Alisher navoyi nomidagi samarqand davlat universiteti


Abulg`ozi Bahodixon va uning «Shajarai turk» asari



Download 1,63 Mb.
bet171/227
Sana19.09.2021
Hajmi1,63 Mb.
#178483
1   ...   167   168   169   170   171   172   173   174   ...   227
Bog'liq
Тарихшунослик ва манбашунослик мажмуа

2. Abulg`ozi Bahodixon va uning «Shajarai turk» asari.

O`zbekiston tarixi Xorazm tarixisiz tasavvur etib bo`lmaydi. Chunki, O`zbek xalqi hamda uning davlatchiligi, madaniyati shakllangan beshiklaridan biri – bu qadimiy Xorazm vohasidir.

Xorazmda hukm surgan Shayboniylar sulolasi (1512-1688)ning ko`zga ko`ringan vakili, Xiva xoni (1644-1663), tarixchi olim, tabib Abulg`ozi Bahodirxondir.

Abulg`ozixon murakkab siyosiy-ijtimoiy rivojlanish jarayonida, qaltis vaziyatda, shiddatli kurashlar oqibatida Xiva taxtiga o`tirdi. U davlat boshlig`i sifatida feodal siyosiy tarqoqlikni tugatish, markazlashgan davlat hokimiyatini tuzish va uni mustahkamlash, mamlakat mustaqilligini ta`minlash uchun kurash olib bordi.

Abulg`oziy vafotidan so`ng, xon hokimiyati zaiflashib ketdi. Inoqlar, davlat siyosatida u yoki bu shahzodani «xon ko`tarish o`yini» natijasida, o`z ta`sirini kuchaytirib bordilar. «Shayboniy xonlaridan Abulg`oziy xondan keyin, - deb yozadi Mulla Olim Maxdum Hoji, - xonlar podshohligidan yolg`iz ismi podshohlikka qanoat qilib qo`llarida aslo hukumat va tasarruf bo`lmay, inoqlar ra`yicha ish va alarning kalomi ila takallum qilib … inoqlar xonbozlik qilur edilar».

Taniqli venger olimi H.Vamberi: «Abulg`oziy o`z hayotining barcha qirralari bilan birga bizga Boburni eslatadi», deb baho bergan edi. Agar shoir va olim Zahiriddin Muhammad Bobur XV asrda eski o`zbek-chig`atoy tilida olamshumul ahamiyatga ega «Boburnoma» asarini yaratib, o`zbek xalqi va uning adabiy tili taraqqiyotiga beqiyos hissa qo`shgan bo`lsa, Abulg`ozi XVII asrda turkiy tilidagi tarix fanining yorg`in uylduzi bo`lib qoldi. Uning bu boradigan xizmati markazlashgan davlat tuzish kabi buyukdir.

Bir necha tilni mukammal bilgan Abulg`ozi o`sha davr udumlariga ko`ra arab, fors tillarida emas, turkiy tilda ijod qildi. «Bu tarixni yaxshi va yomon barchalar bilsun» deb turkiy til birlan aytdim. Turkiyni ham andoq aytubmanki, bet yoshar o`g`lon tushunur». Uning ana shunday asarlaridan biri «Shajarai tarokima», deb atalib, bu asar turkmonlarning boshliqlari va beklari iltimosiga ko`ra «1658-1611 yillarda yozilgan», deb taxmin qilinadi. Ushbu asar 1958 yilda akademik A.N.Kononov (1900-1986) tarafidan tanqidiy matni, ruscha tarjimasi va ilmiy tadqiqi bilan Sankt-Peterburgda chop etilgan. Hozirda zamonaviy o`zbek tilida ham nashr etildi.

Abulg`oziyning ikkinchi asari «Shajariy turk va mo`g`ul» deb atalib, 1664 yilda yozila boshlagan va vafoti tufayli tomomlanmay qolgan. Asar Abulg`ozining vasiyati va o`g`li Anushaxonning topshirig`i bilan Mahmud ibn Muhammad Urganjiy tomonidan tugallangan.

Mazkur asar qisqacha muqaddima va 9 bobdan iborat bo`lib, Odam atodan to turklarning Mo`g`ulxongacha va undan Chingizxon, Shayboniyxongacha bo`lgan davrda ularning Movarounnahr, Sharqiy Turkiston, Mo`g`ulistonda hukm surgan avlodlari shajarasi, shu davrlardagi ba`zi ijtimoiy-siyosiy voqealar tasvirlanadi. Asarning so`nggi IX bobida Xorazmda hukm surgan Shayboniy sulolalar haqida so`z borib, eng qimmatli qismini tashkil qiladi. Unda turk-mo`g`ul qabilalari, ularning kelib chiqishi, nomlarining mazmuni, yashash joylari to`g`risida ma`lumotlar keltiriladi. Asardagi tarixiy-siyosiy ma`lumotlar ichida Shaybon ulusi, uning vujudga kelishi va chegaralari, XV asrning oxiri va XVI asrning boshlarida bu ulusning holati, Xorazmning XVI-XVII asrning birinchi yarmidagi ijtimoiy-siyosiy ahvoli, Xiva xonligining Russiya, Qozoq hamda Buxoro xonliklari bilan munosabatlari yoritilgan o`rinlar O`zbekiston tarixi tarixshunosligining masala va muammolarini tadqiq qilishda juda qimmatlidir.

Mazkur asar Abulg`ozixonni tarixchi olim sifatida olamga tanitdi. U XVIII asrdan Evropa tillariga tarjima qilina boshlandi. Nihoyat, 1992 yilda asar hozirgi zamon imlosida B.Ahmedovning so`z boshisi, mas`ul muharrirligida nashr etildi.

Yuqorida keltirilganlarning o`zi Abulg`ozi Bahodirxon va uning asarlari tarixshunoslik faniga ulkan hissa qo`shgan buyuk shaxs sifatida qaralishiga imkon beradi.


Download 1,63 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   167   168   169   170   171   172   173   174   ...   227




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish