7. «Mahbub ul- qulub» asaridagi ta’limiy- axloqiy g`oyalar Shoirning "Mahbubul qulub" asarlari axloqiy - didaktik asarlardan hisoblanadi. 1500-yilning oxirlarida yozib tugatgan “Mahbub ul-qulub” asari uning so’nggi asari bo’lib qoldi. “Mahbub ul-qulub” – qalblarning mahbubi, ko’ngillarning sevgani degani. Bu asar dunyoning achchiq-chuchugini ko’rgan, goho “komronlig’”(baxtiyorlik) goho “notavonlik” (baxtsizlik) topgan buyuk shoir va mutafakkirning 60 yillik hayotiga yakun bo’ldi.
Navoiyning «Mahbub ul-qulub» asarida insonparvarlik, xalqparvarlik g`oyasi yotadi. Asarni yozishdan ko’zlagan asosiy maqsadini asar muqaddimasida quyidagi tarzda ochib bergan: «Har ko'cha-ko'yda yuguribman va olam ahlidin har xil kishilarga o’zimni yetkazibman, yaxshi va yomonning fe'1-atvorini bilibman, yomon-yaxshi xislatlarini tajriba qilibman.
Navoiyning o'zi ta'kidlaganidek, asarning birinchi qismida turli toifaga mansub odamlarning fe'1-atvorlari; ikkinchi qismida yaxshi xislatlar va yomon fe'llar, ularning o’ziga xos jihatlari; uchinchi qismida esa, yaxshi fe'1 va xislatlar, insonda ularni shakllantirishga oid qarashlar bayon etiladi.
Asar uch qismdan iborat bo`lib, birinchi qism jamiyatning turli tabaqalari to`g`risida, ikkinchi qism yaxshi fe’llar va yomon xislatlar to`g`risida, uchinchi qism tarbiyaviy va ma’rifiy ahamiyatga ega bo`lgan hikmatli so`zlar va maqollar berilgan.
1- qismda feodal jamiyatidagi turli ijtimoiy tabaqalarning jamiyatda tutgan o`rni va vazifasi haqida so`z yuritiladi. Dehqonlar va ularning mehnati ulug`lanadi.
2- qismda odob va axloqqa oid masalalar yoritiladi. Odobli insonlar ulug`lanishi, xurmatli bo`lishi ko`rsatiladi.
3- qismda saxiylik, oliyjanoblik, muruvvat, karam, vafo, xilm(muloyimlik) kabi insoniy xislatlar tahlil etiladi. Qator maqollar keltiriladi: «Тilga ixtiyorsiz- elga e’tiborsiz», «Bilmaganni so`rab o`rgangan olim, orlanib so`ramagan o`ziga zolim», «Oz-oz o`rganib dono bulur, qatra-qatra yig`ilib daryo bulur»
«Hayratul abror» asarlarida ta’limiy-tarbiyaviy qarashlar. "Hayratul abror"dagi masalalarni 3 turkumga ajratish mumkin:
Falsafiy masalalar.
Ijtimoiy - siyosiy masalalar.
Axloqiy - ta’limiy masalalar.
Asarning 5- maqoloti insoniy fazilatlardan biri - saxiylikka bag`ishlanadi. 6 - bob tarbiyaga bag`ishlanadi. Bolaga dastlab yaxshi ot qo`yish, so`ngra yaxshi muallimga berish, yaxshi tarbiya berishni maslahat beradi. Bolalarni esa ota - onani hurmat etishga chaqiradi:
Boshni fido ayla ato qoshiga,
Jismni qil sadaqa ano boshiga.
Ikki jahoningga tilarsen fazo,
hosil et ushbu ikkisidan rizo.
Тun-kuningga aylagali nur fosh,
Birisin oy ayla, birisin quyosh.
Do'stlaringiz bilan baham: |