Alisher Navoiyning til haqidagi qarashlari.
R e j a:
Navoiyning til haqidagi qarashlari
«Muhokamat-ul lug`atayn» asarining ilmiy-tarixiy ahamiyati.
O`zbek adabiy til tarixida Alisher Navoiyning o`rni.
Buyuk shoir va adib, ulug` mutafakkir olim Alisher Navoiyning adabiy, ilmiy, ijtimoiy-siyosiy faoliyatida umuman tillarda, xususan ona tilida munosobati alohida o`rin egallaydi. U deyarli barcha asarlarida o`zining til haqidagi qarashlarini, ona tilini rivojlantirish, uning boyligi va go`zalligi haqidagi, o`z xalqini ana shu tilda yozilgan g`oyaviy-badiiy yuksak asarlardan bahramand etish haqidagi g`oyalarini, fikr-mulohazalarini bayon etadi. Umrining oxirlarida esa o`zining bu sohadagi butun faoliyatini umumlashtirdi va ilmiy-tarixiy jihatdan katta qiymatga ega bo`lgan «Muhokamat-ul lug`atayn» (ikki til muhokamasi asarini yozdi).
Navoiy lisoniy qarashlaridan eng muhimlari tilning kelib chiqishi, uning ijtimoiy mohiyati, til va tafakkurning masalalari, mazmun bilan shakl birligi kabilardir.
Insonni so`z ayladi judo hayvondin,
Balkim guxari sharifroq yo`q ondin.
Bu satrlar Navoiyning til haqidagi asosiy g`oyasidir. Uning fikricha, tafakkur va til bir-biri bilan bog`liqdir. Inon qalbi-tafakkuri daryodir, so`z esa qimmatbaho toshdur, so`zlovchi esa g`avvoz-tafakkur daryosidan dur teruvchidir: ... so`z durredurkim, aning daryosi kunguldir va kulgul mazxarudurkim, jomiy maoniy juzv va «kuldur». Uning tushuni shicha mazmun, ma`no birlamchi, shakl so`z esa ikkilamchi ma`noning ifodasidir: «Ammo chun alofoz va iboratdin murod ma`nidur va mazkur maxluqotdin maqsud insondur va ul maoniy va bayon so`z aning so`zindadur va takallum aning kalomida borur». Shuni ng uchun «mani adosida alfoz tilga kelur va ul alfozdin ma`ni fahm bo`lur».
Durning qiymati turlicha bo`lgani kabi so`z ham har xil bo`ladi,va «sharifidin ulgan badanga ruhi pok etar, kasifidin hayotlik tanga zaxri halok hosiyati zuxur etar». U asosda Navoiy tilining ijtimoiy xususiyatini, u mazmunning ifoda vositasi ekanligini, madaniyat va ma`rifatning rivojiga xizmat qilishini ko`rsatadi. U til doim rivojlanib boradi, tillar bir-biridanta`sir va boyishi kabi masalalaoda bir qator cheklanganlik va ziddiyatlar, qarama-qarshi mulohazalar uchrab turadi.
Navoiyning tilning lug`at boyligi, lug`aviy birliklarning turlicha uslubiy maqsadlarda qo`llash haqidagi fikrlari muhim ahamiyatga egadir. U ikki tilning lug`atini bir-biri bilan qiyosiy tarzda o`rganar ekan, fors-tojik tilida muqobil bo`lmagan ko`plab o`zbek so`zlarini keltiradi.
Mansabda kurchi, suvchi, xazinachi, yurtchi, shilonchi, va hunar-peshada quriqchi, tamg`achi, xalvochi, kemachi, kuychi, qushchi kabi so`zga bir «voz» va «lom» qochish orqali harbiy va bazm sohalariga xos belgi bildiruvchi ot-sifat hosil bo`ladi: xirovul, qorovul, suzovul, bakovul, chiqvul, yasovul kabi so`zlarga «lom qo`shib, sifat ma`nosidagi yasol, kabol, tunkol, sevargol kabi.
Navoiyda so`z yasalishida quyidagilarni ko`rish mumkin:
Agar tilga xos mutoala shakli- ikki va undan ortiq shaxslar xarakatini anglatgan birgalik shakli fors-tojik tilida yo`q, o`zbek tilida esa bir «chin» harfi qo`shish orqali ifodalanadi: chopishmoq, topishmoq, qichishmoq, o`pishmoq kabi:
Arabiy ikki maf`ullik fe`llar (vositali ob`ektli buyruq ma`nosi) ham sortlarda yo`q, turklar bir harf qo`shish orqali bu ma`noni juda qisqa va aniq ifodalaydilar: kildurg, yashurt, chikart kabi:
Harakatning gumon bilan bajarilishini ifodalaydi borgudek yurgudek, kelgudek, bilgudek, aytgudek shakllar ishlatiladi:
Fe`l oxiriga bir «chim» qo`shish orqali harakatning bajarilishi sur`ati, ezlik ifodalanadi: tegach, aytkach, borgach, ergoch, topgoch, sotgoch: «re» harfini qo`shish bilan muolag`a, kuchaytirish anglashiladi: bilakur, ketakur, etakur:
Sifatlarda belgining ortiqligi, mubolag`a ma`nosida oldidan bir «r», «mim,» harfi qo`shadilar: or-oq, qor-qora, qip-qizil, ko`m-ko`k, yam-yashil, bo`m-bo`sh kabi.
«Muhokamat – ul lug`atayin» asari 1499 yilning dekabrida yozib tugallandi. Navoiy bu asarida turk - o`zbek tili bilan sort fors- tojik tilini bir-biriga qiyoslash asosida o`rganadi. Ma`lumki, Navoiy yashagan davrda o`zbek adabiyoti, o`zbek adabiy tilning rivojlanishida Xorazmiy, Gadoiy, Yaqiniy, Amriy, Atoiy, Sakkokiy va ayniqsa Lutfiy o`z asari bilan katta hissa qo`shdilar. Bu haqda Navoiy shunday deydi: «...Xologuxok (Xolakuxon) zamonidin, sultoni sohibqiron Temur Kuragon zamonidin farzandi xalafi hoxrux Sultonning zamonini oxirigacha turk tili bilan shuaro paydo bo`ldilar, ...Sakkokiy va Xaydar Xorazmiy va Atoiy, Muqimiy va Yaqiniy va Amiriy va Gadoiydeklar va forsiy mazkur bo`lgon shuaro mukoba asida kishi paydo bo`lmadi, bir Mavlono Lutfiydin o`zga kim, bir nechta matla`lari borkim, tab` axli qoshida ukusa bulur».
Shunga qaramay, o`zbek adabiyotida hali badiiy-g`oyaviy jihatdan yuksak asarlar juda kam edi. O`zbek adabiy til va jonli so`zlashuv tilining boy imkoniyatlari hali to`laligicha namoyon bo`lgan emas edi, uning boy xazinasi shoirlar nazaridan yashirin qolib kelmoqda edi. «Bu alfoz va iboralarda bu nav`daqoyiq ko`pdurkim, bu bukunga degincha hech kishi haqiqatga mulohaza qilmagal jihatidin bu bu yashurun qolibdur». Bu davrlarda fors-tojik adabiy tili va adabiyoti esa ko`p asrlik katta taraqqiyot yo`lini bosib o`tgan edi, uning lug`at boyligi, xilma-xil badiiy tasvir vositalari, uslub rang-barangligi va imkoniyatlari buyuk so`z san`atkorlari tomonidan mukammal ishlanib sayqal topgan edi.
Fors-tojik adabiyoti haqida, uning imlo-qofiya va lug`ati haqida bir qator kitoblar, tazkiralar ham yaratilgan edi. hu sababdan shoirlar nazdida bu tilda she`rlar bitish, asarlar yozish bir muncha osonroq va engilroq ko`rinar edi. Hatto ko`pgina o`zbek yozuvchi-shoirlari ham o`z asarlarini ona tilida emas, balki fors-tojik tilida yozar edilar. Buni Navoiy ham qayd qiladi: «Va hunariz turkning sitam zarif yigitlari osonlikka bo`la forsiy alfoz bila nazm ayturga mashg`ul bulubturlar». Xolbuki, turkiy elatning nufuzi ancha ko`paygan, mavqei kengaygan bir davrda mamlakatda ko`proq xalq bilan xalq tilida so`zlashishi lozim edi.
Buning ustiga o`zbek kitobxonlarining fors-tojik tilini bilgan o`qimishli bir qismidan tashqari, xalqning asosiy ko`pchiligi bu adabiyotdan bahramand emas edi. Buni yaxshi tushungan Navoiy «Arbain» asarida bunday deydi:
Forsiydonlar aylabon idrok,
Oriy erdi bu naf`din atrok.
Istadimki, bu xalq ham bori
Bo`lmagaylar bu naf`din oriy.
Binobarin dastlab Navoiyning o`zi fors-tojik adabiyoti namunalarini chuqur o`rgandi, Nizomiy, Xusrav Dehlaviy, Hoqoniy, Anvariy, Sa`diy, Hofiz Fariddin Attor, o`z ustozi va do`sti Abduraxmon Jomiy va boshqalarning boy adabiy merosini o`zlashtirdi, ularning adabiy-ijodiy an`analarini ona tilida davom ettirdi, «Xazoyin-ul maoniy»dagina 16 xil adabiy janrda asarlar yaratdi. Buyuk shoir «Xamsa», «Lison-ut tayr» , «Maxbub-ul qulub», «Nazm-ul javohir», «Nasoim-ul muhabbat», «Arbain» singari shox asarlar bilan o`z xalqining adabiy-badiiy durdonalardan bahramand qildi, ayni zamonda o`z xalqi orasidan etishib chiqqan shoirlar ona tilida asarlar yaratishga da`vat etdi.
Navoiy «Muhokamat –ul Lug`atayn»da o`zbek tilining boyligi, uning katta imkoniyatlarga ega ekanligini asoslab bergandan keyin shoilarga murojaat qilib bunday deydi: «Andin so`ngrakim, turk tilining jome iyati muncha daloil bila sobit bo`ldi, kerak erdimki, bu xalq orasidin paydo bo`lg`on tab` salohiyat va tab`larini o`z tillari torg`och, o`zga til bila zohir qilmasa erdi va ishga buyurmasalar erdi. Va agar ikkalasi til bila aytur qobiliyatlari bo`lsa, o`z tillari bila ko`proq aytsalar derdi va yana bir til bila ozroq aytsalar derdi. Va agar mubolag`a qilsalar, ikkalasi til bila teng aytsalar erdi. Bu ehtimolga xud yo`l bersa bo`lmaskim, turk ulusining xush tab`lari majnun sort tili bila nazm aytkaylar va bilkul turk tili bila aytmagaylar, balki ko`pi ayta olmagaylar...». Navoiy ona tilini forsig`oylar tanasidan butunlay xolos etish uchun ona tilini tahqirlagan, uni mensimagan shoirlarga qarshi keskin kurash olib bordi.
U ilm-fanda arab tili va badiiy adabiyotda fors-tojik tili an`analarini keskin rad etdi, ona tilining boyligini, badiiy-uslubiy vositalari, imkoniyatlarini namoyish etdi. hoir barcha badiiy asarlari «Majois-un nafois» va boshqa ilmiy asarlarini ona tilida yaratdi.
Navoiy «Muhokamat-ul lug`atayn»da boshqa-boshqa oilaga mansub bo`lgan ikki tilni bir-biriga qiyoslab o`rganish orqali o`zbek tilining ham boy tillardan bo`lib, g`oyaviy-badiiy yuksak asarlar yaratishda u katta imkoniyatlarga ega ekanligini isbotlaydi, uning to`liq ma`noda rivojlangan adabiy til ekanligini amaliy ravishda va ilmiy-nazariy jihatdan asoslaydi.
«Muhokamat-ul lug`atayn» da muallif tilning lug`at boyligi, fonetik tuzilishi va grammatik shakllari bilan birga so`z va iboralarning uslub xususiyatlarini predmet, belgi, harakat kabilarni turli tomondan ixcham-qisqa va aniqroq ifodalashda ularning muhim ahamiyatga ega ekanligini ko`rsatdi. M: «... Xusn ta`rifida ulug`roq xoldakim, turklar meng o kuyupturlar».
Bayt: «Aningkim, ol enginda meng yaratdi,
Buyi birla sochini teng yaratdi»
Deb yozadi shoir.
Yoki: «Vatomshimokki, g`oyat zavqdin bot ichmas va lazzat topa-topa oz-oz ichar. Bu grib mani adosida turkcha bu matla` bordurki»:
Bayt: «Sokiy, chu, ichib, manga tutar kush:
Tomshiy – tomshiy ani qilay nush», deydi.
Navoiy o`zbek tili bilan fors-tojik tilini qiyosiy o`rganish, o`zbek tilining lug`at boyligini ko`rsatishda xolisona fikrlarni bayon qiladi: birining ahamiyatini oshirib, ikkinchisini kamsitib qaramaydi. Balki har ikkalasi tilga barobar munosabatda bo`ladi, til hodisalarini, aniq faktlarni chuqur tahlil qilish asosida o`zbek tilining ham fors-tojik tili singari boy va go`zalligini, ixcham grammatik shakllarga ega ekanligini, unda chiroyli badiiy asarlar yaratish imkoniyatlari keng ekanligini namoyish qiladi. Bu haqda Navoiy shunday deydi: «Bu so`zlardan xasm mundoq bilmasun va mudday bu nav` gumon qilmasunki, mening ta`bim turk alfozda muloyim tushgan uchun ta`rifida mubolag`a izxor qilurmen va forsiy iboratka munosabatim ozroq uchun inkor va nafiyga isror ko`rguzurmnkim, forsiy alfoz istifosin va ul iborat istixosin kishi mendan ko`prak qilmaydur erkin va salox va fazodin mendin yaxshiroq bilmaydur erkin...». Darhaqiqat fors-tojik tili Navoiy uchun ikkinchi ona tiliday bo`lgan. U yoshligida ijodiy faoliyatini shu tilda she`rlar mashq qilish, yozish bilan boshlagan,umrining oxirigacha «Foniy» taxallusi bilan g`azallar, rivoiy va qasidalar bitgan, maxsus devon tuzgan. Uning fors-tojik tilidagi asarlarini ustoz Jomiy ham yuqori baholagan.
Ikki tilni qiyoslab o`rganish jarayonida Navoiy bu tillarga boy barcha masalalarni to`la hal qilib berish vazifasini qo`ymaydi. U «Muhokamat-ul lug`atayn»da bu masalaning faqat bir tomoniga- asosan fors-tojik tiliga muqobil bo`lmagan o`zbekcha so`zlarni tahlil qilish bilan birga chegaralanadi, shular asosida ma`lum xulosalara keladi. Aksincha, fors-tojik tillarga arab tilidan kirib qolgan so`zlar haqida hech narsa demaydi. Xolbuki, o`zbek tilini himoya qilish, uni har xil ta`na- kamsitishlardan qo`tqarish uchun har ikkala tilning o`zaro bir-biriga ta`sirini ko`rsatish va shu orqali o`zbek tilining lug`at boyligi jihatidan badiiy asarlar yaratishga katta imkoniyatlarga ega ekanligini aniqlash lozim edi. To`g`ri, Alisher Navoiy arab va fors-tojik tillardan o`zbek tiliga kirib qolgan so`zlar haqida, o`zbek va fors-tojik tillarning o`zoro aloqasi haqida bo`nday deb ma`lumot beradi. «Har miqdorkim bu birining u biri bila omezish va gufti guzori bor, ul birining bu biri bila xamonchi takallum va guftori bor».
Ammo qiyosiy tadqiqot o`zbek tilining fors-tojik tiliga ta`sirini va aksicha fors-tojik tilning o`zbek tiliga ta`sirini kengroq aniqroq yoritishni taqazo etadi.
Demak, «Muhokomat- ul lug`atayn» o`zbek adabiy tilning takomiliga erishuvi uchun Navoiy olib borgan kurashining, u amalga oshirgan btun adabiy, ilmiy va ijtimoiy- siyosiy faoliyatining yakuni, umumlashmasi sifatida maydonga keldi.
Alisher Navoiyning to`la asos bilan va haqli ravishda o`zbek adabiy tilining asoschisi deb hisoblaymiz. Bu albatta, Navoiy qandaydir yangi bir til yaratdi degan ma`noni anglatmaydi. Ammo Navoiyning buyuk xizmatlarini kamsitish ham adolatdan emas.
Shuni ta`kidlash kerakki, ikki shaxs, alohida bir kishi, hatto Navoiy singari daho iste`dod va qobiliyat sohibi bo`lsa ham, u o`z xalqi tilini yarata olmaydi. Biroq ona tilining takomili uchun, uning yashirinib yotgan juda katta imkoniyatlarini aniqlash va namoyon etishda nihoyatda vazifalarni bajarishi mumkin.
Alisher Navoiy XY asr o`zbek adabiy tili uchun, uning kelgusi istiqboli uchun ana shunday buyuk xizmatlarini ado etdi. Jamiyatning, ijtimoiy hayotining til oldiga yangi yuksak talablar quyganligini yaxshi tushungan Navoiy xalq jonli tiliga, o`zidan oldin o`tgan va zamondosh shoir- yozuvchilarning tiliga asoslangan holda asarda tildan foydalanish usullari va yo`nalishlarini qaytadan ko`rib chiqdi va o`zgartirdi. Buning natijasida tilda yangi aniq, erkin, qisqa ranglar, bo`yoqlar paydo bo`ldi, xilma-xil voqea-xodisalarni, turlicha fikrlar va kechinmalarni badiiy tarzda chiroyli, ixcham, ta`sirchan qilib foydalanish imkoniyati yaratildi. Shuni ng uchun Navoiy adabiy tili o`sha davrdayoq uning zamondoshlari va izdoshlari tomonidan eng yaxshi erkin namunali til sifatida qabul qilingan edi. hu tariqa Navoiy she`riyati va nasriy asarlari tili uchun asos soluvchilik ahamiyatiga ega bo`ldi.
Navoiyning buyuk xizmati shundaki, uning asarlarida o`zbek adabiy tilining umumxalq me`yorlari ishlab chiqildi va qat`iylashtirildi. Bu me`yorlar uning zamondoshlari va keyingi avlodlar tomonidan to`la ma`qullandi, yana rivojlantirildi.
Adabiy tilning umumiy me`yorlarini yaratish faqat til qurilishidagina emas, balki uning turli uslub ko`rinishlarini ham qamrab oldi. Garchi Navoiy yagona umumiy me`yorlarni badiiy adabiyot tili asosida ishlab chiqqan bo`lsa ham, lekin ular faqat badiiy adabiyot tilinigina emas, balki umuman o`zbek adabiiy tilining keyingi taraqqiyoti uchun ham muhim manba bo`lib xizmat qiladi.
Navoiy yaratgan juda ko`p hikmatli so`z va iboralar xalq maqollariga aylanib ketsa, uning obrazli badiiy iboralari esa xalqning ibratli hikmatlariga aylandi va o`zbek tili frazeologiyasini boyitdi. Bunday birikma va iboralar orqali u ijtimoiy hayotdagi voqea – xodisalarining xalq donoligiga xos tipik xususiyatlarni umumlashtirib, qisqa- lo`nda va mazmunli ifodalash namunalarni ko`rsatdi. Shu tariqa Navoiy uzining badiiy asarlari orqali o`zbek adabiy tilining bitmas-tuganmas boyligini ko`rsatdi, uning istiqbollarini kelgusi taraqqiyot yo`llarini belgilab berdi. Navoiy bu to`g`rida faxrlanib, «Muhokamat-ul lug`atayn»da: «..umidim uldir va xayolimga andoq kelurkim, suzuv martabasi avjdin kuyi inmagay va bu tartibim kavkabasi a`lo darajada o`zga erni beganmagay»degan edi. Bu sohada o`z faoliyati va xizmatlari haqida bir qancha faxriyalar yozdi.
ADABIYOTLAR:
Abduraxmonov G`., Rustamov A. Qadimgi turkiy til. Toshkent, «O`qituvchi» nashriyoti, 1982.
Abduraxmonov G`., Rustamov A. Navoiy tilining grammatik xususiyatlari. Toshkent, «Fan» nashriyoti, 1984.
Aydarov G. Yazik orxonskogo pamyatnika Bilge-kagana. Alma-Ata, Izd-vo «Nauka», 1966.
Aydarov G. Yazik orxonskogo pamyatnikov drevnetyurkskoy pismennosti VIII veka. Alma-Ata, Izd-vo «Nauka», 1971.
www.ziyonet.uz
Do'stlaringiz bilan baham: |