydalanish taqoza etiladi. Ham mahalliy, ham chet el manba va adabiyotlarini bilish tadqiqotchini eng xolis xulosalar chiqarish uchun kuchli vosita bilan ta`minlaydi.
Jahon tarixi fani tarixshunosligini o`rganishni rivojlantirishning yana bir tamoyili – tarixshunoslik ilmining ahamiyati va o`rni, sobiq sho`ro davrida bibliografiya yozish bilan cheklangan bu sohago endilikda muhum ahamiyatga ega vazifalar yuklanganligidir. Bu vazifalar tarix fani taraqqiyot yo`nalishlari va istiqbollarning aniqlash, bu taraqqiyoti ta`sir etuvchi muhim omillar, ijtimoiy-siyosiy tuzim, davlatning fanga munosabati, hur fikrlik imkoni, hukmron mafkuroning ta`sirini o`rganishdan iborat. Shuningdek tarixshunoslik tadqiqodlari muhum va dolzab muammolar haqida fanda shakillangan ilmiy qarashlar munozarali va mavhum masalalarni ham aniqlash imkoni beradi. Bu esa o`z navbatida vatanimiz haqida nafaqat o`z xalqimiz yurtimizda, balki butun jahonda shakllangan tarixiy bilimlar tasafurini aniqlash va tahlil etish imkoni beradi. Demak, jahon tarixi fani tarixshunosligini o`rgarish va rivojlantirish birinchi navbatda manbalarni chuqur o`rganish, eski o`zbek yozuvi, arab, fors, tillari mutaxassislarini mujassamlashtirishni talab qilsa, ikkinchidan ingiliz, frantsuz, nemis tarixshunosligiga ixtisoslashgan kadrlarni etishtirishni talab etadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |