Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
Xasis obrazi masalasi o‘zbek adabiyotida juda kam o‘rganilgan;
ahlilga tortilgan asarlardagi yondashuv avvalgi yondashuvlardan farq qiladi;
Tahlil va talqin jarayonida qiyosiy metodga amal qilishga harakat qilindi, ya’ni asarlarni o‘zaro solishtirishga, tanqidchilar va yozuvchilarning asarlarga bildirgan fikrlariga, obrazlar mohiyatiga diqqat qaratildi.
Plavt, Molyer, Onore de Balzak, Abdulla Qodiriy,Sadriddin Ayniy, Erkin Vohidov ijodi bir qancha ijodkorlar tomonidan o‘rganilganiga qaramay, Plavt yaratgan xasis obrazi o‘zbek adabiyotida yaratilgan xasis obrazlari bilan alohida solishtirilgan emas, holbuki Plavtning xasisi o‘zbek adabiyotidagi xasislarga ta’sir o‘tkazganligi malakaviy bitiruv ishimizning yangiligini belgilaydi.
Do'stlaringiz bilan baham: |