Uch qism ila iymong`a bino fahm ayla, - Uch qism ila iymong`a bino fahm ayla,
- Avvalg`isini aning havo fahm ayla.
- Ikkinchisini dog`i vafo fahm ayla
- Uchinchisini bilmasang, saho fahm ayla
-
- Iymon binosini uch qismdan iborat deb angla: birinchisi – hayo, ikkinchisi – vafo, uchinchisi – sahiylik.
Avji sharaf uzra oftob o`ldi hayo, - Avji sharaf uzra oftob o`ldi hayo,
- Bo`stoni saodatg`a sahob o`ldi hayo.
- Mazmum xasoilga hijob o`ldi hayo
- El aynig`a go`yoki niqob o`ldi hayo.
- Hayo ulug`lik, ulug`lik osmonining eng cho`qqisiga yuksalgan quyoshdir. Saodat bo`stoni ustidagi saxovat bulutidir. Lekin u ba’zida yomon sifatlarni yashirib, el ko`ziga tutilgan niqob vazifasini bajaradi.
Do'stlaringiz bilan baham: |