Alisher Navoiyning notiqlik san'ati xususidagi fikrlari biz uchun qimmatli va boy merosdir. U o'zining "Mahbubul-qulub" asarining "Nasihat ahli va voizlar zikrida" (24-fasl)deb nomlangan qismida voizlik san'ati haqidagi fikrlarini bayon etgan. Alisher Navoiyning uqdirishicha, voiz quyidagi xislatlarga ega bo'lishi lozim: 1. Voiz kerakki, «qolalloh» so'z aytsa. Ya'ni so'zlari foydali va ta'sirli bo'lsa. 2. Va'z bu murshid va ogoh ishidir va aning nasihatin qabul etgan maqbul kishidir. Va'z yangiliklar va o'zgarishlar ogohchisi bo'lishi kerak. 3. Voizning o'zi biror kasbni egallagan bo'lishi kerak va shundan keyin kishilarga ta'sir etgan. "Avval bir yo'lni bormoq kerak... 4. Voizkim, bo'lg'ay olim va mutaqqiy-aning nasihatidin chiqqay shaqiy". 5. Ulkim o'zi buyurib o'zi qilmag'ay, hech kimga foyda va asar aning so'zi qilmag'ay. Demak, so'zi bilan ishi bir bo'lsin. - Alisher Navoiyning notiqlik san'ati xususidagi fikrlari biz uchun qimmatli va boy merosdir. U o'zining "Mahbubul-qulub" asarining "Nasihat ahli va voizlar zikrida" (24-fasl)deb nomlangan qismida voizlik san'ati haqidagi fikrlarini bayon etgan. Alisher Navoiyning uqdirishicha, voiz quyidagi xislatlarga ega bo'lishi lozim: 1. Voiz kerakki, «qolalloh» so'z aytsa. Ya'ni so'zlari foydali va ta'sirli bo'lsa. 2. Va'z bu murshid va ogoh ishidir va aning nasihatin qabul etgan maqbul kishidir. Va'z yangiliklar va o'zgarishlar ogohchisi bo'lishi kerak. 3. Voizning o'zi biror kasbni egallagan bo'lishi kerak va shundan keyin kishilarga ta'sir etgan. "Avval bir yo'lni bormoq kerak... 4. Voizkim, bo'lg'ay olim va mutaqqiy-aning nasihatidin chiqqay shaqiy". 5. Ulkim o'zi buyurib o'zi qilmag'ay, hech kimga foyda va asar aning so'zi qilmag'ay. Demak, so'zi bilan ishi bir bo'lsin.
Alisher Navoiyning "Mahbubul-qulub"dagi 60 nasihati, ayniqsa, qimmatli. Chin so'z mo''tabar, yaxshi so'z muxtasar (qisqa) ko'p deguvchi mumil, muqarrar deguvchi loya'qil (mumil-zeriktiruvchi, loya'qil-aqldan ozgan). Ulkim, dimog'ida habt-so'zida yo'q rabt (Dimog'ida illati borning so'zida bog'lanish yo'q). Dimog'i sahih (miyasi sog'lom) – guftori fasih (gaplari yoqimli). So'zi hisobsiz – o'zi ixtisobsiz (boshvoqsiz). So'zida parishonlik, o'zida pushaymonlik. Alisher Navoiy: "So'zni fasohat zevaridin muzayyan emasdir, ancha chinliq zevori basdur. Yolg'onchi har necha so'zida fasihroq, so'zi qabihroq. Alisher Navoiy yozadi: "Voizga yillik naqdi besh yuz oltun, bug'doy o'n yuk. Imomg'a masjdi jome'da xatib bo'lib, maktabdag'i tutg'ay, yillik naqdi ikki yuz oltun, bug'doy o'n yuk". Demak, voiz xizmatini masjid imomnikidan ustun qo'yadi. - Alisher Navoiyning "Mahbubul-qulub"dagi 60 nasihati, ayniqsa, qimmatli. Chin so'z mo''tabar, yaxshi so'z muxtasar (qisqa) ko'p deguvchi mumil, muqarrar deguvchi loya'qil (mumil-zeriktiruvchi, loya'qil-aqldan ozgan). Ulkim, dimog'ida habt-so'zida yo'q rabt (Dimog'ida illati borning so'zida bog'lanish yo'q). Dimog'i sahih (miyasi sog'lom) – guftori fasih (gaplari yoqimli). So'zi hisobsiz – o'zi ixtisobsiz (boshvoqsiz). So'zida parishonlik, o'zida pushaymonlik. Alisher Navoiy: "So'zni fasohat zevaridin muzayyan emasdir, ancha chinliq zevori basdur. Yolg'onchi har necha so'zida fasihroq, so'zi qabihroq. Alisher Navoiy yozadi: "Voizga yillik naqdi besh yuz oltun, bug'doy o'n yuk. Imomg'a masjdi jome'da xatib bo'lib, maktabdag'i tutg'ay, yillik naqdi ikki yuz oltun, bug'doy o'n yuk". Demak, voiz xizmatini masjid imomnikidan ustun qo'yadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |