Tadqiqotning vazifalari:
Xasis obrazining kelib –chiqishi, genezisini o‘rganish;
Adabiy ta’sirning nazariy tamoyillari va taraqqiyot darajalarini belgilash;
Milliy adabiyotimizga jahon adaabiyoti ta’sirini o‘rganish;
Ushbu obrazning asarlardagi o‘rni, g‘oyaviy jihatlarini tadqiq qilish;
Asarlardagi milliy va umuminsoniy qadriyatlar ifodasi tadrijiga oid yangiliklarni kuzatish va tahlil qilish va boshqalar.
Tadqiqotning obyekti sifatida Rim yozuvchisi Plavtning “Xumcha”(Ko‘milgan xazina) komediyasi, Molyerning “Xasis” komediyasi,Onore de Balzakning “Gobsek”qissasi, Muqimiyning “To‘yi Iqonbachcha” hajviyasi, Abdulla Qodiriyning “Mehrobdan chayon” romani, Sadriddin Ayniyning “Sudxo‘rning o‘limi” qissasi, Erkin Vohidovning “Oltin devor” dramasidan foydalanildi. Zero,
adabiyot insonshunoslik ekan, ushbu asarlarda inson va uning xarakter xususiyatlari yoritilgani bejiz emas. Ammo quyidagi asarlarning badiiyatini ko‘rsatish uchun, avvalo, badiiylikni anglatuvchi asarlarga ehtiyoj sezamiz. Bunday paytda Aristotel, Belinskiy, Fitrat, Izzat Sulton singari adabiy –badiiy nazariyotchilarning fikrlariga suyandik.
Tadqiqotning predmeti. Bitiruv malakaviy ishining predmeti sifatida xasis obrazining o‘ziga xos jihatlari, adabiy ta’sirning ushbu obrazda aks etishi, ayni shu obraz xususiyatlarini ochishga qaratilgan asarlarning adabiyotda tutgan o‘rni, asoslari va sabablariga diqqat qaratildi. Misol uchun Onore de Balzak “Gobsek” qissasida muallif o‘z oldiga qanday maqsad qo‘ygani borasidagi turli –tuman qarashlar o‘rganilib umumlashtirishga harakat qilindi. Xasis odam psixologiyasi asosiga qurilgan qissa nima haqda –undagi ushbu obrazning bosh qahramon sifatida olinishi tasodifmi yoki bu inson atalmish yaratiqning ochilmagan ming bir qirrasidan birini izlash yo‘lidagi ijodkorning shaxsiy kashfiyotimi?
Uslubining o‘ziga xos soddaligi, xasis obrazining dastlabki yaratilgan yorqin namunasi sifatida jahon adabiyotining eng sara asarlari qatorida turadigan Plavtning “Xumcha” komediyasi o‘ziga xos mohiyat kasb etadi. Malakaviy ishda ushbu asarning mana shu jihatlarining adabiyot olamiga ko‘rsatgan ta’siri tekshirildi.
Abdulla Qodiriyning “ Mehrobdan chayon” romanidagi Solih maxdum, Sadriddin Ayniyning “Qori Ishkamba” qissasidagi Qori Ishkamba,Erkin Vohidovning “Oltin devor” dramasidagi Mo‘min chol obrazlari o‘zbek nasrida yaratilgan xasis obrazining o‘lmas namunasi ekanligi bilan ajralib turadi.
Qisqacha adabiyotlar tavsifi. Bizgacha xasis obrazi maxsus o‘rganilmagan bo‘lsada, Muqimiy, Abdulla Qodiriy, Abdulla Qahhor, Said Ahmad, Sadriddin Ayniy ijodi bo‘yicha olib borilgan tadqiqotlarda qisman bo‘lsada o‘rganilgan.
Jahon adabiyotida esa V.Baxtin ushbu mavzu yuzasidan chuqur izlanishlar olib borgan. Hamda uning izlanishlari chuqur tahliliy, falsafiy mohiyatga ega ekanligi bilan alohida e’tiborga sazovor.
Bizning bitiruv malakaviy ishimiz bu mavzu o‘zbek adabiyotida maxsus tarzda o‘rganilmagani uchun yangilik sanaladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |