Amir Temur va Temuriylar davri madaniyati



Download 17.22 Kb.
Sana09.09.2017
Hajmi17.22 Kb.

Aim.uz

Amir Temur va Temuriylar davri madaniyati

Moddiiy madaniyat. Amir Temur va uning avlodlari hukm surgan tarixiy davrni nazardan o'tkazar ekanmiz, bunda ijtimoiy-iqtisodiy va madaniy taraqqiyotning yuksak marralari sari ko'tarilgan Movarounnahr va Xurosonning butun yorqin manzarasi ko'z o'ngimizda namoyon bo'ladi.

Markaziy Osiyo xalqlari sivilizatsiyasi va madaniyati ravnaqining yuqori cho'qqisi hisoblangan Temuriylar davri nafaqat shu mintaqa doirasida, balki umumjahon miqyosida ham o'ziga xos yuksak bosqich bo'ldi. Uning qudratli aks-sadosi asrlar osha avlodlar qalbi va tafakkurini hamon nurlantirib kelmoqda.

Ona tariximizning mana shu muhim bosqichida halq dahosi, qudrati bilan betimsol moddiy va ma'naviy madaniyat namunalari, mislsiz osori atiqalaru monumental me'moriy obidalar bunyod etildi. llm-fan yuksaldi. Bunday yuksalish Amir Temur va uning avlod-larining ilm-fan, ma'rifat ravnaqiga alohida rag'bat, katta sa'y-harakat bog'laganliklari natijasi bo'ldi.

Xususan, Amir Temur siymosiga to'xtaladigan bo'lsak, uning o'zi yuksak ma'rifatparvar hukmdor sifatida xalq ichidan chiqqan qanchadan-qancha noyob iste'dodlar, ilmu urfon va din ahllari, me'moru hunarmandlarni parvarishlab o'stirish barobarida mam-lakat obodonligi, ravnaqi uchun ham doimiy harakatda, izlanishda bo'ldi. Uning davrida Samarqand va yurtning boshqa hududlarida qad rostlagan serhasham saroylar, bog'-rog'lar, masjid-u madra-salar, rabot-u karvonsaroylar, ko'priklar, suv havzalari va boshqa inshootlar Sohibqiron salohiyati va faoliyatining nechog'lik ko'p qirraliligiga dalolatdir.

Xurosonning obod o'Ika sifatida gullab-yashnashi ham Temuriylar davriga to'g'ri keladi. Shohruh Mirzo va uning vorislari tomonidan barpo etilgan 150 dan ziyod mashhur obidalar, jumladan, «Bog'i Zog'on», «Bog'i jahon» qal'a maskanlari, «Gavharshodbegim» madrasasi, Boysunqur «Nigoristoni» (Badiiy akademiyasi), yoxud Husayn Boyqaro davrida (1469-1506) uning do'sti, she'riyat mulkining sultoni Alisher Navoiy rahnamoligida Hirot va uning atrofida qurilgan 300 dan ziyod noyob bino va inshootlar: masjid, madrasa, maqbara, xonaqoh, hammomu shifoxonalar, saroylar, istirohat bog'lari, rabotu karvonsaroylar, suv havzalari, ko'prik, korizlar-bular hammasi Temuriylar zamonasi madaniy yuksa-lishining ishonchli tasdig'idir.

Ilm-fan ravnaqi. Temuriylar ma'naviy madaniyati to'g'risida gap borganda, dastawal, ona yurtimizda Uyg'onish davrining ikkinchi bosqichi bo'lgan bu oltin asrda ilm-fanning nechog'lik ravnaq topganligi hamda uning jahon ilmu urfoni taraqqiyotiga qo'shgan bebaho hissasi haqida har qancha g'ururlansak arziydi.

Bu davrning yana bir muhim yutug'i—bu ijtimoiy fanlar, xususan, tarixshunoslik sohasida katta tadqiqotlarning yaratilganligidir.

Bu xayrli ishlarning yuzaga chiqishida ham temuriy hukmdorlar tashabbusi va rahnamoligi beqiyos bo'lgan. Jumladan, Amir Temurning «Tuzuklari», Mirzo Ulug'bekning «To'rt ulus tarixi», Bobur Mirzoning «Boburnoma»si ijtimoiy fanlar rivojiga ayricha ta'sir ko'rsatganligi shubhasizdir. Temuriylar davrida salmoqli iz qoldirgan alloma olimlardan Nizomiddin Shomiy va Sharafiddin Yazdiyning «Zafarnoma», Xofiz Abruning «Zubdat at-tavorix», Abdurazzoq Samarqandiyning «Matla ul-sa'dayn» va «Majma' ul-bahrayn» («Ikki saodatli yulduzning chiqish o'rni va ikki azim daryoning quyilish joyi»), Ibn Arabshohning «Amir Temur tarixi», Mirxondning yetti jildli «Ravzat ul-safo» («Poklik bog'i»), Xondamirning «Makorimul axloq» («Yaxshi fazilatlar»), «Xabibus siyar fi axboru afodul bashar» («Xabarlar va bashariyat odamlaridan dilga yaqin siyratlari») asarlari o'sha zamon tarixshunoslik ilmining yuksaklik darajasini o'zida ifoda etadi. Ularning har birida nafaqat u yoki bu hukmdorlarning davlat siyosati yohud harbiy yurishlari yohud shaxsiyatlariga oid ma'lumotlar aks etib qolmay, balki shu bilan birga o'sha davrning barcha murakkab, ziddiyatli jarayonlari, tarixiy voqealar, hodisalar silsilasi ham ishonarli tarzda yoritilganligi ayon bo'ladi.

Temuriylar davrida xattotlik, tasviriy san'at va rausiqa madaniyati rivoj topdi. Bu sohada Mirali Tabriziy, Shayx Muhammad, Junaid Naqqosh, Temuriylar davri xattotligi va naqqoshligi maktabi atoqli vakillari: Sultonali Mashhadiy, Abdujamil Kotib, Darvesh Muhammad Toqiy, Mirali Qilqalam, Sulton Muhammad Nur va boshqalarning ijodi benazirdir. Masalan, nastaliq xatining mislsiz ustozi, «Qiblat ul-kuttab» (Kotiblar peshvosi) unvoni sohibi Sultonali Mashhadiy A.Navoiy va H.Boyqaroning ko'plab bebaho qo'lyozmalarini kitobot holiga keltirishda katta zahmat chekkan. Bundan tashqari Nizomiy, Farididdin Attor, Xo'ja Xofiz, Sa'diy Sheroziy, Husrav Dehlaviy, Abdurahmon Jomiy singari mumtoz adabiyotimiz daholarining ko'plab asarlari ham uning betinim sa'y-harakatlari bilan ko'chirilib, avlodlarga armug'on etilgan.

Tasviriy san'atda. Shamsiddin Muhammad ibn Abdulhay, Shayx Turoniy, Abdulla Hiraviy, Ustoz Gung, Ustoz Jahongir nomlari alohida ko'zga tashlanib turadi. Ular chizgan yorqin tasvirlar, portretlar, tabiat manzaralari yohud jang tafsilotlari o'zining tabiiyligi, Einiqligi va origmalligi bilan kishini hayratga soladi.

Amir Temur nabirasi (Shohruh Mirzo o'g'li) Boysunqur Mirzo homiyligida bunyod topgan o'ziga xos badiiy akademiya rolini o'ynagan uning Nigoristonida ijod qilgan ko'plab mo'yqalam sohiblari tomonidan mukammal tarzda ishlangan son-sanoqsiz rangli tasvirlar, miniatura namunalari, kitob bezaklari, chunonchi, hind xalqi eposi «Kalila va Dimna», Sa'diyning «Guliston», Firdavsiyning «Shohnoma», Nizo-miyning «Xamsa» va boshqa asarlarga ishlangan tasviru bezaklar hanuzga qadar ham o'z ahamiyatini saqlab kelmoqda.

Musawirlik san'atinmg tengi yo'q yulduzi Kamoliddin Behzod (1455-3537) ijodi ham Temuriylar davri san'atining yuqori cho'qqisi hisobfanadi. Uning mo'yqalamiga oid hadsiz-hisobsiz rangin tasvirlar, chunonchi, Yazdiyning «Zafarnoma», Jomiyning «Salomon va Ibsol», Sa'diyning «Bo'ston» va «Guliston», Nizomiyning «Xamsa» asarlariga ishlangan miniatura namunalari yohud Hirotdagi «Bog'i Behisht», «Ov qilayotgan Bahrom Go'r», «Tuyalar jangi» tasvirlari va shunga o'xshash rassomchilik asarlari bu tug'ma ijodkor iste'do-dining yuksak mahorati namunalaridir.

Temuriylar davri madaniy hayotida musiqa san'ati ham alohida o'rin tutgan. Alisher Navoiy «Mezonul-avzon» asarida xalq qo'shiq-chiligining sakkiz turi rivojlanganiigini qayd etadi. Bular - tuyuq, changchi, Uirkiy, orzuvoriy, muhabbatnoma, mustahzod va shu kabilar. Amir Temur davrida san'at va musiqa olamida mashhur bo'lgan siymolardan biri Abduqodir Go'yanda (1334-1435) bo'lib, uning hayotining katta qismi Samarqandda kechgan. Temuriylar davri musiqa san'atida Hirot ijodiy muhitining o'rni benihoya katta bo'lgan. Hirot musiqashunoslari o'z ijodlarida Navoiyning she'r va g'azallaridan kens iiodiv f^dalanganlar.

Badiiy adabiyot. Amir Temur va temuriylar davri madaniy muhitining yorqin sahifasini turkiy (eski o'zbek) adabiyotining ravnaqisiz tasawur etib bo'lmaydi. Negaki, sarchashmalari ancha olis davrlardan boshlangan bu adabiyot bu vaqtga kelib yanada sayqal topib, uning badiiy imkoniyatlari yangi ufqlar kashf etib, yuksak rivojlanishga erishdi. Buning natijasida yangi-yangi nomdor shoiru adiblar ijod maydoniga kirib kelib, o'z betakror, umrboqiy asarlari bilan badiiy tafakkur xazinasiga salmoqli hissa qo'shdilar.

O'zbek mumtoz adabiyotining tamal toshini qo'ygan Mavlono Lutfiy (1366-1465) dan boshlab Haydar Xorazmiy (XIV asr oxiri,

XV asr boshlari), uning zamondoshlari Durbek, Gadoiy, Atoiy,

Sakkokiy singari zabardast turkigo'y shoirlar ijodining ravnaqi tufayli mumtoz adabiyotimiz yangi marralarga ko'tarildi va uning xilma-xil janrlarida bir-biridan go'zal va nafis badiiy asarlar yaratildi.

Lutfiiyning turkiy devoni, Xorazmiyning «Mahzanul asror» (Sirlar xazinasi), Durbekning «Yusuf va Zulayxo» asarlari yohud Gadoiy va Atoiylarning ishq-muhabbat, hayot nash'u namosini, inson shaxsi va uning yuksak orzu-armonlari, intilishlarini kuylagan otashnafas she'r-g'azallari, qasidalari - bular mumtoz o'zbek adabi-yoti rivojining muhim yutug'idir. Mazkur asarlarda o'zbek tilining jarangdorligi, uning badiiy imkoniyatlarining benihoyaligi, qolaversa, uning halqchilligi, yuksak estetik qudrati va ta'sirchanligi to'la kuch bilan ifodalanganligi ko'zga tashlanib turadi.

O'zbek adabiyotning yanada yuksak darajaga ko'tarilib, keng e'tirof topishida ulug' o'zbek shoiri va mutafakkiri Alisher Navoiy (1441-1501) ijodi alohida o'rin tutadi. Negaki she'riyat mulkining sultoni Navoiy o'ziga qadar bo'lgan turkigo'y shoirlar ijodi erishgan yutuqlarni o'zida mujassamlashtiribgina qolmay, balki ayni zamonda o'zining serqirra ijodi bilan bu adabiyotning yuksak kamol topishi va dovrug'ini ko'tarilishiga mislsiz ulush qo'shdi.

Navoiy «Xamsa»siga kirgan «Hayratul-abror», «Farhod va Shirin», «Layli va Majnun», «Sabbayi sayyor», «Saddi Iskandariy» doston-larining har biri o'zining bebaho ma'naviy qudrati, badiiy yuksakligi, til boyligining mukammalligi bilan ajrafib turadi. Eng muhimi, o'zbek tilida ilk bor «Xamsa» bitishdek g'oyatda mashaqqatli vazifani sharaf bilan ado etgan Navoiy dahosi har qancha tahsinga sazovordir.

Ulug' mutafakkir asarlarini mutolaa qilar ekanmiz, ularda aks etgan, ilgari surilgan chin insonparvarlik, vatanparvarlik, mehnat-sevarlik, hayotga oshuftalik, keng ma'nodagi ishq-rnuhabbat g'oyalari vujudimizni qamrab oladi, o'ziga maftun etadi. Bit ham Navoiy ijo dining umrboqiyligidan, umumbashariy qadriyatlar ruhi bilan chuqur sug'orilganligidan yaqqol dalolatdir.

Shu bilan birga, bu davrda fors-tojik adabiyoti ham an'anaviy tarzda rivojlanishda davom etdi. Bu adabiyot dovrug'ini baland ko'targan, yuksak badiiy ijod namunalarini yaratgan Kamol Xo'jandiy, Xofiz Sheroziy, Abdurahmon Jomiy, Binoiy, Hiloliy va Vosifiy singari daho so'z san'atkorlari nomini alohida tilga olib o'tish joizdir. Ularrimg yuksak badiiy tafakkur ila yaratilgan umrboqiy asarlari, mana, necha asrlardirki, tarix va davrlar sinovidan o'tib, qanchalab avlodlar ongi: shuurini yolqinlantirib kelmoqda,

Shunday qilib, Amir Temur va Temuriylar davri Vatanimiz xalqlarining hayotiy taqdirida, uiarning ijtimoiy taraqqiyotning yuksak marralariga ko'tarilib borishi davomida o'chmas iz qoldirgan alohida bir tarixiy bosqich bo'ldi. Eng muhimi, bu davr Amir Temurdek buyuk siymoni tarix maydoniga chiqardi. Bu zoti sharif va uning avlodlarining mislsiz sa'y-harakatlari, bunyodkorlik faoliyati tufayli Movarounnahr va Xuroson o'lkalari ulkan o'zgarishlarga yuz tutdi. Mo'g'ullarning bir yarirn asrlik bosqini va zulm-asoratidan butunlay xalos bo'lgan ona yurtimiz qudratli saltanat darajasiga ko'tarildi. Ayni chog'da, ijtimoiy-iqtisodiy, madaniy-ma'naviy jihatlardan yuksalib, jahonga dovrug' taratdi. Ulug' ajdodlarimiz tomonidan yaratilgan moddiy va ma'naviy madaniyatning yuksak namunalari, dur-u javohirlari mana necha asrlardirki, jahon ahlini hayratga solib, minnatdor avlodlar ardog'ida e'zozlanib kelmoqda.




Aim.uz



Do'stlaringiz bilan baham:


Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2017
ma'muriyatiga murojaat qiling

    Bosh sahifa