Alisher navoyi nomidagi samarqand davlat universiteti


Buxoro xonligi tarixnavisligi



Download 1,63 Mb.
bet173/227
Sana19.09.2021
Hajmi1,63 Mb.
#178483
1   ...   169   170   171   172   173   174   175   176   ...   227
Bog'liq
Тарихшунослик ва манбашунослик мажмуа

4. Buxoro xonligi tarixnavisligi.

O`zbek davlatchiligi tarixida Buxoro xonligi davri uchta sulola hukmronlik qilgan yillarni o`z ichiga qamrab oladi. Bu Shayboniylar (1500-1601 yy.), Ashtarxoniylar (1601-1756 yy.) va mang`itiylar sulolasi (1776-1920 yy.) hukmronligi bo`lib, har bir shajaraning taxtni egallab turgan yillari tarixini o`rganish tarixshunosligimizning dolzarb vazifalaridan biridir.

Sharq tarixining ulkan tadqiqotchisi akademik V.V.Bartol’d «O`rta Osiyoning ikkinchi quruvchisi» deb baho bergan hukmdor – bu XVI asrda hukm surgan askarboshi hamda buyuk davlat arbobi, shayboniylar sulolasidan Abdullaxon II dir. Agar Muhammad Shayboniyxon O`zbekiston va o`zbek xalqi tarixida shayboniylar davlatining asoschisi, Ubaydullaxon I uning mustahkamlovchisi sifatida tanilgan bo`lsa, Abdullaxoni soniy siyosiy tarqoqlikni tugatish va markazlashgan davlatning quruvchisi bo`lib kirdi. Yoki, Ahmad Donish ta`biri bilan aytganda: «Hijriyning har yuzinchi, minginchi yillarida davlat va jamiyatni yangilovchi hukmdorlar vujudga kelib turadi. Bir minginchi hijriyning boshlarida Buxoroda yangilovchi bo`lib Abdullaxon maydonga keldi».

Bugungi kunda, yirik huquqshunos olim, professor Ziyodulla Muqimov ta`biri bilan yondoshilganda ham «U o`z hukmronlik yillari markazlashgan davlat timsolida farovonlik, Turkistonda tartib va madaniyatni ta`minlagan hakmdor sifatida shuhrat topib kelmoqda».

Abdullaxon soniy zamonida tarixshunoslik sohasida ham ko`zga ko`rinarli asarlar yaratilib, bunga misol tariqasida Buxoroda yashab ijod qilgan Hasanhoji Nisoriyning «Muzakkiri ahbob» asarini («Do`stlar yodnomasi») keltirib o`tish mumkin. Bu asarda XVI asrda Movarounnahrda, shuningdek, Afg`oniston, Hindiston, Eron, Turkiya va Qoshg`arda yashab o`tgan 228 nafar shoir haqidagi ma`lumotlar jamlangan. Ular orasida o`z asarlari bilan o`zbek va tojik adabiyoti rivojiga ulkan hissa qo`shgan Bobur, Hiloliy, Majlisiy, Xoja, Shayboniy, Uvaysiy, Komron, Bayramxon, Mushfiqiy kabi yirik so`z san`atkorlari to`g`risida qimmatli ma`lumotlar bor. Abdullaxon Ikkinchiga ma`lumotlar bor. Abdullaxon Ikkinchiga bag`ishlab yozilgan bu asar Davlatshoh Samarqandiyning «Tazkirat shuaro», Alisher Navoiyning «Majolis un-nafois» asarlaridan keyin «uchinchi tazkira» hisoblanadi va XVI asrda O`rta Osiyo, Eronu Hindistondagi adabiy muhitni va adabiy hayotning boshqa masalalarini yoritishda katta ahamiyat kasb etadi.

Shayboniylar davrida tarixnavislik sohasidagi katta yutuqlardan biri, bu katta ilmiy qimmatga ega bo`lgan, xususan Muhammad Solihning «Shayboniynoma», Mirzo Muhammad Haydarning «Tarixi Rashidiy» asarlarini alohida ta`kidlab o`tish joizdir.

Albatta tarix ilmining rivojini boshqa ilm-fanlar taraqqiyotisiz tasavvur qilib bo`lmaydi. Bu davrda Movarounnahrda musavvirlik, xattotlik, musiqa san`ati, fiqh hamda ko`pgina aniq fanlar: tibbiyot, mantiq, handasa (geometriya) va ilmi hay`at (astronomiya) sohalarida ham anchagina yutuqlar qo`lga kiritildi. «Muhammad amali shabaka» (1550), Bobokalon mufti Samarqandiyning «Risola dar ilmi hisob», «Vasiyat bar chahor qism», Muhammad Husayn Minajjim Buxoriyning «Ma`rifati samti qibla» va boshqa asarlar bu davrda aniq fanlardagi yuksalishdan dalolat beradi.

Shayboniylar davrida Buxoro xonligida, tibbiyot sohasida yozilgan asarlar, ayniqsa kuchaydi. Ularda ilgari surilgan davo usullari, tashxis qo`yish, dorilar tayyorlash o`rta asr musulmon sharq tibbiyotiga xos ilg`or an`analar XVI asrda ham davom etganidan dalolatdir.

Xullas, Buxoro xonligda Shayboniylar sulolasi hukmronligi yillarida Turon zaminida azaldan mavjud bo`lgan madaniyatga homiylik qilib, uni yanada yangi bosqichga ko`tardi.


Download 1,63 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   169   170   171   172   173   174   175   176   ...   227




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish