Bitiruv malakaviy ishining manbalari. Mazkur bitiruv malakaviy ishida
bevosita professor, navoiyshunos olima Suyima G‘aniyevaning “Majolis un-
nafois” asariga 1961– 1966-yillarda tayyorlagan ilmiy-tanqidiy matni asosiy
manba bo‘lib xizmat qildi. Qo‘shimcha manbalardan Suyima G‘aniyevaning
“Kitob dunyosi” gazetasida chop etilgan maqolalari, “O‘zbek adabiyoti tarixi” (5
tomlik) kitobi, N.M.Mallayevning “O‘zbek adabiyoti tarixi” (2-tomi) kitobi, Muso
Toshmuhammad o‘g‘li Oybekning maqolalari, hozirga qadar nashr etilgan 20, 15,
10 tomlik Alisher Navoiy asarlarining mukammal to‘plamlaridan hamda internet
ma’lumotlaridan foydalandik.
Do'stlaringiz bilan baham: |