Mavzuning o‘rganilganlik darajasi. “Majolis un-nafois” tazkirasi o‘zbek
tazkirachiligida yangi an’anaga asos solgani uchun ham uni yaratilib,
kitobxonlarga taqdim etilgan vaqtdanoq o‘rganilib, ko‘plab tillarga tarjima
qilingan. Bu haqda bitiruv malakaviy ishimiz boblarida to‘xtalib o‘tganmiz.
Mavzuimizning o‘rganilishiga keladigan bo‘lsak, o‘zbek navoiyshunoslaridan
Muso Toshmuhammad o‘g‘li Oybek hamda Porso Shamsiyevlar
3
tazkiraning
matnini tayyorlab, ommaga taqdim etishgan. Eng mukammal o‘rgangan
navoiyshunos olima professor Suyima G‘aniyeva hisoblanadi. Ular Leningrad
universitetining aspiranturasida tahsil olayotganlarida “Majolis un-nafois”ning
ilmiy-tanqidiy matnini eng qadimiy va nodir qo‘lyozmalaridan foydalanib, uni har
tomonlama tadqiq etib, tayyorlaganlar. Tazkira majlislarini ham to‘liq o‘rganib,
uni badiiy jihatdan yuksak asar ekanligini isbotlab berganlar.
Do'stlaringiz bilan baham: |