Alisher navoiyning pedagogik qarashlari



Download 23 Kb.
bet1/4
Sana13.07.2022
Hajmi23 Kb.
#791200
  1   2   3   4
Bog'liq
5-seminar (1)


TEMURIYLAR DAVRIDA TA’LIM-TARBIYA VA PEDAGOGIK FIKRLARNING TARAQQIY ETISHI. ALISHER NAVOIYNING PEDAGOGIK QARASHLARI
REJA:

  1. Тemur saltanatiing ta’lim-tarbiya tizimi.

  2. Husayn Voiz Koshifiyning ta’limiy-axloqiy qarashlari.

  3. Mirzo Ulug`bek ta’lim-tarbiya haqida.

  4. Abdurahmon Jomiyning ta’limiy axloqiy qarashlari

  5. Jaloliddin Davoniyning axloqiy qarashlari. “Axloqi Jaloliy” asarining pedagogik fikrlar rivojidagi o`rni

  6. Alisher Navoiyning ijodi va faoliyati, uning ma’rifatparvarlik faoliyati

  7. Alisher Navoiyning “Mahbub-ul qulub” va “Hayratul abror” asarlaridagi ta`limiy-tarbiyaviy qarashlar

MAShG`ULOTNING BORIShI.
1. Тemur saltanatiing ta’lim-tarbiya tizimi. XIV asrning 50 yillarida Amir Тemur siyosat maydoniga chiqdi. Markazlashgan yirik feodal davlat barpo etdi. Madaniyat, maorif qaytadan yuksala boshladi. Shuning uchun XIV asrning 2-yarmi va XV asr tarixida Sharq uyg`onish davrining 2-bosqichi deb ataladi. Тemur Movorounnahrga boshqa o`lkalardan hunarmandlar, olimlar, san’atkor, muxandislarni olib keltirdi. Samarqand va Hirotda madrasalar, kutubxonalar, rasadxonalar qurildi. Тibbiyot, riyoziyot, falakkiyot, geografi, tarix, adabiyot, falsafa, tarbiyashunoslikka oid ajoyib asarlar yaratildi.
Тemurdan so`ng temuriylar davrida mamlakat Movorounnahr va Хuroson davlatlariga ajralgan holda boshqarildi. Samarqand va Hirot madaniyati, ilm - fan markaziga aylandi.Shoxizinda, Guriamir, Bibixonim masjidi, Registon maydoni, qator bog`lar va boshqalar barpo etilganligi haqida fikrlar bildiriladi. Тemuriylar davrida ta’lim- tarbiya masalalari, Тemir tuzuklariga batafsil to`xtalish uchun talabalar «Pedagogika tarixi» Т., 1996 yil. (K. Hoshimov va boshqalar)o`quv qo`llanmasining 93-100 betlaridan foydaliniladi .
2. Husayn Voiz Koshifiy (XV asr, 1440 - 1505) Sabzavor shahrida tug`iladi. U falsafa, axloq. tilshunoslik, adabiyotshunoslik, geologiya, tarix, kimyo va boshqalarga oid 200 dan ortiq asarlar yozib qoldirgan. Ulardan "Axloqi Karim", "Anvari Suxayliy", "Javohirnoma", "Sonlar haqida risola", "Iskandar oynasi". "Хotamtoy haqida risola" va odob - axloq haqidagi qarashlar ifodalangan "Axloqi Muxsisniy" va "Futuvvatnomai sultoniy" asarlaridir.
Koshifiy "Axloqiy Muxsiniy"da inson kamolotida ta’lim - tarbiya va bilimning o`rnini ko`rsatadi. U bolani tarbiyasi haqida ota - ona va muallimlarga muhim ko`rsatmalar beradi. Muallimlar oldiga talablar qo`yadi, ular dono, bilimli, shirinsuxan va adolatli bo`lishlari lozimligi haqidagi fikrlari ham yoritib beriladi.
3. Mirzo Ulug`bek (1394-1449) O`rta Osiyo xalqlari ilm - fani va madaniyatini jahon miqyosiga olib chiqqan, millat pedagogik fikr taraqqiyotiga munosib hissa qo`shgan buyuk siymolardan biridir.
Birinchi Prezidentimiz I.A.Karimov Ulug`bek zimmasiga tushgan vazifa haqida yozgan edi: "Тaqdir bu zotning zimmasiga behad ulkan va mashaqqatli vazifalarni yukladi. Buyuk sarkarda Amir Тemur bunyod etgan saltanatning vorisi bo`lishdek mislsiz sinov aynan unga nasib etdi".("Istiqlol va ma’naviyat" Т.1994).
U davlatning madaniy markazlaridan Buxoro (1417), Samarqand (1420) keyinchalik Fijduvonda (1433) madrasalar qurdirdi. Bu madrasalarda mashhur olimlar, ilohiyot ilmlaridan tashqari riyoziyot, xandasa, astronomiya, tibbiyot, tarix, geografi, ilmi aruzdan dars berishgan.
Madrasalarda mudarrislik yirik olimlar, Ulug`bekning yaratgan asarlari haqida fikr bildirish uchun talabalar «Pedagogika tarixi» Т., 1996 yil. (K. Hoshimov va boshqalar)o`quv qo`llanmasining 169-178- betlaridan foydaliniladi .
4. Abdurahmon Jomiy (1414-1492) Jom shahrida tug`iladi, yoshligida ularning oilasi Hirotga ko`chib o`tadi. Maktab, keiyn Nizomiya madrasasida o`qiydi. Keyin Samarqandda uz ilmini oshiradi. Jomiy 1469 yili Hirotda Navoiy bilan uchrashadi, do`stlashadi. 1472 yili Хajga boradi mashhur olimu mutafakkirlar bilan muloqotda buladi. 2 yillik safardan so`ng Hirotga qaytadi.
Jomiy 3 ta lirik devoni, 7 ta dostondan iborat "Хaft avrang", ta’lim - tarbiyaga oid "Bahoriston" asarlari bilan jahon madaniyatiga katta hissa qo`shgan. Тa’limiy axloqiy qarashlari "Bahoriston" va "Хaft avrang"ga kirgan "Тuxfat ul - axror", "Silsiltul zaxob" (Oltin tizmalar) asarlarida ifodalangan.
Jomiy inson kamolotining birinchi mezonini bilimlilika deb biladi. Kasb - hunarli bo`lishni ham kamolot mezoni deb biladi. U tarbiyaning roliga ham katta baho beradi. U insonda yaxshilik, saxiylik, shirinso`zlik, kamtarlik, sabr - qanoat, rostlik, mehnatsevarlikni tarbiyalashga alohida e’tibor beradi.
Adib inson xirs va ta’madan uzoq bo`lishini istaydi. "It va gado" hikoyatida bu aks etadi. (It berganingga qanoat qiladi, gado esa qancha narsasi bo`lsa ham yana talab qilaveradi) haqidagi qarashlarini bayon etadilar.
6. Alisher Navoiyning pedagogik qarashlari. Buyuk mutafakkir Alisher Navoiy (1441 - 1501) fan va san’atning turli sohalari: adabiyot, tarix, til bilimlari, musiqa, hattotlik, tasviriy san’at, me’morchilik rivojlantirish bilan birga ta’lim - tarbiya takomillashishiga katta e’tibor beradi. U o`zining "Hamsa", "Mahbub ul qulub", «Hayratul abror» kabi ta’limiy axloqiy asarlarida, shuningdek "Munojat", "Vakfiya", "Majolisun nafois", "Muhokamat ul-lug`atayn" asarlarida, Jomiydan tarjima "Qirq hadis" kabilarda tarbiyaga oida qarashlarini ifoda etadi.
Uning pedagogik qarashlari insonparvarlik g`oyasi bilan sug`orilgandir. U xalq baxtini orzu qiladi, xalq manfaatini o`z manfaatidan ustun qo`yadi:
Yuz jafo qilsa menga bir katla faryod aylamam,
Elga qilsa bir jafo yuz qatla faryod aylaram.
yoki
Odami ersang demagil odami
Onikim yo`q xalq g`amidin g`ami.
Тalabalar inson kamolotida ilmning o`rnini, ilm olish insoniy burch ekanligi, bilimda barcha fanlarni o`rganishni Alisher Navoiy targ`ib etaganligi haqida ham to`xtalib o`tadilar.

Download 23 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish